3-Laboratoriya ishi.
C++ tilida takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash. Laboratoriya ishining maqsadi:Matematik masalalar uchun takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlashni o’rganish. Nazariy qism Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda bu jarayonning ayrim bo’laklarini bir necha marta takroran hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday jarayonlar takrorlanuvchi yoki siklli jarayonlar deyiladi. Siklli jarayonlarni dasturlashda sikl operatorlaridan foydalaniladi, ya’ni dasturda bitta yoki bir nechta parametrlarning bir vaqtda o’zgarishida bir gurux operatorlarni hisoblash ko’p marotaba takrorlanadi. Masalaning qo’yilishiga qarab sikllar takrorlanish sonima’lum bo’lgan va takrorlanish soni noma’lum bo’lgan sikllarga bo’linadi.
Sikl operatorlari. Parametrli sikl operatori. C++ tilida sikllarni tashkil qilish bir nechta sikl operatorlaridan foydalaniladi. Bu sikl operatorlarining 3 turi mavjud: parametrli, sharti oldin berilgan va sharti keyin berilgan sikl operatorlar. Ularni tartib bilan ko’rib chiqamiz.
Parametrli sikl operatori. Agar sikllik jarayonlarda takrorlanish soni oldindan ma’lum bo’lsa, ko’p hollarda parametrli sikl operatoridan foydalaniladi.
Parametrli sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
for (x=x0; x<=xn ; x=x+xqad) { 1-operator; 2-operator;…;k-operator;} Bu yerda for (uchun) - xizmatchi so’z; x- sikl parametri deb ataluvchi o’zgaruvchi; x0,xn - sikl parametrining mos ravishda boshlangich va oxirgi qiymatlari; xqad - sikl parametrining o’zgarish qadami; { 1-operator; 2-operator;…;k-operator;}- sikl parametrning qabul qiladigan har bir qiymatida takroran bajariladigan operatorlar. Agar bu operatorlar bittadan ko’p bo’lsa { } belgi ichiga olinadi, aks holda shart emas. Sikl parametri o’zining boshlang’ich qiymatini oladi va oxirgi qiymati bilan solishtiriladi. Agar x<=xn mantiqiy ifodaning qiymati true yoki 0 dan farqli bo’lsa operatorlar bir marta bajarilib, sikl parametri xqadqadamga ortadi va yana x<=xn shart tekshiriladi va hakazo bu jarayon x>xn bo’lguncha davom etadi. Boshqacha aytganda, parametrli sikl operatorida sikl parametri x boshlang’ich qiymatxo dan oxirgi qiymat xn gacha bo’lgan qiymatlarni xqad bilan o’zgarishda qabul qiladi. Uning har bir qiymatida operatorlar ketma-ketligi bajariladi.