Chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar



Download 34,3 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi34,3 Kb.
#470422
1   2   3   4
Bog'liq
xujayra organoidlari

Membranasiz organoidlar
Membranasiz organiodlarga ribosoma, mikronaychalar,
mikrofibrillalar va hujayra markazi kiradi.
Sitoskeletni hosil qiluvchi organoidlar. Sitoskelet (hujayra
skeleti) mikronaycha va mikrofibrilla komponentlaridan tashkil
topgan. Faqat eukariot hujayralarda uchraydi.
Mikronaycha. Mikronaycha yarim silindrsimon diametri
20–30 nm. Mikronaycha devorining qalinligi 6–8 nm. U 13 ta
ipsimon oqsillardan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga spiralsimon
o‘ralgan. Har bir ip ikkita - va - tubulin oqsilidan iborat.
Globulyar shakldagi tubulin oqsili endoplazmatik to‘r membranasiga bog‘langan ribosomalarda sintezlanadi va hujayra markazida spirallashib yig‘iladi. Mikronaychalar hujayra strukturalari (hujayra markazi, xivchinlar va kiprikchalar) tarkibida yoki sitoplazmada erkin joylashadi. Erkin mikronaychalar tayanch, hujayra devori va sitoskeletini tashkil etishda ishtirok etadi.
Bundan tashqari pufakcha va boshqa hujayraviy tuzilmalarning
harakatlanish yo‘nalishini belgilaydi.
Mikronaychalar funksiyasi. Mikronaycha bo‘linish dukini
(urchug‘i) hosil qilib, xromosomalarning mitoz va meyozda qutblarga ajralishini ta’minlaydi, sitoskeletni, hujayra qobig‘ini hosil
qilishda qatnashadi. Mikronaycha kiprikchalar, xivchinlar va sentriolalar tarkibiga ham kiradi. Mikronaychalar sitoskeletga tayanch
va mustahkamlik beradi.
Mikrofibrillalar. Mikrofibrillalar bu oqsilli ip, qalinligi 4 nm.
Aktin va miozin tolalarini hosil etuvchi mikrofiloelementlardir.
Mikrofibrillalar funksiyasi. Hujayra va uning qismlari harakatida, endo – ekzotsitozda, hayvon hujayrasi sitokinezi jarayonida,
qisqaruvchi halqaning shakllanishida, hujayraning shaklini belgilashda qatnashadi. Muskul hujayrasi sitoplazmasida mikrofibrillalar
mavjudligi tufayli muskul tolalari qisqaradi.
Hujayraning harakatlanishida kiprikchalar va xivchinlar kabi
maxsus organoidlar qatnashadi. Ular bir hujayralilarda ham, ko‘p
hujayralilarda ham uchraydi. Xivchinlilar sinfiga kiruvchi bir
hujayralilar, spermatozoidlar xivchinlari yordamida harakatlanadi.
Infuzoriyalar sinfiga kiruvchi sodda hayvonlarda kiprikchalar
harakat organoidi hisoblanadi. Odamning nafas yo‘llari epiteliy
hujayralarida ham kiprikchalar mavjud. Bu kiprikchalar har xil yot
narsalarni, masalan, chang zarralarini tutib qolishda va nafas
yo‘llaridan chiqarib yuborishda qatnashadi.
Ko‘p hujayrali organizmlar va odamlarning muskul hujayralari
sitoplazmasida maxsus organoid – miofibrillalar bo‘lib, ular
muskul tolalarining qisqarishini va natijada organizmning harakatlanishini ta’minlaydi.
Ba’zi sodda hayvonlar amyobalar va ko‘p hujayralilarning qon
hujayralari leykotsitlar, biriktiruvchi to‘qimaning ayrim hujayralari
va boshqa ko‘pgina hujayralar sitoplazmaning o‘simtalari soxta
oyoqchalar yordamida harakatlanadi. Bunday harakatlanish amyobasimon harakat deb ataladi.
Hujayra markazi. Hujayra markazi asosan hayvon hujayralarida uchraydigan membranasiz organoid, yadro yaqinida joylashganligi uchun sentrosoma (lotincha sentrum – markaz, soma –
tanacha so‘zlaridan olingan) deb ataladi. Sentrasoma ikkita sentrioladan iborat. Har bir sentriola bir-biriga to‘g‘ri burchak bo‘lib
joylashadi. Har bir sentriola silindrsimon tuzilgan va devori 9 ta mikronaychalar kompleksi bilan o‘ralgan. Har bir mikronaycha
kompleksi 3 ta mikronaychadan iborat. Jami 9 ta uchlik (triplet)
aynan shunday joylashib, sentriolani hosil qiladi. Demak, har bir
sentriola tarkibida 27 ta mikronaycha mavjud (9 x 3 = 27)
Funksiyasi: bo‘linish dukining yo‘nalishini belgilash, xromosomalarning qutblanishini ta’minlash. Hujayraning bo‘linishida sentriolalar qarama-qarshi tomonga joylashadi va mikronaychalar
bo‘linish dukini hosil qiladi. Anafazada mikronaychalar xromosomalar sentromerasi va organoidlar bilan birikib, ularni qutblarga
tortadi. Tuban o‘simliklarda, suvo‘tlari, ba’zi zamburug‘lar va
sodda hayvonlarda hujayra markazi aniqlanmagan. Yuksak o‘simliklardagi mikronaychalar tartibsiz, bir-biriga birikmagan va sentriolalarni hosil qilmaydi. Ularda bo‘linish urchug‘i sentriola
ishtirokisiz amalga oshadi. Shunday bo‘lsa-da hujayra bo‘linayotganda xromosomalarni mikronaychalar tortadi. Bu jarayon fermentlar yordamida boradi. Interfazaning S – davrida sentriolalar
ko‘payib oladi. G2 – davrida esa tartibsiz mikronaychalar tarkibiga
kiruvchi tubulin oqsili sintezlanadi. Shuning uchun sentriolalar
o‘z-o‘zidan ko‘payadi deyiladi.
Ribosoma. Oqsil sintezini amalga oshiruvchi membranasiz
organoid bo‘lib, eukariot va prokariotlarda ham uchraydi. Lekin
prokariotlarning ribosomasi kichikligi va kimyoviy tuzilishi bilan
eukariotlarnikidan farq qiladi. O‘lchami taxminan 20x30 nm;
hujayrada bir qancha millionlab uchrashi mumkin. Ribosoma ikkita – katta va kichik subbirlikdan iborat. Har bir subbirlik oqsillar
bilan rRNK kompleksidan iborat.
Eukariot hujayralardagi ribosoma (80 – subbirlik) katta subbirlik (60 – S) va kichik subbirlik (40 – S) (lot. Sedimentum –
qoldiq, cho‘kma; S – ribosoma oqsillarining cho‘kish koeffitsienti) dan iborat. Prokaroit hujayrasidagi ribosoma (70 – S), katta
subbirlik (50 – S) va kichik subbirlik (30 – S) dan iborat. Ribosoma oqsillari sitoplazmadan yadroga poralari orqali kiradi. Yadrochada rRNK va oqsil kompleksidan ribosomalar shakllanadi va
yadro membranasining teshiklari orqali sitoplazmaga o‘tib, translyatsiya (oqsil sintezi) jarayonida i-RNK yordamida birlashadi.
Ribosomaning funksiyasi. Ribosomaning asosiy funksiyasi
informatsion RNK kodi asosida, transport RNK yordamida oqsillarni aminokislota molekulalaridan yig‘adi, sintez qiladi. Yadrodan
sitoplazmaga chiqqan ribosoma endoplazmatik to‘r membranasining tashqi tomoniga va yadroning tashqi membranasiga bog‘lanishi (bog‘langan ribosomalar), sitoplazmada yakka holda (erkin
ribosomalar) yoki bir qancha guruhchalar (poliribosoma) holida
bo‘lishi mumkin. Erkin ribosomalarda hujayra o‘z faoliyati uchun
zarur oqsillar sintezlanadi (masalan trofik oziq kiritmalari oqsillari), biriktirilgan ribosomalarda asosan hujayradan tashqariga
chiqariladigan (turli oqsil tabiatli gormonlar) va hujayraning qurilishi uchun kerak bo‘lgan oqsillar sintezlanadi. Ribosomaning
kichik subbirligining funksiyasi i-RNKni biriktirish bo‘lsa, katta
subbirlikning funksiyasi polipeptid zanjirni sintezlashdir
Ribosomaning katta subbirligida ikkita faol qism P – peptidil va
A – aminoatsil qismlari mavjud. A – (aminoatsil) qismiga aminokislotani o‘ziga biriktirgan transport RNK birikadi, so‘ng u P –(peptidil) qismiga o‘tadi, shunda aminokislota o‘zidan oldingi
aminokislotaga peptid bog‘i bilan birikadi. Demak, ribosoma
aminoatsil qismiga aminokislotalar birikadi, peptidil qismida
aminokislotalar bir-biri bilan peptid zanjirini hosil qiladi.
Mitoxondriya va plastidalarda ham ribosomalar mavjud, lekin ular sitoplazma ribosomalaridan kichikroq, ko‘proq prokariot ribosomalariga o‘xshash.

Download 34,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish