Chirchiq davlat pedagogika instituti


Kontinenlarning rivojlanishi



Download 29,42 Mb.
bet135/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Kontinenlarning rivojlanishi.


Epoleystotsen va plesstotsen epoxalarida geosinklinal jarayonlarning rivojlanishi tugaydi. Lekin, alp burmalanish mintaqai o‘z harakatlarini davom ettirib, hozirgi davrda ham davom etayapti. Masalan, Himolay, Qoraqum, And va Kardiler tizmalarida hamon ko‘tarilish jarayonlari sodir bo‘lib turibdi. Kaspiy dengizining janubiy taraflarida, Qoradengiz, Egey va Mramor, hamda Meksika qo‘ltig‘ida cho‘kish jarayonlari bo‘lib turibdi, shuning uchun ham bu joylarda antropogen davri davomida 1000m qalinlikdagi cho‘kindi jinslar to‘plangan. Bundan tashqari vulqon jarayonlari vaqti-vaqti bilan uyg‘onib seysmik harakatlar sodir bo‘layapti.

Pleystotsen epoxasining oxirlarida barcha materiklarning chegara-shakllari va dengizlarning tashqi ko‘rinishi (konturi) hozirgi zamon tashqi ko‘rinishiga yaqinlashdi. Dunyo okeanining yuzasi ham o‘zgaribturibdi, zeroki, okean tublari pasayib, rift chegaralari kengayapti.

Shu munosabat bilan iqlim sharoitlari ham o‘zgargan. Masalan, G‘arbiy Ovrupo taraflari nisbatan iliq iqlim mintaqasi hisoblangan. Lekin, eopleystotsenda va pleytotsen epoxasi boshlanishida iqlimning dam sovushi, dam iliqlanib turishi aniqlangan, pleystotsenning o‘rtalarida esa iqlim yana soviy boshlab, hududlarda muz qoplamlari yuzaga kelgan.

Ovrupoda muzliklarning markaziy qismi Skandinaviya yarim oroli va Alp tizmalarida joylashgan. Alp tizmalarining etaklarida ham muzliklarpaydo bo‘laboshlagan. Muz qatlamlarining chegaralari Belorussiya va Moskva havzalarigacha cho‘zilib-kengayib boravergan (83-rasmga qarang).

Soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra shunday muzliklar qoplamlari Yangier, Ural, Taymir va Shimoliyer, Verxoyan, Chukotka va Djugdjur, Kamchatka, Bayqol, Oltoy-Sayon, Tyanshan, Pomir-Oloy, Kavkaz hududlarida ham bo‘lib o‘tgan (83-rasm).

Yuqorida keltirilgan muz bosgan hududlarda muzliklarning geologik faoliyatlari natijasida morena jinslari paydo bo‘lib, ularning qlinligi joylariga qarab 1-2 m va hatto 60 m gacha borib yetgan.

83-Rasm. Muz qatlamlarining chegaralari.

Er usti muz qoplamlaridan tashqari Yer osti muz qatlamlari – doimiy muzliklari yanada rivojlanib bordi.

73-rasm.To‘rtlamchi davrdagi maksimal muz bosishi (Dnepr, Samara, russ hududlari) paleogeografik xaritasi.

I-muzliklar. II-dengiz va dengizdagi muzlik. III-muzliklardan xolis bo‘lgan hududlar.

Muzliklarning nomi : 1 – Skandinaviya, 2 – Ponoy. 3 – Yangi Yer, 4 - O‘rol, 5 – Taymir-Shimoliy Yer, 6 – Putoran, 7 – Verxoyan, 8 - Chukotka va Djugdjur, 9 – Kamchatka, 10 – Boyqol, 11 – Oltoy-Sayon, 12 – Tyanshan, 13 – Pomir-Oloy, 14 – Kavkaz. N.G.Chochia bo‘yicha.

Pleystotsen epoxasining oxirlarida yuz beradi, bu voqea asosan Shimoliy Yarim sharda bo‘tdi. Bu vaqtda Boltiq dengizi keng bo‘Іoz orqali Oq dengiz havzasi bilan birlashgan. Kaspiy va Azov dengizlarining maydoni hozirgiga nisbatan kattaroq bo‘lgan. Qrim hududdi esa Orol holida bo‘lgan. Shu muzliklar aro iqlimning iliqlanishi 70-90 ming yil burun yana muzlik epoxasi bilan almashinadi.

Golotsen epoxasidan boshlab taxminan 10000 yil burun tabiiy iqlim sharoit hozirgi zamonaviy sharoitga tenglashdi.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish