O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA KIMYO FAKULTETI
KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
19/1 –guruh(kechki) talabasi ABDULHAQOV OLIMNING
”KIMYODAN MASALALAR YECHISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Mol Modda miqdori. Molyar massa. Hajm. Molyar hajm.
Topshirdi: Abdulhaqov.O
Qabul qildi: Tursunmurodov O. X.
CHIRCHIQ-2022
1-MAVZU: KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI
R e j a :
1. Kirish. O’zbekistonda kimyo fani va sanoati. Kimyo fanining maqsadi, vazifalari.
2. Kimyo fanining asosiy tushunchalari: atom, molekula, gramm-atom, gramm-molekula, kimyoviy birikma, kimyoviy element, kimyoviy formula, kimyoviy reaktsiya, kimyoviy tenglama.
3. Oddiy va murakkab moddalar. Anorganik birikmalarning sinflari.
Tayanch iboralar: Atom, molekula, kimyoviy element, izotop, isobar, materiya, ekvivalent, modda, jism, allatropiya, fizik va kimyoviy xodisalar, gramm atom, gramm molekula, uglerod birligi, formula, valentlik. Kislotalar, oksidlar, asoslar, oksidlar, kislorodli, kislorodsiz, nordon, kompleks, o’rta, qo’sh tuz, ishqorlar, kislotali oksid, amfoter oksid.
Insonlar juda qadimdan qand, yog’ va oqsilga boy o’simlik mahsulotlaridan iste’mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil avval oltin va kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyorlashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O’sha davrlarda Misrda o’simlik va hayvon organizmlar turli bo’yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan.
Barcha xalqlar juda qadimdan bijg’ish jarayonini bilganlar. Har bir xalqni o’ziga xos spirtli ichimligi bo’lgan. Uni dondan, asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq-ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo’yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o’sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug’ullangan.
Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrlarda shug’ullangan. Ular butun borliqning asosini to’rtta <> - suv, havo, tuproq va olov tashkil etadi deb tushuntirganlar.
Keyinchalik Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillari) butun borliq bitta asosiy materiyadan tuzilgan, degan nazariyani yaratdi. Uning fikricha to’rtta xossa: sovuqlik, issiqlik, namlik va quriqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan - suv, havo, tuproq va olov hosil bo’ladi. Masalan, asosiy materiyaga issiqlik va namlik qo’shilsa havo, namlik va havo qo’shilsa suv va hokazo hosil bo’ladi. Ular bir-biriga aylanishi ham mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligi chiqib ketib suvga, suv qizdirilsa namligi chiqib ketib tuproqqa aylanadi va hokazo. Moddiy dunyoga bunday Arastucha qarash Yevropada XVI asrgacha hukm surib keldi.
Kimyoning fan sifatida rivojlanishiga Irland olimi Robert Boyl (1627-1691) katta hissa qo’shdi. Uning <> kitobida alkimyo nazaryasiqattiq tanqid qilindi. Aytish mumkinki, shu davrdan boshlab kimyo fan sifatida rivojlana boshladi. XVII asr oxirlarida nemis kimyogari G.Shtal flogiston nazaritasini yaratdi. Garchi bu nazariya ham xato bo’lsada, o’z davri uchun juda muhim edi. Chunki o’sha davr olimlari ana shu nazariyaga asolanib alkimyodan to’la qutilishdi.
XVIII asr boshlarida rus olimi M.V. Lomonosov berk idishda metalni har qancha qizdirsa ham uning massasi o’zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasining noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Lomonosov tajribasiga aslanib fransuz olimi A.Lavuazye metall qizdirilganda, u havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishishini isbotladi.Lavuazye yonish va oksidlanish jarayonlarini to’g’ri ilmiy nazariyasini yaratdi.
1808-yilda ingliz olimi Dalton o’z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariyasini yaratdi va birikmada kimyoviy elementlarning qanday nisbatda bo’lishini aniqladi.1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan elementlar davriy sistemasining yaratilishi va XIX asr boshlarida atomning murakkab tuzilganligini isbotlovchi dalillarning paydo bo’lishi kimyoni keng rivojlanishiga yo’l ochib berdi.
O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning
hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar
olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov,
Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov,
Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov
va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan
buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
1-rasm. Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966-1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimi.
Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir.
G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan.
Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim gruppa moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik rolini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi.
Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo va moddalarning elektron tarkibi kabi eng zamonaviy analiz usullari qo’llanildi.
Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy masalalarini hal etishga imkon berdi.
O .S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli gruppadagi tabiiy birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning nafis elektron tarkibi va molekulalari konformatsiyasi bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi.
O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo,
polimerlar kimyosi, paxta tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi
sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimdir.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining va bir qator chet ellar
akademiyalarining akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga
ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri Sobir Yunusovich
Yunusovdir.
2-rasm. Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1991)
O’zFA akademigi, Leopol’din nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofoti laureati.
Ilmiy ishlari o’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning roli katta bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |