Chiqarish markazi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

Variantlarni  joylashtirish  va  ularning  takroriyligi.  Sug„orma  dehqonchilik 
sharoitida  tajribalar  asosida  variantlar  va  takrorlanishlarni  bir  qator  (yarus)li 
joylashtirish o„ta qulay. Turoqqa ishlov berish bo„yicha tajribalar uchun variant va 
takrorlanishlarning bunday joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega. 
 
Shudgorlash  bo„yicha  turli  tehnologiyalar  yoki  haydov  chuqurliklari 
o„rganiladigan tajribalarda haydashni juft bo„laklar bo„yicha o„tkazish juda muhim. 
Bu, shudgorlashni sifatli, marza va egatlar qoldirilib o„tkazish, er tekislash ishlari 
harajatlarini kamaytirish, eng suhimi,  maydon, shu  jumladan, uning  bo„lak  uchun 
ajratilgan  qism  yuzasi  tekis  bo„lishini  ta‟minlaydi.  Tuproqqa  ishlov  berish  bilan 
bog„liq tajribalar to„rt takrorlanishli bo„lishi maqsadga muvofiqdir. 
 
Dala tajribalari orqali tuproqqa ishlov berish bilan bog„liq qator masalalarni 
jumladan, haydash chuqurligini, shudgorlanishning turlicha tehnologiyalarini, turli 
qavatlarga o„g„it solish kabilarni o„rganish, belkurak bilan o„lchami 1-4 m
2
 bo„lgan 
kichik  bo„laklarda  bu  amallarni  qo„lda,  belkurak  yordamida  amalga  oshirish 
mumkin. 
 
Bunday  bo„laklar  qatlamlaridan  (0-10,  10-20,  20-30  sm.  Va  h.k.)  tuproq 
olinib, tanlanadi, brezentga alohida-alohida qo„yiladi. 0-10 sm. Qalam tuprog„i eng 
pastga,  10-20  sm.  li  qatlamniki  uning  ustiga,  undan  keyin  20-30  sm.li  va  h.k. 
qatlamlar tuproqlari joylashtiriladi. Qatlamlar tuproqqa solingan o„g„itni e‟tiborga 
olgan va belgilangan vazifadan kelib chiqqan holda boshqa tartibda joylashtirilishi 
ham mumkin. 
 
Bunday qatlamlar er haydalgandagina o„hshash holda joylashtirilishi kerak. 
Shuning uchun bu amal o„ta puhtalik bilan bajarilishi zarur. Bu boradagi tajribalar 
besh va undan ortib takrorlanishda o„tkazilishi mumkin. 
 
Kichik bo„lakli tajribalar tegishli masala bo„yicha barcha jumboqlarni echish 
imkonini bermaydi. Ammo ular tadqiqotlar yo„nalishi va vazifalarni hamda u yoki 
bu  usul  va  tehnologiyaning  samarasini  aniqlashda  juda  qo„l  keladi.  Masalaning 
to„liq echimi faqat dala tajribasi orqali uzul-kesil hal qilinishi mumkin. 
 
Dala  tajribalarida  tuproqqa  ishlov  berish  muddatlari.  Tuproqqa  ishlov 
berishning asosiy-shudgorlashdir. U tajriba dalasida mahalliy tuproq sharoiti uchun 
ma‟qul  deb  hisoblangan  sanada  o„tkazilsa,  pahtadan  yuqori  hosil  olinishi 
ta‟minlanadi. Kuzgi shudgor mahsus o„rganilayotganda uni juda barvaqt ham, kech 
ham o„tkazmaslik kerak. Aks holda bu tadbir salbiy oqibatlargi sabab bo„ladi: 
 
erta  shudgorlansa  tuproq  zichlashadi,  dalani  o„t  bosadi,  tarkibidagi  organik 
modda tez parchalanadi, maydonni bahorda qo„shimcha yumshatish talab etiladi; 
 
kech  shudgorlanganda  tuproq  uvoqlanadi,  serkesak  bo„ladi.  Kuzgi  shudgor 
uchun maqbul muddat O„rta Osiyo shimolida oktyabrning ikkinchi yarmida 10-15 
dekabrgacha, janubda noyabrdan to turg„un sovuq tushguncha. 
 
Pahtachilik  mintaqasining  ba‟zi  hududlarida  shudgor  bahorda  o„tkaziladi. 
Shudgorni  o„tkazish  uchun  tegishli  tehnika  vositalari,  moslamalar  tayyorlab 
qo„yiladi.  Ish  boshlaganda  ular  kerakli  chuqurlikka  sozlanadi.  So„qa  paykalda 
ikkinchi marta aylanganda sozlanadi. 
 
O„zbekiston  Pahtachilik  ilmiy-tadqiqot  institutida  o„tkazilgan  ko„p  yillik 
tadqiqotlarning dalolat berishicha, kuzgi shudgor qo„sh qavatli so„qa bilan amalga 
oshirilsa,  katta  samara  beradi.  Bunda  shudgor  chuqurligi  tuproq  va  iqlim 


24 
 
mintaqalari  bo„yicha  tabaqalashtiriladi.  Shuning  uchun  haydash  chuqurligi 
o„rganilayotganda,  agar  tuproq  qalinligi  imkon  bersa,  nazorat  varianti  uchun 
muayyan mintaqada tavsiya etilgan chuqurlik olinishi zarur. 
 
Ba‟zi  hollarda  kuzgi  shudgor  chuqurligi  nazorat  varianti  uchun  24-25  sm. 
Belgilanib, u 35 yoki 40 sm. Chuqurlikda haydash bilan solishtiriladi. Bu mutlaqo 
noto„g„ri, chunki u shudgorlash chuqurligining ushbu hudud uchun tavsiya  etilga 
chuqurligiga nisbatan samarasini ochib bera olmaydi. 
 
Tajriba  dalasida  shudgor  chuqurligi  u  o„tkazilayotganda  egat  o„lchagich 
yordamida so„qa tegishli maydonni ikkinchi marta aylanishda egat tubidan tuproq 
yuzasiga o„lchanadi (4.1-chizma). 
 
Buning  uchun  egat  o„lchagich  tik  o„rnatiladi.  Bunda  chizg„ichning 
harakatsiz burchagi tuproq yuzasida, egat devori yonida turadi, harakatchan qismi 
esa  egat  tubiga  tushiriladi,  harakatchan  yuqorigi  qismi  haydov  chuqurligini 
ko„rsatadi. 
 
Haydov  chuqurligi  cho„qa  har  aylanganda  dalaning  uzunligiga  qarab  5-10 
joyidan  o„lchanadi.  Har  bir  o„lchov  natijasi  daftarga  qayd  etiladi.  Bu  jarayonda 
nazorat  haydov  chuqurligining  o„rtacha  qiymatini,  belgilangan  chuqurlikdan 
farqini aniqlash orqali yuritiladi. 
 
Beda,  bug„doy  ang„izi  va  o„tlar  aralashmasining  tuproq  unumdorligini 
oshirish imkoniyatidan samarali foydalanishda ularni shudgorlash muddati va usuli 
muhim  ahamiyatga  ega.  Ammo  ko„pgina  hududlarda,  bunga  etarli  ahamiyat 
berilmaydi,  hususan,  bedazorlar  noto„g„ri  haydalmoqda.  Unutmaslik  kerakki, 
bedazorlar  O„rta  Osiyoning  shimolida  oktyabr  oyida  va  noyabrning  ikkinchi 
yarmida, janubida-noyabrda haydaladi. 
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish