Chiqarish markazi


 DALA TAJRIBALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA TURLI



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

3. DALA TAJRIBALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA TURLI 
HISOB-KITOBLAR 
 
Ma‟lumki, pahta yetishtirish jarayonidagi agrotehnik tadbirlar turli tuproq va 
tuproq-meliorativ  sharoitlarida  yahshi  rivojlangan,  erta  pishar,  yuqori  hosil 
beruvchi  o„simliklarni  parvarishlashga  yo„naltirilgan  bo„lishi  kerak.  Shuning 
uchun  yangi  agrotehnik  usul  va  tabdirlarni  o„rganish  eng  muhimi,  ularning  eng 
ko„p  mahsulot  olishga  ta‟sirini  aniqlash  bilangina  cheklanmay,  g„o„za  hayotiy 
jarayonidagi  turli  davrlarda  uning  o„sishi  va  rivojlanishi  jadallashishiga,  erta 
pishishiga ta‟sirini ham ochib berishdan iborat bo„lishi lozim.  
 
Dala  tajribalaridagi  fenologik  kuzatuvlar  va  turli  hisob-kitoblarda 
o„rganilayotgan  agrotehnik  tadbirlarning  birga  qo„shib  olib  borilishi  yoki 
parvarishlash  jarayonida  qo„llaniladigan  ayrim  omillar  va  usullar  g„o„zaning 
shonalash, gullash, pishib etilish, g„allaning esa, unib chiqish, to„plash, naychalash, 
boshoqlash,  gullash  va  pishish  davrlari  barvaqt  boshlanishga,  rivojlanish  davrlari 
jadal  o„tishga  qay  darajada  ta‟sir  etgani,  shuningdek,  o„simlik  hosil  elementlari 
qanday  shakllanayotgani,  mevalarining  konus  va  yaruslari  bo„yicha  joylashish 
hususiyatlari  va  boshoqlar  shakllanishi,  qayta  variantlardagi  o„simliklarning 
sermahsul  ichki  konuslarida  eng  ko„saklar  saqlanib  qolishini  ta‟minlayotganini 
ko„rsatib berish darkor va h.k. 
 
Kuzatuvlar  va  hisob-kitoblar  tajriba  variantlarida  parvarishlayotgan  g„o„za 
va g„allaning maromida o„sishi, hosil organlarining eng samarali nisbati, tupining 
ihchamligi va yotib qolmaslik talablariga qanchalik mosligini tavsiflash kerak.  
 
Har dala tajribasi uchun uning hususiyatlari, o„tkaziladigan sharoiti, maqsadi 
va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  kuzatuvlar  va  hisob-kitoblar  dasturi  ishlab 
chiqiladi.  Eng  muhimi,  mo„ljallanayotgan  kuzatuvlar  va  hisoblarning  barchasi 
ularni  o„tkazish  muddatlari  aniq  yo„nalishga  ega  bo„lishi,  natijalari 
qo„llanilayotgan  agrotehnika  tadbirlarining,  yangi  usul  va  zamonaviy 
tehnologiyalarning hususiyatlarini to„liq ochib berishga imkoniyat yaratishi zarur. 


17 
 
 
G‘o‘zaning  o‘sishi  va  rivojlanishi  bo‘yicha  hisob-kitoblar  va  kuzatishlarni 
tashkil etish. Qancha ko„p tup hisobga olinsa, o„simlikning rivojlanishining u yoki 
bu bosqichi yohud kuzatuv davomidagi boshqa jihatlarni ifodalovchi ma‟lumotlar 
shunchalik  aniq  va  ishonchli  bo„ladi.  Ammo,  ko„pchilk  hollarda  tashkiliy 
sabablarga ko„ra (tehnik hizmatchilar etishmasligi, tajribalar va variantlar ko„pligi 
va b.q.). bo„lakdagi kuzatiladigan o„simliklar sonini cheklashga to„g„ri keladi. Shu 
bois  hisob-kitob  va  kuzatuvlar  murakablashadi.  Ularni  o„tkazish  uchun  talab 
qilinadigan holda kuzatuv maqsadlari bo„yicha hisobga olinadigan o„simliklar soni 
har hil bo„lgani ma‟qul. 
 
Barcha  takrorlanishlarning  har  bir  varianti  yoki  bo„lagida  kuzatuv  uchun 
olinadigan o„simliklar soni kamida quyidagicha bo„lishi tavsiya etiladi: 
 
-  shonlash,  gullash,  ko„sak  ochilishi  jadalligini,  konuslar  bo„yicha  meva 
tugilishini batafsil hisoblash uchun-100 tupdan; 
 
- meva tugishni umumiy hisobga olish uchun – 50-100 tupdan; 
 
-  barglarni  sanash,  o„simlik  bo„yini  va  hosil  shohlarini  sanash,  gullash  va 
ko„sak  ochilish  suratini  aniqlash,  shakllangan  ko„saklarni  hisoblash  va  boshqa 
maqsadlardagi kuzatishlar uchun – 25-100 tupdan o„simldik olinadi; 
 
- g„o„za nihollarini sanash uchun – kamida 100 uya olinadi. 
 
Bo„lakning  hisobli  qismi  chegarasida  kuzatish  va  hisob-kiotblar  uchun 
o„simliklar bo„lakcha – maydonchalardan olinadi. Bir necha (3-4) joydan ajratilgan 
bu  bo„lakcha  –  maydonchalar  ko„ndalang  yo„nalishda  barcha  hisobli  egatlarni 
qamragan  holda  yoki  seyalkaning  bir  yurishiga  mos  bo„lgani  ma‟qul.  Bo„lakdagi 
bo„lakcha – maydonchalarning tahminiy joylashishi 3.1-chizmada ko„rsatilgan. 
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish