19. O‘SISHNI SOZLOVSI MODDALAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH
USLUBLARI
Fiziologik faol moddalar o„simlikning hosildorligini oshirish va
tezpisharligini ta‟minlovchi katta ahamiyatga egadir. Biologik faol moddalarning
o„simliklar metobolizimida, ya‟ni fotosintez jarayonida fermentlar faolligi,
aminokislotalar, nuklienkislotalar va oqsil biosintezi fitogormonlar almashinuvi
jarayoniga ijobiy ta‟sir etishi aniqlangan.
Respuplikamiz sharoitida auksinlar, gibbereelinlar, sitokininlar, abssiz
kislotalari, retordantlar, etilen va boshqalar o„simlik o„sishini tezlashtirish yoki
to„htatish, mevani yiriklashtirish yoki uzoq muddat buzilmasdan, saqlash, pishishni
tezlashtirish maksadlarida ko„llanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Lekin yangi
turdagi stimulyatorlarning yaratilishi, ularni sinash va samarali qo„llash
tehnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
103
O„sishni sozlovchi moddalar mahsus ta‟sir etish doirasiga ega bo„lib, turli
ekinlarda turlicha maqsadlarda qo„llanilsada, ularda o„simlikka oson singib, zarur
yo„nalishda ta‟sir etadi va kutilgan natijaga erishishni ta‟minlaydi
.
O„sishni sozlovchi moddalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-yuqori va doimiy samarali ta‟sirga ega va 10% dan kam bo„lmagan
qo„shimcha hosil olishni ta‟minlashi;
-uzoq muddat ta‟sir ko„rsatadigan va kam mehnat talab qiluvchi;
-ishlatish qulay, boshqa kimyoviy vositalar bilan birgalikda qo„llash mumkin
bshlishi va arzon narh;
-bir yoki bir nechta ekinlarda qo„llash, ya‟ni universal ta‟sir etuvchi;
-o„simlikka zarari kam yoki umuman zararsiz va o„simlikning turli noqulay
sharoitlarga chidamligini oshirish;
-ekinlarni parvarishlash agrotadbirlar tizimiga mos kelishi;
-toksikologik havfsiz, qoldiq shaklda kam to„planadigan yoki umuman tez
parchalanuvchi, atrof muhitga kam zararli bo„lishi lozim.
Deyarli barcha o„sishni sozlovchi moddalar tabiiy fitogormonlar kabi kam
konsentratsiyada o„sishni tezlashtirsa, katta me‟yorda o„simlikning nobud
bo„lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli o„sishni sozlovchi moddalarni har bir
ekinda qo„llash me‟yori va muddatini aniqlash talab etiladi. Shuningdek, ularning
biologik samarasini o„rganish, atrof muhitga, hayvonlarga, baliqlarga, foydali
hashoratlarga ta‟sirini tekshirish lozim.
Dala tanlash va variantlarni joylashtirish. O„sishni sozlovchi moddalar
avvalo sanitariya va gigiena tarafdan tekshiruvdan o„tgan va qo„llashga ruhsat
berilgan bo„lishi kerak. Ularni sinash uchun tajriba dalalari umumiy talablar
asosida tanlab olinadi. Bunda shu joyning tuproq iqlim sharoiti viloyat yoki
mintaqaga hos, ya‟ni tuproq turi, tipi, meliorativ holati mos kelishi lozim.
Stimulyatorlar urug„ ekishdan oldin ishlatilganda, mutlaq nazorat (ishlov
berilmagan) va shu maqsadda qo„llashga ruhsat berilgan etalon preparatga, yangi
preparatning bir netcha me‟yori qiyosiy ravishda sinab ko„riladi. Bu tajribalar 2-3
yil davomida kichik maydonchalarda, so„ngra ishlab chiqarish sharoitida,
zarurratga qarab turli tuproq-iqlim sharoitlarida va har hil navlarda sinalishi yanada
to„liqroq ma‟lumotlar olishga imkon beradi.
Ma‟lumki, respublikamizda tukli va tuksizlantirilgan (kimyoviy va mehanik
usulda) chigitlar ekiladi. Tukli chigitlarga ekish oldidan dorilar bilan quyidagi
tartibda ishlov beriladi. Stimulyatorlarni ekish oldidan qo„llash uchun avval suvli
eritma tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun stimulyatorning 1 tonna chigit uchun
tadqiq etish mo„ljallangan me‟yori 15-20 l suvga aralashtiriladi. Chigitni ekishga
tayyorlash umumiy qoidalar asosida bajariladi. Bunda tukli chigitlarni bir hil
dorilash uchun ariq suvda 1 tonna chigit har 2 soatda 200 l suv bilan 2-3 marta
(400-600 l/t) namlanadi. So„ngra suvga namiqqan chigitlarga stimulyator
qo„shilgan ishchi eritma sepiladi va yahshilab aralashtirilib, 4-6 soat davomida
dimlab qo„yiladi. Bunda chigitlarga dorilar bilan bir hil ishlov berilishiga erishish
lozim. Agar tajriba kichik maydonda olib borilsa, hisoblashlar o„sha maydonga
sarflanadigan chigit miqdoriga qarab hisob qilinadi. Masalan 1tonna chigitga 5 l
stimulyator qo„llanilsa, 100m
2
maydonga sarflanadigan tukli chigit (60 kg/ga
104
bo„lganda) va stimulyator miqdorini hisoblaylik. Buning uchun proporsiya
tuzamiz.
60kg-10000m
2
(1 ga)
h gk-100m
2
h=60∙100 /10000=6000/10000=0,6kg
h=0,6 kg yoki 600g chigit
1 tonna yoki 1000 kg chigitga-5,0 l yoki 5000 ml dori qo„llaniladi.
Unda 1000 kg-5000 ml
0,6 kg-h ml
h=0,6∙5000/1000=3000/1000=3,0 ml.
Demak, 100m
2
maydonga 600 g chigit ekiladi va unga 3 ml dori bilan ishlov
beriladi.
Shundan so„ng urug ekishga tayyor bo„ladi va shu kuni yoki ertasiga ekish
mumkin. Chigit qo„lda ekilsa har bir uyaga sanab, bir hil masofada va chuqurlikda
ekilishiga ahamiyat qaratish zarur.
Go„za o„suv davrida o„sishni sozlovchi (stimulyator, retordant vah.k.)
moddalarni qo„llash uchun dala tanlashda o„simlikning o„sish va rivojlanishi
hamda ko„chat qalinligi bir hil bo„lishiga e‟tiborini qaratish lozim. Agar tajriba
variantlari 4 qatorli bo„lsa, 2 chetidan bir qatordan himoya qatori qoldiriladi va
o„rtadagi ikki qatorda hisoblash ishlari olib boriladi. Hisoblashlar kamida ikki
nuqtada, ketma-ket joylashgan, yorlik (etiketka) osilgan 50-100 o„simlikda
o„tkaziladi. Avval preparatlardan ishchi aralashma tayyorlanib, so„ngra suvga
aralashtiriladi. Dorilar qo„lda «Avtomaks» yoki boshqa qo„l apparatlarida
shonalash davrida gektariga 250-300 l, gullash-meva tugish davrida 500-1000 l
suvga aralashtirilib sepiladi, ishlab chiqarish sharoitida esa OVH-28 va boshqa
traktor purkagich moslamalari bilan gektariga 250-300 l suv me‟yorida ishlov
beriladi.
Misol: o„sishni sozlovchi modda gektariga 1,5 l me‟yorida g`o„za shonalash
davrida sepilsa, 36m
2
dagi tajriba uchun hisoblab chiqamiz. Bunda suv sarfi qo„l
moslama «Avtomaks» uchun gektariga 300 l qilib belgilansa, quyidagicha bo„ladi:
10000m
2
(1 ga)-1,5l yoki 1500ml dori
36m
2
- h ml.
h=36∙1500/1000=5,4ml. demak, dori miqdori 5,4ml.
Suv sarfini hisoblash:
300l-10000m
2
h l-36m
2
h=300∙36/10000=1,08l.suv
Shunday qilib, 5,4 ml dori 1,08 l suvga aralashtirilib, 36m
2
maydonga
sepiladi.
Dorilarni sepishda o„simlikning butun tanasi bir hil namlanishi, chala joylari
bo„lmasligi kerak. Purkash moslamalarini ishlatishdan oldin belgilangan suvni
to„ldirib dalaga sepib, suv sarfini aniq bilib olinsa, dorilarning bir tekis va to„gri
sepilishiga imkon beradi. O„sishni sozlovchi moddalarni g`o„zani sug`orishdan 5-7
kun oldin yoki keyin sepish maksadiga muvofik bo„lib, ularning o„simlik tanasiga
yahshi singishini ta‟minlash uchun ertalab yoki kechki payt sepish kerak.
105
Kuzgi bug`doyda o„sishni sozlvchi moddalar poyalarning yotib qolishiga
qarshi, bug`doyning pishib etilishini tezlashtirish va don sifatini oshirish
maqsadlarida tuplash va naychalash, boshoqlash davrining boshida yuqoridagi
go„zada qo„llashga o„hshash holda qo„llaniladi.
O„simlikni rivojlanish davrilarida qo„llaniladigan o„sishni sozlovchi
moddalar ham mutloq (absolyut) ishlov berilmagan hamda vegetatsiya davrida
qo„llashga tavsiya etilgan etalon preparatga solishtirma rivishda bir nechta
me‟yorida o„rganiladi. Oldin o„rganilib, ishlatishga ruhsat berilgan preparatlarni
qo„llash tehnologiyasini takomillashtirish bo„yicha tajribalar o„tkazilsa, qiyoslash
uchun mutloq nazorat varianti olinishi etarli. Ishlov berish davrida ishchi
aralashmani to„gri tayyorlash va barcha variantlarga bir hilda sepilishni ta‟minlash
lozim.
Tajriba variantlari maydoni eng kamida 24 m
2
, sharoitdan va maqsaddan
kelib chiqib 100-200 m
2
va undan ham kattaroq bo„lishi mumkin. Variantlar 1,2
yoki 3 yarusda va 3 yoki 4 takrorlanishda joylashtiriladi. Urug`ga qo„llaniladigan
stimulyatorlar bo„yicha tajribalarda urug`lar aniq sanab qo„lda ekilishi ularning
samarasini aniqroq belgilash imkonini beradi. Ammo ekish seyalkada amalga
oshirilsa, traktorning bir yoki ikki va undan ko„proq yurish yo„li hisobga olinadi va
boshqa variantlar ham shu tartibda ekiladi. Bunda har bir variant alohida ekiladi va
keyin boshqa variantga o„tiladi.
Ishlab chiqarish tajribalarida esa yuqori natijalarga erishilgan stimulyatorlar
me‟yorlari va muddatlari 1-3 gektar va undan ko„proq maydonda sinovdan
o„tkaziladi. O„suv davrida sepiladigan o„sishni sozlovchi moddalar traktor
purkagich moslamalarida sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |