O‘rta
trias T2
Quyi trias T
|
17. Mavzu.Tоkеmbriy gеоlоgik dаvrlаrning rivоjlаnish tаriхi.
Reja:
1.Tokembriy geologik davrlarning rivojlanish tarixi.
2. Tokembriy geologik davrlarining foydali qazilma boyliklari.
Tokembriy geologik davrlarning rivojlanish tarixi.
Tayanch iboralar: proterozoy, geoxronologiya, tokembriy, epoxa, Yura davri, Perm davri, mezozoy erasi, yarus
Arxey erasining fizik-geografik sharoitlarida, tog‘ jinslarida, quyi va yuqori epoxalaridjagi strotigrafiyasida iqlimning sovuqligi yoki muzliklar to‘plami haqida hech qanday omillar yo‘qligi tufayli bu eraning iqlimi illiq va issiq bo‘lgan degan xulosa chiqargan edik.
Proterozoy erasining quyi epoxasida esa Yer rivojlanish tarixi mobaynida birinchi marotaba eng qadimiy muzlik qoplamalari bo‘lganligidan darak beruvchi omillar aniqlandi.
Muzliklarning erib ketishi natijasida muzliklar hosil bo‘lgan jins qatlamlari aniqlandi.
Guron quyi viloyatida, Kanada hududlarida haqiqatdan ham iqlim keskin ravishda sovib ktib muz qatlamlari paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlar tiklandi. Muzlik davridan qolib to‘plangan jinslarning qalinligi 12000 m. atrofida bo‘lib, 3ta qatlamdan iborat formatsiyani muzliklarning geologik faoliyatlari natijasi deb hisoblashga o‘rin bor. Shu 3ta muz formatsiyalarining har biri 3ta nisbatan kichik epoxalarni o‘z ichiga olgan muzliklarning hosilasidir. Ularning hammasini jamlashtiri- “Guron” muzlik davri deb nom berilgan.
Guron muzlik epoxasi maydonining kattaligi taxminan 120.000 km2 atrofida bo‘lgan.
Bu maydonlarda xuddi pleystotsen epoxasidagi muzliklardagi judayam o‘xshash bo‘lgan marenalar qatlami aniqlandi. Bu morenalarning manbayi, teshirishlar ga binoan, harxil joylardan va uzoq masofalardan surilib kelganligi ham ayon bo‘ldi. 2 nchi va 3 nchi qatlamlarda qum zarrachalaridan iborat bo‘lgan qatlam, alevrolitlar va tuproqsimon yotqiziqlar mavjud.
Bu qatlamlar yuqorisida esa haqiqiy muzliklar qoldig‘i hisoblangan-tillitlar qoplami hosil bo‘lgan. Bulardan tashqari, Guron muzliklardan qolgan jinslar orasida kesilgan, randalanganga o‘xshash jins bo‘laklari mo‘l-ko‘l bular muzliklarning geologik faoliyatlari natijasidir. Yana eng ishonchli omillardan jins bo‘laklari osti va ustida tirnalgan chiziqlar va qoyalarda tep-tekis oynasimon devollar saqlanib qolgan.
Quyi proterozoy erasining yuqori epoxalarida, ya’ni yuqori proterozoy epoxasining boshlanishidan sag‘al oldin iqlim sharoitti o‘zgardi; bu vaqtda Yer satxining yuzasi butunlay muzliklardan xolis bo‘ldi. Iqlim yana iliq va issiq holatiga o‘tdi.
Bu masalada misollarni qayta izohlashga hojat yo‘q, chunki yuqoridagi boblarda paleoiqlim sharoitlarini tiklash bayonlarida batafsil eritilgan.
Taxminan, 800 mln. yil yoki 1 mlrd. yil o‘tgandan so‘ng yana iqlim sharoitida (proterozoyda) keskin o‘zgarish boshlandi. Aniqrog‘i yuqori proterozoy epoxasida Yer yuzida ikkinchi marotaba muzlik davri vujudga keldi. Bu muzlik davri to fanerozoy eoni boshlangunga qadar davom etdi. Bu ikkinchi qadimiy muzlik davri taxminan 400-430 mln. yil davom etdi. 17-rasmga razm soling.15
Shimoliy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliya qit’alaridagi muzliklarning hosilasi –tillitli jinslar keyinchalik vulqon jinslari bilan qoplanib ketgan; vulqon jinslarining mutloq yoshi 2 mlrd. 2000 mln. yil bo‘lib chiqdi. Tillit qatlamining qalinligi 870 m. gacha boradi.
Tokembriy geologik davrlar mobaynida Yer yuzida birlamchi-eng qadimiy muz bosish epoxalari. (G.Yang bo‘yicha, 1982).
Do'stlaringiz bilan baham: |