Chiqarish markazi


 SHO‘RLANGAN YERLARDA DALA TAJRIBALARI VA



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

12. SHO‘RLANGAN YERLARDA DALA TAJRIBALARI VA 
TADQIQOTLAR O‘TKAZISH HUSUSIYATLARI 
 
Sho„rlangan erlar bir-biridan tuzlangan er osti suvlari sathi, sizob yuza yoki 
chuqur joylashganligi, tuproqlarning sho„rlanganlik darajasi bo„yicha hilma-hilligi, 
kollektor-yig„ma  zovur  shahobchasi  mavjudligiga  ko„ra  farqlanadi.  Shu  bois 
bunday erlarda dala tajribalari o„tkazish uslubiga qat‟iy rioya qilinishi talab etiladi. 
 
Sho„rlangan  erlarda  o„tkaziladigan  dala  tajribalaridan  qiyosiy  natijalar 
olishga  erishish  uchun  barcha  variantlar  dastlabki  sho„rlanish  bo„yicha  bir-biriga 
yaqin,  bir  hil  zahob  sathi  va  sho„rlanganligi,  kollektor-  zovur  va  sug„orish 
tarmoqlarining bir hil ta‟sir doirasida bo„lishi zarur. 
 
Tajriba  uchun  paykal  tanlash  albatta,  kuzda  (sentyabr-oktyabr  oylarida) 
amalga  oshiriladi,  chunki  ziroatlar  holati  (agar  tajribalar  o„zlashtirilgan  erlarda 
qo„yilayotgan bo„lsa) yoki tabiiy o„simliklar tarkibi va holati bo„yicha (agar tajriba 
yangi  o„zlashtirilgan  erlarda  o„tkazilishi  mo„ljallansa)  tuproq  sho„rlanish  darajasi 
va bir tekisligi to„g„risida hulosa-tahlillar asos qilib olinishi kerak. 
 
Agrotehnik  tajribalarga  barcha  variantlar  bo„yicha  tuzlar  tarkibi  bir  hil 
bo„lgan  er  tanlanib,  kuzda  bu  joyda    o„simliklar  holati  va  sho„rlanish  dog„lari 
bo„yicha sho„rlanish haritanomasi tuzilishi zarur. 
 
Harita  noma  asosida  tuproq  va  sizot  namunalari  olinadi,  turli  darajadagi 
sho„rlanish  aniqlanadi  va  o„simliklar  holatiga  qarab  sho„r  yuvish  me‟yorlari 
belgilanadi.  Bu  paykaldagi  tuproq  sho„rlanganligi  tahminan  birdek  bo„lishiga 
imkon beradi. 
 
Kuzda  tajriba  dalasida  zahob  sathini  o„lchash  quduqlari  va  suv  sarfini 
o„lchash uchun o„lchagichlar o„rnatiladi. 
 
Variantlarni  shunday  joylashtirish  kerakki,  yig„ma-  zovur  -kolektor-  zovur 
va suv tarmoklarining ularga ta‟siri baravar va barchasida er osti suvi-sizob sathi 
tahminan birdek bo„lsin. 
 
Tajriba  dalasi  zovur  yoki  kolletor  bilan  cheklangan  va  bu  zovur  yoki 
kollektordan ma‟lum masofada parallel ariq o„tgan bo„lsa, u qolda variantlar uchun 
tomoni  bilan  perpendikulyar  yo„nalishda  joylashtirilishi  va  variantlar  boshi-
ohirining  zovur  yoki  ariqdan  uzoqligi  yozib  qo„yilishi  hamda  ularga  doimiy 
qoziqlar qoqilgan bo„lishi lozim.  
 
Tajriba variantlari o‘tchami o„rganilayotgan omillarga bog„liq. 


65 
 
 
Tajriba dasturi bo„yicha amal va noamal davrlarida sug„orish tartibi barcha 
variantlarda  bir  hil  bo„lsa,  variantlar  o„lchami  huddi  sizot  sathi  chuqur, 
sho„rlanmagan tuproqlardagidek bo„ladi.  
 
Sug„orish  tartibi,  sho„r  yuvish  muddati  va  me‟yorlari  o„rganiladigan 
tajribalarda  har  bir  variariantga  berilgan  suv  tajriba  paykalida  sizob  sathini 
ko„taradi. Shuning uchun sho„r yuvish muddatlari uchun 0,5 ga, sug„orish tartibi va 
sho„r  yuvish  me‟yori  o„rganiladigan  variantlar  maydoni  0,25  ga  bo„lishi  kerak. 
Variantning hisobli qisim markaziy qismining 0,1 ga maydonidan kam bo„lmasligi 
zarur. 
 
Tajriba variantlari takrorlanishi 4 marta. 
 
Sizob  sathi  chuqurroq  (2-3m)  bo„lganda  variant  maydoni  0,1  gacha 
kamaytirilishi  mumkin.  Sho„rlanish  har  hi  bo„lganda  tajriba  variantlari 
takrorlanishi  6  va  8  martani  tashkil  etadi,  ba‟zi  hollarda  juftlangan  nazorat 
variantalri kiritiladi. 
 
Kuzatuv  va  hisob-kitoblar  tajribada  dastur  asosida  qo„yilgan  vazifalarga 
bog„liq holda bo„lishi kerak. Ammo sho„rlangan erlarda o„tkazilishi shart bo„lgan 
dala tajribalarida qanday  meliorativ fonda o„tkazilishidan kat‟iy nazar tadqiqotlar 
tarkibi  aniq, ular shuningdek, o„rganilayotgan omilllarning  erlar  meliorativ holati 
va ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini belgilash imkonini beradi. 
 
Sho„rlangan  erlarda  sho„r  yuvish  va  sug„orishga  ketgan  suv  sarfi 
hisoblanishi  shart.  Sho„r  yuvish,  shudgorlash  muddatlari,  chuqurligi,  va 
tehnologiyasi, qator oralariga ishlov berish unumdorligi turlicha bo„lgan fondlarni 
haydash, shuningdek, o„g„itlarning turli me‟yorlari bilan o„tkaziladigan tajribalarda 
suv hisobi variantlar bo„yicha alohida olib boriladi.  
 
Tajriba paykalini tavsiflash uchun tuproq tipi ko„rsatiladi, aeratsiya qatlami, 
mehanik  va  mikroagregat  tarkibi,  cheklangan  dala  nam  sig„imi,  zahob  yuza  va 
chuqur  bo„lganda,  tuproqning  hajm  va  solishtirma  og„irligi, suv  o„tkazuvchanligi 
va g„ovakligi aniqlanadi.  
 
Tajriba  o„tkazish dasturlariga  zahob sathi,  tuproqning  sho„rlanish  tartibi va 
namligini kuzatish kabilar kiritilishi shart. Kuzatishlar hajmi qo„yilgan vazifalarga 
bog„liqdir.  
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish