do…while konstruksiyasi yordamida sikl tashkil etish.
For operatori orqali sikl tashkil etish.
Ichki sikllar.
While operatori yordamida sikllarni tashqil etishda operasiyalar ketma-ketligi siklning davom etish sharti "to'g'ri" bo'lsa yoki 0 dan farqli bo'lsagina uning navbatdagi operasiyalari amalga oshiriladi.
do...while konstruktsiyasida sikl sharti uning tanasidagi operasiyalar bir marta bajarilgandan so'ng tekshiriladi. Bu sikl operatorlarini hech bo'lmaganda bir marta bajarilishini kafolatlaydi. To sharti "yolg'on" bo'lmaguncha yoki ifoda qiymati 0 bo'lmaguncha sikl qaytariladi.
Do…while operatori umumiy ko`rinishi:
do
Operator
while(ifoda)
do...while konstruksiyasini qo`llanishi.
Natija
For operatori siklni ishlashi uchun zarur bo'ladigan uchta operasiyani o'zida birlashtiradi. Bu operasiyalarni qisqacha quyidagicha xarakterlash mumkin: boshlang'ich qiymatni o'zlashtirish, shartni tekshirish, sikl schyotchigini qiymatini oshirish. for operatori ifodasidagi Qavsning ichida shu uchchala operasiyani amalga oshiruvchi ifodalar yoziladi. Qavs ichidagi ifodalar nuqtali vergul orqali ajratiladi. for siklining birinchi ifodasi sikl schyotchigiga boshlang'ich qiymatni o'zlashtiradi. Schyotchik – to'g'ridan–to'g'ri for siklida e'lon qilinadigan va qiymat o'zlashtiriladigan butun sonli o'zgaruvchidir. C++ da bu o'rinda schyotchikka qiymat beradigan ixtiyoriy ifoda yozilishiga imkon berilgan. for siklining ikkinchi parametrida siklni davom etish sharti aniqlanadi. Bu shart while konstruktsiyasining sharti bajaradigan vazifani amalga oshiradi. Uchinchi parametrda esa sikl schyotchigi qiymatini o'zgartiruvchi (oshiruvchi yoki kamaytiruvchi) ifoda yoziladi.
For siklning qo`llanishiga misol :
For operatori umumiy ko`rinishi: for( 1-ifoda;2- ifoda; 3-ifoda) Operator
Bu operator quydagi operatorga mosdir. 1-ifoda ; while(2- ifoda ) { operator 3-ifoda }
Ichki sikllar.
Boshqa siklning ichida tashqil etilgan sikl ichki sikl deb aytiladi. Bu holda ichki sikl tashqi siklni har bir iterasiyasida to'liq bajariladi.