20. G‘O‘ZA DEFOLIATSIYASI VA DESIKATSIYASI BO‘YICHA DALA
TAJRIBALARINI O‘TKAZISH USLUBLARI
G„o„za defoliatsiyasi va desikatsiyasi bo„yicha o„tkaziladigan dala
tajribalarida ishlov apparatlarini to„g„ri tanlash, sifatli ishlov barish, zarur
hissoblarning puhta bajarilishi, imshchi eritmalar talab darajasida tayyorlanishi,
kuzatuv va hisoblarning aniq maqsadga yo„naltirilgan tadqiqot natijalari
ishonchligini oshirishga ko„maklashadi.
Tajriba vazifalariga ko„ra, defoliatsiya va desiksiya o„tkazish uchun
apparatura tanlanadi. Bastlabki sinovlarda, fiziologik-biologik jarayonlarni
o„rganish uchunqo„lda ishlatiladigan apparaturadan foydalaniladi.
Dala-ishlab
chiqarish tajribalarida traktorga osilgan purkagichlar yoki qishloq ho„jalik
aviatsichsi ko„llaniladi.
Yangi defoliantlarni birlamchi baholash uslubi. Preparatlarning birlamchi
sinovi dala yoki oranjereyada 5-10 tup go„zada o„tkaziladi. Ular 3 ta
konsenratsiyada (0,1; 0,5 va 1,0%) suvli eritma yoki emulsiya holda sanaladi. Agar
dalaga 400l/ga eritma sarflansa, bir tup o„rta tolalli go„zaga 4,0, ingichka tolaliga
3,2ml ishchi eritma ketadi. Faolligi sezilgan birikmalar 10m2 li variantda 4
takrorlanishda 0,1; 5 va 10 kg/ga me‟yorida kayta tekshiriladi. Birlamchi sinovning
ohirigi boskisch uning yili dalada 30m2 li variantda 6 karrali takrorlanishda, 10
tadan hisobli o„simlikda nihoyasiga etadi.
Takroriy sinovlarda ta‟sirchanligi tasdiklangan irikmalar me‟yorini aniklash
uchun o„rganiladi. Bunda me‟yorlar mayda bo„lakchalarga kamaytirish tomoniga
bo„linib sinaladi.
Qo‘lda ishlatiladigan apparaturadan foydalanish. Qo„lda purkalangan
eritma go„zaga puhta va anik sepilganiga ahamiyat berish kerak. Bunday
sepilganda 1 ga yerdagi go„za bargi yuzasida 670-700 l ishchi eritma saklanib
turadi (OP-7 yoki OP-10 mikdorini tutuvchi preparatlar uchun birinchi chegara) va
barglar yuzasini oldindan yuilgan holda ma‟lum aniqlik bilan zarur defoliant
me‟yorini purkash mumkin. Ishchi eritmaning zarur konsentratsiyasi quyidagi
formula bo„yicha aniklanadi:
K=m∙100/S ∙V
107
Bunda: m-defoliantning 1 ga maydonga mo„ljallangan me‟yori;
S-1ga maydondagi go„za bargi yuzasi, ga;
V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma mikdori, l;
100-konsentratsiya ko„paytirgichi.
Bir tup o„simlik bargi sathi ma‟lum bo„lganda, ishchi eritma konsentratsiyasi
ushbu formula bo„yicha aniqlanadi:
K=m∙100∙10000/ Sr∙N∙V
Bunda: Sr-1 tup o„simlik bargi yuzasi, m
2
;
V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma miqdori, l;
N-go„zaning tup qalinligi;
100- barg yuzasini gektariga aylantirish uchun ko„paytirgich.
Purkashni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan o„tkazib, ishchi eritmani bargning
pastki tomoniga tushurmaslikka harakat kilish kerak. Purkashni (oddiy dala
purkagich) o„simlik tepasidan pastga karab vintsimon harakat kilib, bosh poya
konusiga parallel olib borish zarur. Yolpigichsimon sepadigan purkagichda
o„simlikka tepadan pastga halkasimon ishlov beriladi.
Preparatlar ta‟sirchanligiga baho berilganda osma apparaturani ishlatmagan
ma‟kul, chunki u usimlik bargini bir tekis koplay olmaydi.
Traktor purkagichlarridan frydalanish. Traktor purkagichlaridan eng keng
tarqalganlari “OVH-14”, “OVH-28”. Ularning ishlash tehnikasi quyidagicha:
rezervuarda gidroaralashtirgich aralashtirilgan ichshi suyuqlik filtr orqali nasosga,
undan bosim bilan taqsimlovchi kran va bosim sozlovchi orqali purkagichga
boradi. Purkagichlan chiqqan suyuqlik qaytargich diskiga urilib maydalanadi,
ventilyatordan
kelayotgan
havo
oqimi
bilvan
ohirigacha
maydalanib,
ishshlanadigan ob‟ekt – g„o„zaga tushadi. Bir tekis sepilishini ta‟minlish uchun
purkagich soplosining havo haydash turbasi egilish burchagi tuplar tepasiga
to„g„irlanadi, natijada yanagi purkashda hamma o„simliklar qarab olinadi. Purkash
jarayonida dalada ishchi organi 175
0
S burchak bilan tebranuvchi harakat qilinadi.
Bunda suyuqlik qamrov kengligida bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
60sm li egatlarda 12; 90sm li dan 8 qatorli 4 takrorlanishda tajriba qo„yiladi.
Ishlov samarasi va hosil o„rtasidagi 4 qatrda hisobga olinadi. Hisobli qator uzunligi
50metr, umumiy uzunligi qo„l terimida 60; mashina terimida 100metr.
Ishlab chiqarish tajribasi variantlar soni paykal shakliga ko„ra, 0,5-2,0 ga
bo„lishi mumkin. Ishlab chiqarish tajribasida agregatlar ish unumi hisobga olingan
holda 4-5 ta variant bo„ladi. Vaqt va harorat omimli hisobga olingan holda variant
maydoni 1,6 ga (purkagich rezervuarining bir marta bo„shashiga mos keladi), avval
bir takrorlanishning barcha variantlari, so„ng boshqasiga ishlov beriladi.
Turli kuzatishlar – barg to„kilishi, ko„sak ochlishi, ko„saklpar yirikligi, tola
tehnologik ko„rsatkichlarini kuzatish uchun har bir variantdva 25 ta o„simlik yorliq
(etiketka)lanadi. Buning uchun bo„yi, rivojlanishi, hosili va serbargligi bo„yicha
tipik o„simliklar tanlanadi. Variant uzuknligi bo„yicha ular 5 tadan guruhlanib,
birdek uzoqlikda joylashtiriladi.
Turli difoliantlarning samaradorligi ishchi eritma konsentratsiyasiga aniq
amal qilishga va ishlov berishda traktorning doimiy tezligiga bog„liq.
108
Ishchi eritma me‟yori uning bir minutdagi sarfi, agregatning qamrov
kengligi va traktor tezligiga bog„liq.
V
1ga
= Vmin·60·1000/ℓ·V
Bunda: V
1ga
-ishchi suyuklikning 1 ga sarfi;
V
min
-ishchi suyuklikning bir minutlik sarfi;
ℓ-agregatning kamrov kengligi;
V-traktorning tezligi;
Minutlik suyuqlik sarfini aniqlash uchun 200-250m.li tekis yo„lda agregat
rezervuariga 3-4 chelak suv quyilib, archa chsuv sepilguncha traktor yuritiladi.
Shundan so„ng ishchi organ o„chirilib, rezervuariga 100, 200 l suv quyiladi.
Agregat yo„lga chiqarilib, zarur tezlikk erishilgach, ishchi organ yurgiziladi, vaqt
va yo„l belgilanadi. Barcha suv sepilib bo„lgan vaqt va masofa belgilanadi, traktor
o„tgan yo„l o„lchanadi va agregatning minutlik sarfi quyidagi formulada
hisoblanadi:
Vmin=Vss./t
Bunda: Vmin - suyuqlik bir minutlik sarfi;
Vss -sarflangan suyuqlik hajmi;
t -olingan suyuqlikning sarflanish vaqti.
V
1ga
= Vss./ ℓ·h-10000
Bunda: V
1ga
- ishchi suyuqlikning 1 gektarga sarflanish me‟yori, l;
ℓ -agregatning qamrov kengligi, m;
h -suyuqlik sarflangan masofa, m.
Ishchi eritma konsentrachiyasi ushbu formuladan aniqlanadi:
K=Ν/V
1ga
·100
Bunda: K- ishchi suyuqlik konsentratsiyasi,%
Ν- preparat me‟yori, kg/ga
V
1ga
- ishchi suyuqlik me‟yori, l/ga.
Ishchi eritma konsentratsiyasi (K) aniq bo„lgach, defoliantning (ta‟sir
etuvchi modda bo„yicha) zarur miqdori aniqlanadi:
M
d
= K·V,
Bunda: M
d
-defoliantning zarur miqdori;
V-tayyorlangan ishchi eritma hajmi.
Zarur ishchi eritma miqdori uning sarflanish me‟yoriga qarab, ushbu
formuladan topiladi:
V=Ѕg∙n∙V
1ga
/1000
Bunda: Ѕg- bir variant maydoni,m
2
;
n- takrorlanish soni;
V
1ga
-1 gektarga ishchi suyuqlikning sarflanish me‟yori (ko„pincha
400l/ga)
Ishchi eritmani biroz ko„prq tayyorlash kerak, chunki turli oqib ketishlar,
dala noteksligidan rezervuarda turib qolishlar bo„lishi mumkin.
Eritma tayyorlash uchun oqar suv 0,5-1,0mmli to„r orqali suzilib ishlatilishi,
tayyor ishchi eritmalar filtr yoki qalin matodan o„tkazilishi kerak.
109
Har bir variantga ishlov berilgandan keyin rezurvuarlar, nasos va
taqsimlovchi barcha qismlar toza suv bilan yuvilishi darkor. Agar rezervuarlarda
toza suv bo„lmasa, purkagichni preparat bilan to„ldirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |