Chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar



Download 34,3 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi34,3 Kb.
#470422
1   2   3   4
Bog'liq
xujayra organoidlari

Endoplazmatik to‘r.
1945-yilda Keyt Robert Porter tomonidan
kashf qilingan va Rumin–Amerika biologi Dj. Palade 1974-yilda
o‘rganib, Nobel mukofotini oldi. Endoplazmatik to‘r bir membranali bir-biri bilan bog‘langan yassilangan bo‘shliq, naycha, kanalcha, pufakchalar sistemasidan iborat organoid. Kanalchalar bir necha taxlamlarni hosil qiladi. Endoplazmatik to‘rning bo‘shliqlari sitoplazmaning 30–50% ni tashkil qiladi. Endoplazmatik to‘rning ichki qismi (bo‘shliqlari)da fermentlar mavjud. Kanalcha va sisternalar shoxlanib hujayraning hamma organoidlarini bir-biri bilan bog‘laydi, hujayra va sitoplazmani tashqi muhit bilan bog‘laydi,
hujayra ehtiyoji uchun sarflanadigan yoki kiritma shaklida
saqlanadigan moddalarni turli organoidlarga yetkazib beradi.
Ko‘pgina moddalar endoplazmatik to‘rda sintezlanadi. So‘ngra sintezlangan moddalar Golji apparatiga jo‘natiladi. Endoplazmatik to‘r
membranasida birlamchi sintez amalga oshadi. Endoplazmatik to‘r
silliq va donador (granulyar) bo‘ladi.
Donador endoplazmatik to‘r. Donador endoplazmatik to‘r
membranasining tashqarisiga ribosomalar bog‘langan bo‘ladi.
Ribosomalar donador endoplazmatik to‘r membranasining tashqi
tomonida alohida-alohida joylashgan yoki guruhlashgan shaklda
joylashadi (18-rasm). Funksiyasi. Donador endoplazmatik to‘r
oqsil sintezida qatnashadi va sintezlagan oqsillarni Golji kompleksiga yetkazib beradi. Asosan hujayradan tashqariga chiqariladigan
oqsillar sintezlanadi. Donador endoplazmatik to‘r membranasiga
birikkan ribosomalarda sintezlangan oqsillar Golji kompleksiga
o‘tadi va hujayradan tashqariga chiqariladi yoki hujayra membranasi, organoidlari tarkibiga qo‘shiladi.
Silliq endoplazmatik to‘r. Silliq endoplazmatik to‘r tashqi
membranasida ribosoma birikmagan, shuning uchun silliq endoplazmatik to‘r deyiladi. Silliq endoplazmatik to‘r oqsil sintezida
qatnashmaydi. Uning ichki qismida uglevodlar, yog‘lar, fosfolipidlar va yog‘ gormonlari sintezida ishtirok etuvchi fermentlar
mavjud. Silliq endoplazmatik to‘r sintezlangan moddalarni Golji
kompleksiga transport qiladi, membrananing boshlang‘ich shakllanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari silliq endoplazmatik to‘r
zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Jigar hujayralarida silliq endoplazmatik to‘rning miqdori ko‘p. Mushak hujayralarida silliq endoplazmatik to‘r mushak tolalarining qisqarishida qatnashadi. Jigarhujayralarida, o‘simlik urug‘larida yaxshi rivojlangan. Silliq endoplazmatik to‘rda glikogen va xolesterin sintezlanishi ham ta’kidlanmoqda. Silliq endoplazmatik to‘r kalsiy ionlari deposi va skelet
muskullari va yurak hujayralarini qisqarishini ta’minlaydi.
Golji kompleksi (apparati). 1898-yil italyan gistolog olimi
Kamilo Golji tomonidan nerv hujayrasida aniqlangan va bu kashfiyot uchun 1906-yilda u Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Golji
kompleksi yadro yaqinida joylashadi va maxsus bo‘yoq bilan
bo‘yalib, yorug‘lik mikroskopida qaralsa, to‘rsimon ko‘rinishda
bo‘ladi. Silliq bir membranali yassilangan bo‘shliqlar (sisterna –
qopchalar), yirik vakuolalar, mayda pufakchalardan tuzilgan.
Sisterna oxiri kengaygan bo‘lib, u yerdan membranaga o‘ralgan turli
moddalarni tutgan pufakcha va vakuolalar ajraladi. Golji kompleksining bo‘shliqlari endoplazmatik to‘r kanallari bilan tutashgan.
Endoplazmatik to‘rda sintezlangan moddalar pufakchaga o‘ralib,
Golji apparatiga o‘tadi. Golji kompleksida donador endoplazmatik
to‘rdan kelgan oqsillar, silliq endoplazmatik to‘rdan kelgan
uglevodlar va lipidlar bilan birga bog‘lanib, murakkab glikoproteinlar, lipoproteinlar, fosfolipidlar kabi moddalar hosil bo‘ladi. Ushbu
moddalar pufakchaga o‘ralib, sitoplazmaga chiqariladi. Pufakchalar
hujayra membranasi tomonga borib, hujayra membranasining tarkibiga kirishi mumkin (glikoproteinlar) yoki hujayradan tashqariga
chiqib ketishi mumkin (insulin gormoni), hujayra kiritmalari sifatida saqlanishi (zein, kazein, albumin va h.k.) va boshqa holatlarda
bo‘lishi mumkin. Ribosomada sintezlangan oqsillar birlamchi strukturada (sodda) bo‘ladi, Golji kompleksida 2, 3, va hatto
4- (murakkab) struktura holatiga keladi. Donador endoplazmatik
to‘rdan kelgan fermentlar golji kompleksida membranaga o‘ralib,
birlamchi lizosomalarni hosil qiladi: Demak, Golji kompleksida endoplazmatik to‘rdan sintezlanib kelgan oqsillar, lipid va
uglevodlar ma’lum shaklga keltiriladi, konsentrlanadi va hujayraning kerakli joyiga jo‘natiladi. Bundan tashqari Golji kompleksidan
birlamchi lizosomalar shakllanadi. Hujayra qismlari shu jumladan
hujayra membranasining shakllanishida va tiklanishida Golji kompleksining o‘rni katta.
Lizosomalar (yunoncha «lizeo» – eritaman, «soma» – tana)
hayvon va zamburug‘ hujayrasida uchraydigan, hujayraning hazm
qiluvchi bir membranali organoidi. Moddalarni fermentlar yordamida parchalanishi lizis deyilganligi uchun ushbu organoid lizosoma deyilgan. Diametri 0,4–1 mkm bo‘lib, o‘simlik hujayrasida
aniqlanmagan. Lizosomaning 50 ga yaqin fermentlari donador
endoplazmatik to‘rning tashqi membranalariga birikkan ribosomalarda sintezlanadi va sintezlangan fermentlar donador endoplazmatik to‘r kanallari orqali Golji kompleksiga yetkazilib beriladi.
Lizosoma fermentlariga proteaza, lipaza, fosfolipaza, nukleazaglikozidaza, fosfatazalarni misol qilishimiz mumkin. Aynan fosfataza lizosomaga kuchsiz kislotalilik xususiyatini beradi (pH
3,5–5,0). Golji kompleksida fermentlar pufakcha shaklida membrana bilan o‘raladi va sitoplazmaga chiqariladi. Sitoplazmaga
chiqarilgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi va fermentlari noaktiv bo‘ladi. Ushbu fermentlar lipidlar, oqsillar, uglevodlar
va nuklein kislotalarni parchalash vazifasini bajaradi. Birlamchi
lizosoma pinotsitoz yoki fagotsitoz vakuolalari bilan qo‘shiladi va
fermentlari aktivlashib ikkilamchi lizosomaga aylanadi. Ikkilamchi
lizosomalar geterolizosoma yoki autolizosomaga aylanadi
Geterolizosoma endotsitoz jarayonida hujayraga kirgan moddalarning parchalanishini ta’minlaydi. So‘ngra hazm vakuolasi
hosil bo‘lib, u yerda hazm jarayoni boshlanadi. Lizosoma polimerlarni monomerlargacha parchalaydi. Parchalangan mahsulotlar
masalan monosaxaridlar, yog‘ kislotalari, aminokislotalar va nukleotidlar sitoplazmaga o‘tadi va hujayraning hayot faoliyati uchun
sarflanadi. Hayot jarayonida hujayraning qismlari yangilanib turadi. Eskirgan hujayra qismlari yoki butun hujayralar autolizosomalar, lizosomalar yordamida parchalanadi (bu jarayon avtoliz deyiladi). Lizosoma hujayra tarkibiy qismlari (makromolekulalar, zaxiramoddalar, organoidlar) ning parchalanishini ta’minlaydi. Masalan,
itbaliqning dumining yo‘qolishi lizosomalar ishtirokida boradi.
Lizosomalarning bir turi, pereoksisomani tarkibida pereoksidaza
fermenti bo‘lib, hujayrada kislotali reaksiyalar natijasida paydo
bo‘ladigan, hujayra uchun toksik vodorod pereoksidni parchalaydi,
etanolni va ko‘pgina toksik birikmalarni neytrallaydi. Pereoksisoma
jigar va buyrak hujayralarida ko‘plab bo‘lib, siydik kislota va har xil
zaharli moddalarni neytrallaydi. Pereoksisoma lipidlar, xolesterin
va purinlar almashinuvida ham qatnashadi.
Vakuola. O‘simlik hujayralari va hayvon hujayralarida mavjud
vaqtinchalik yoki doimiy, 1 ta membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Hayvon hujayrasida hosil bo‘lishi va funksiyasiga ko‘ra vakuola
qisqaruvchi, hazm qiluvchi turlarga bo‘linadi.
Qisqaruvchi vakuola. Chuchuk suv sodda hayvon hujayralariga
xos. Amyoba, yashil evglena, tufelka va boshqa shu kabi sodda
hayvonlarda mavjud. Funksiyasi: Sitoplazma ichida moddalar
almashinuvi mahsulotlari, qoldiq mahsulotlari va ortiqcha suv
qisqaruvchi vakuolaga yig‘ilib tashqariga chiqariladi.
Hazm vakuolasi. Hayvon hujayrasiga tashqaridan kirgan oziq
moddalar atrofida hazm vakuolasi hosil bo‘ladi. Hazm vakuolasi
ichida oziq moddalar parchalanadi. Tashqaridan kirgan oziq
modda qattiq yoki suyuq holatda bo‘lishi mumkin. Qattiq holda
bo‘lsa fagotsitar vakuola hosil bo‘ladi. Agar suyuq holda bo‘lsa
pinotsitar vakuola hosil bo‘ladi. Hujayrada zaxira sifatida saqlangan
kiritmalar yoki hujayra qismlari hazm vakuolasi parchalanadi.
Hayvon hujayralarida hazm vakuolasi vaqtinchalik bo‘ladi.
O‘simlik hujayrasida vakuola doimiy bo‘lib, gazli yoki suyuq va
qattiq moddalarni zaxiralagan vakuolalar bo‘ladi. Yosh hujayrada
bir nechta mayda vakuolalar bo‘lib, hujayraning yetilishi jarayonida ular birlashib, bitta markaziy vakuolani hosil qiladi. Funksiyasi:
hujayra devorining tarangligini (turgorligini) ta’minlaydi,
hujayradan tashqariga chiqariladigan moddalarni zaxiralash vazifasini bajaradi. O‘simlik hujayralaridagi vakuola ichida organik va
anorganik moddalar to‘planadi. Bu hujayraning konsentratsiyasini
oshiradi. Natijada hujayraning so‘rish kuchi ortadi (osmos) va
hujayra ichida suyuqlik ortib, hujayra taranglashadi. Gazli vakuolalar ildiz hujayralarida, ko‘proq suvda o‘sadigan o‘simliklarning
ildiz hujayralarida (masalan sholi ildizida) uchraydi. Ushbu gazli
vakuoladagi gazlardan ildiz hujayralari nafas oladi.

Download 34,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish