26
Ishlov berilgandan so„ng agronomik jihatidan qimmatli fraksilar qancha ko„p
shakllansa, tuproqning uvoqlanish darajasi ham, ishlov sifati ham shunchalik
yuqori bo„ladi.
Uvoqlanish darajasi tuproq namunasini ustma-ust joylashtirish va uni
teshikchalari kattaligi 100, 50, 30, 5, 1, 0,5 va 0,25 mm bo„lgan elaklardan
o„tkazish orqali aniqlanadi. Tuproq namunalari 5 takrorlanishda 50h50sm. li
maydonlar tuprog„ining ishlov berilgan qavatidan kavlab olinadi. Kultivatsiyadan
keyin egat oralig„idagi tuproqning uvoqlanish darajasini aniqlash uchun namunalar
yumshatish kengligi va chuqurligidan, kultivator qamrovi kengligidan egatlarda,
chunonchi, 4 qatorli variantlarda o„rtadagi 3 egatdan, 8 qatorlida o„rtadagi 3-6
egatdan olinadi.
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha o„tkaziladigan tajribalarda 0-5, 5-10, 10-20
sm. va h.k. qatlamlardagi namlik miqdorini bilish juda muhim. Bu maqsadda
namunalar erta bahorgi tirmalash, chigit ekish oldindan yoki ekish tugagach,
birinchi va keyingi sug„orishlardan avval olinadi.
Tuproqning hajm og„irligi va g„ovaklik ko„rsatkichlari o„tkazilgan ishlov
turlarining tuproq qavatlari zichligiga, uvoqlanishiga, g„ovakligiga ta‟sirini
ifodalovchi ko„rsatkichlardir.
Tuproq hajm og„irligi erta bahorgi tirmalashdan avval, ekishdan so„ng,
birinchi va uchunchi suvlardan oldin, amal davri ohirida bo„lakning 5 nuqtasidan
0-10, 10-20, 20-30, 30-40 va 40-50 sm.li qatlamlarda aniqlanadi. Ayrim
tajribalarda haydov qatlami shakllanishi davomida yuz beradigan o„zgarishlarga
kuzgi shudgor, uning chuqurligi, zahira suvi yoki sho„r yuvish, kuz-qish va bahor
pallasida yoqqan yog„inlar, bahorgi ekish oldi ishlovlari va ekish, amal suvlari,
kultivatsiyalar ta‟sirini o„rganish uchun hajm og„irligini aniqlashga mo„ljallangan
ishlar ko„proq o„tkaziladi. Masalan, er haydashdan avval va keyin, zahira suvi va
sho„r yuvishdan so„ng, erta bahorgi tirmalashgacha, chigit ekilgandan keyin 1va 2
chi suvdan oldin va amal davri ohirida.
Ekishgacha yoki g„o„zaning amal davrida tuproqqa ishlov berish chuqurligi
va usullari o„rganilayotganda variantlaraor farqni aniqlash uchun muhim bo„lgan
ko„rsatkichlar quyidagilar: tuproqning suv o„tkazuvchanligi va suvda yuvilishiga
bardoshli agregatlarning miqdorini aniqlash. Suv o„tkazuvchanlik sug„orishlar
oldindan aniqlanadi. Tuprq agregatlari tahlili bahorda, ekishdan keyin va
sug„orishlar tugagandan keyin o„tkaziladi.
1
Tuproq va o‘simliklarning agrokimyoviy tahlili. Ekishgacha, amal davrida
va amal davri ohirida tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalarda tuproq va
o„simliklarning agrokimyoviy tahlillari o„tkazilishi zarur.
Tajribada uning vazifalariga ko„ra, gumus, yalpi azot, fosfor, kaliy, nitratlar,
amiak va o„simlik o„zlashtiradigan fosfatlar miqdori aniqlanadi. Bunda sho„rlangan
erlardagi tuproqlarning sho„rlanish darajasini kuzatish, albatta zarur.
G„o„za asosiy oziqa moddalarni o„zlashtirishni aniqlash uchun o„simlikda
rivojlinish davrlari bo„yicha kimyoviy tahlil o„tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: