71
Aytaylik, 250 kg. sulfat ammoniy o„simliklar 60h15 tizimda joylashtirilgan
tajribaga solish kerak. Buning uchun har gektarda 16667 m. masofani bosib o„tish
lozim. O„g„it me‟yorini (tukda) yo„lning umumiy uzunligiga bo„lib, 1 metrga
tushadigan o„g„it miqdorini topamiz, u tahminan 15 grammga teng bo„ladi.
Traktor g„ildiragi chambaragi 3,6 m ligini hisobga olganda, g„ildirak har
to„liq aylanganda 15g h 3,60=54 g, 10 aylanishda har soshnikdan 540, chetkisidan
esa 270 g ya‟ni yarim me‟yor o„g„it to„kiladi.
O„g„it amal davrida qatorning yon tomonidan berilganda chetki o„ng soshnik
o„g„it o„tkazuvchi quvur bilan ulanmagani uchun o„g„it to„kmaydi.
Kichik maydonli tajribalarda, ayniqsa, kam me‟yorlari solinganda
(mikroelementlar, yuqori foizli kaliyli o„g„itlar) mahsus sepish apparatlari
bo„lmaganligi tufayli o„g„itlar qo„lda sochiladi. Bunda har bir tajriba varianti
uchun hisoblangan o„g„itlar tortilib, alohida haltachada saqlanadi. Agar bir
variantda bir necha hil o„g„it solinsa, ular alohida tortilib, haltachalarga joylanadi
va yorliq (etiketka) lanadi.
O„g„itli haltachalar tajriba tizimi bo„yicha variantlarga taqsimlanadi. Bu,
o„g„itlarning o„rni almashib qolishini bartaraf etadi.
Qo„lda o„g„it sochilganda ob-havo sharoiti va o„g„it sifati hisobga olinadi.
Shamol esib turganda o„g„it sochilmaydi, chunki bunda o„g„itni bir tekis sochish
imkoni bo„lmaydi, undan tashqari o„g„itlar shamol bilan variant o„rtasiga uchirib
ketilishi mumkin.
Kam miqdordagi o„g„itlarni bir tekis taqsimlash uchun ular tuproq bilan
aralashtirilib sepilgani durust.
O„g„itlarnig me‟yorlariga va egat kengligiga bog„liq holda sarflanishi 13.2-
jadvalda keltirilgan.
13.2-jadval
Ma‟dan o„g„itlar me‟yorlariga qarab, g„o„za va boshqa chopiqtalab ekinlarni oziqlantirishda to„rt
qatorli o„g„it sepuvchi
apparatning sozlanishi
O„g„it
me‟yori (tuka
holda), kg/ga
25 mertga o„g„it sarfi,
ushbu egat kengligida
60 sm
90 sm
jami, kg.
bir egatga, g.
jami, kg.
bir egatga, g.
100
0,60
150
0,900
225
125
0,75
188
1,125
281
150
0,90
225
1,350
338
175
1,05
263
1,575
394
200
1,120
300
1,800
450
225
1,35
338
2,025
506
250
1,50
375
2,250
563
275
1,65
413
2,475
619
300
1,80
450
2,700
675
325
1,95
488
2,925
731
350
2,10
525
3,150
788
375
2,25
563
3,375
844
400
2,40
600
3,600
900
72
Sepish me‟yoridan qat‟iy nazar, tuproq changsimon va quruq o„g„itlarga
aralashtirilishi juda muhim. Tuproq o„g„it sepilayotgan variantdan olinadi.
O„g„itlar me‟yori egatlar soniga bo„linib, so„ng sepiladi.
G‘o‘zani bedapoya haydalgan dalada o‘g‘itlash bo„yicha o„tkaziladigan
tajribalar vaqt va zamonda davom ettiriladi. Ya‟ni bu tajribalar bir yo„la 3 dalada
olib boriladi va bedapoya haydalgandan so„ng birinchi yil (plast), ikkinchi va
uchinchi yilgi ma‟lumotlar (oborot plasta) birlashtiriladi. Tajriba dalalaridan
olingan tuproqning dastlabki agrokimyoviy hususiyatlari haqidagi ma‟lumotlar
yillar bo„yicha 3 yillik jamlanma ilmiy hisobotda alohida-alohida keltiriladi.
G„o„za makajo„horidan va bug„doydan so„ng parvarishlanadigan dalalardagi
tajribalar har yili alohida dalada olib borilgani uchun avvalo dalalar tuprog„ining
unumdorlik darajasi bir-biriga yaqin bo„lmog„i kerak. Jamlanma ilmiy hisobotda
esa bu ma‟lumotlar yillar va dalalar bo„yicha ko„rsatiladi.
Bug„doyni, makkajo„horini o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan tajribalar 3 yil
davomida yangi dalada olib boriladi. Shuning uchun bu dalalar tuprog„ining
unumdorlitgini ham bir-biriga yaqin bo„lishi kerak. Ilmiy hisobotda dalalar
tuprog„ining dastlabki agrokimyoviy hususiyatlari haqidagi ma‟lumotlar alohida
ko„rsatilib, boshqa ma‟lumotlar jamlangan holda keltirilishi mumkin. Bu
tajribalarda izlanish uchun olinadigan tuproq va o„simlik namunalari shu
ekinlarning asosiy rivojlanish davrlariga va tajriba maqsadiga mos holda olinadi.
Beda o„simligini o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan tajribalar ham vaqt va
zamonda olib boriladi. Bu tajribalar bir yo„la 3 ta dalada davom ettiriladi va
olingan ilmiy ma‟lumotlar bedapoya haydalgandan so„ng o„stiriladigan
g„o„zalardagi kabi jamlanib ko„rsatiladi.
G„o„zani polietilindan plyonka ostida o„stirishda o„g„itlash bo„yicha
o„tkaziladigan tajribalar huddi ochiq maydonlardagidek olib boriladi.
No‟ananaviy agrorudalar (bentonit, glaukonit) fosforit yoki fosfogipsning
samaradorligi o„g„it sifatida o„rganilayotgan tajribalarda ular tarkibidagi asosiy
ozuqa unsuri hisobga olinadi.
Go„ng, argona-mineral kompostlar, biogumusning ho„jalik me‟yorlari
sochilishda variantlar alohida bo„laklarga ajratiladi. Har bir bo„lakchaga ular
alohida tortilib, to„kiladi va pashahalar, tirmalar yordamida bir tekis taqsimlanib,
so„ng haydaladi.
Mashina terimida (qo„l terimida ham) o„g„itlarning qo„shni variantlarga
ta‟sirini bartaraf etish uchun ikki chetki qator hisobidan chiqariladi. 8 qatorli
tajribada hisobli maydonga 4 qator, 12 qatorlida 8 qator kiritiladi. Undan tashqari
tajribaning yuqori va pastki qismlaridan himoya maydonchalari ajratiladi. Har bir
maydon kengligi traktorning 1 o„tish kengligiga teng bo„ladi. Tajribalar 2 va undan
ko„proq yarusda joylashtirilganda himoya maydonchasi 10 metrchani tashkil etadi.
Bunda har yarusda yuqoridan kelgan suvlar uchun alohida o„qariq va tashlanma
o„qariqlar ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: