25
G„allazorlarni oddiy «P-5-35 M» rusumli so„qa yoki ag„darma so„qa
yordamida shudgorlashda quyidagi shartga amal qilish zarur: yuqori qismi (0-15
sm dagi) chimqirqar bilan bug„doy ang„izi haydov qatlami tubiga tushiriladi.
Ang„izdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Kuzgi shudgor tugallangandan keyin bevosita shudgor paytida hosil bo„lgan
marzalar va ariqlarni tekislashga kirishiladi. Bu ish bo„laklar orasidagi himoya
yo„laklarining aynan marza va ariqlar hosil bo„lgan erlarida va dalaning pastki
qismida
bajariladi, bo„lakning hisobli qismida esa qilinmaydi.
Kuzda haydalgan dalani tekislash bahorda haydalgan erdagidek tuproqning
kuchli zichlanishiga olib kelmaydi. Kuzda er tekislashda greyderlar, buldozerlar va
boshqa mehanizmlardan foydalanish mumkin. Tekislash mehanizmlar yordamida
o„tkazilganda haydov qatlami kuchli zichlashadi. Buning oldini olish uchun erlar
zudlik bilan chizellanadi.
Erta bahorgi tirmalash va tuproqqa ekish oldindan ishlov berish. Tajriba
dala ishlarining, hususan, erta bahorgi tirmalashning o„z vaqtida o„tkazilishi
tuproqqa ekish oldindan ishlov berish sifatiga hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. Bu turli
usullar va qurollarni, shuningdek, tuproqqa erta bahorgi va ekishdan oldingi ishlov
berish sonini o„rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Erta bahorgi tirmalash vaqti har bir muayyan holatda tuproq va bahorgi ob-
havo sharoitiga ko„ra belgilanadi.
Tirmalash pushtlar nami qochib, tuproq yopishmaydigan bo„lganda, traktor
o„tgach, yuza iz qoladigan,bu izni tirma yopib keta oladigan paytida o„tkaziladi.
Bunda tuproq g„ovaklashadi, mayda donador kesakli bo„ladi.
Tuproqni obi-tobiga kelganda tirmalash, bu tadbirni iloji boricha yurishlar
sonini kamaytirgan holda amalga oshirish kerak. Tirmalash maqbul muddatda bir
yurishda bajarilgani ma‟qul. Bunda tuproq namni saqlaydi, yahshi yumshatiladi,
qatqalog„i buziladi, natijada takroriy tirmalash bilan undagi begona o„tlar
yo„qotiladi.
Tirmalash ikki qator tirma bir-biriga tirkalgan holda o„tkaziladi. SHu bois
traktor bir o„tishda tirmalar bilan ikki iz qoldiradi.
Tuproq qatqalog„ini buzishda bir qatorli qilib tirkalgan tirmalardan
foydalaniladi. Bu, traktor o„tishini va tuproq zichlanishini kamaytiradi.
Tuproqning sifatli yumshatishiga tirma tishlari uzunligi ta‟sir qiladi.
SHo„rlanmagan erlarda tishi 10 sm. li tirmalar tuproqni yahshi yumshatadi.
Qatqaloq tishi 45sm. li tirma bilan ishlanadi. Tirma tishlari 20 sm. li bo„lsa, tuproq
ham chuqurroq yumshatiladi va uning serkesak bo„lishiga, namlikni tez
yo„qotishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: