Chiqarish markazi


 TUPROQ AERATSIYA TUZLAR TO‘PLANISHIGA KO‘RA



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

 
11. TUPROQ AERATSIYA TUZLAR TO‘PLANISHIGA KO‘RA 
SIZOB SARFINI ANIQLASH 
 
Sizobning evopatranspiratsiga sarflanishini aniqlash bo„yicha keng tarqalgan 
va ko„pchilik qabul qilgan uslub lizimetrda olib boriladigan tajribalardir. 
 
Lizimetrik  tadqiqotlar  turli-tuman  tabiiy  sharoitlarni  modellashtirish, 
ulardagi  suv  iste‟moli  miqdorini  belgilovchi  zahob  sathi  va  sho„rlanish 
darajasining  ziroatlar  hosildorligiga  ta‟sirini,  tuproqning  suv-tuzlanish  tartibi  va 
boshqa  omillarni  batafsil  o„rganish  imkonini  beradi.  Ammo  bu  uslub  katta  sarfr-
harajat  va  mahsus  uskunani  talab  etadi.  Bundan  tashqari  ba‟zi  hollarda,  ayniqsa, 
tuproq  tuzilishi  buzilgan  lizimetrlarda  olingan  ma‟lumotlarga  ko„ra,  zahob  sarfi 
bunday  suvlarning  tabiiy  sharoitda  sarfiga  nisbatan  biroz  kamroq  bo„ladi.  Bunda 
lizimertda zahobning tabiiy bosimi yo„qligi ta‟siri seziladi. 


62 
 
 
G„o„za va makkajo„hori bilan band bo„lgan dalalarda suvning yalpi sarfini, 
shu  jumladan,  bug„langan  zahob  miqdorini  tuproq  aeratsiya  qatlamidagi  tuzlar 
to„planishiga  qarab  aniqlash  mumkin.  Buning  uchun  sug„orish  paykalidan  25-30 
m
2
 li 6 maydoncha tanlab olinadi. Ular quyidagi tarzdagi maydonchalardir: 
 
1.O„simliksiz yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfsiz). 
 
2.O„simlik bilan yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfi faqat taraspiratsiyaga). 
 
3.O„simlik  bilan  yopiq  va  sug„oriladi  (sug„orishda  namlik  sarfi  faqat 
transpiratsiyaga). 
 
4.O„simliksiz ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi bug„lanishga yaydoq yuzadan). 
 
5.O„simlik  bilan  ochiq,  sug„orilmaydi  (sug„orishsiz,  namlik  sarfi 
evapotranspiratsiyaga). 
 
6.O„simlik bilan ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). 
 
Maydonchalar  zovurlar  va  sug„orish  shahobchalari  ta‟siri  eng  kam  bo„lgan 
joydan tanlanadi. 
 
Birinchi  maydonchada  namlik  yo„qotilishini  va  ikkinchi,  uchunchi 
maydonchalarda namlik bug„lanishga sarflanishini bartaraf etish uchun yuza qism 
ikki qavat polietilin plyonka va 10 sm. tuproq bilan yopiladi. 
 
Maydonchalarni yon tomondan izloyasiya qilish maqsadida, ya‟ni namlik va 
tuzlarning  ichkari  (oqib  kelishi)  yoki  tashqi  (oqib  ketishi)  tomonga  harakatini 
bartaraf etish uchun har bir maydoncha atrofida zahob sathigacha aylanma chuqur 
kavlanadi.  Maydonchalar  yon  devorlari  ikki  qavatli  polietilen  plyonka  bilan 
yahshilab  qoplanadi.  Ayniqsa,  plyonkaning  ikkala  qavati  choklari,  shuningdek, 
maydoncha burchaklari ham yahshi bekitiladi. 
 
Yopiq  maydonchalarda  ekish  davrida  70h70  sm  tizimda  plyonka  chigit 
uchun  60h60  sm  va  makkajo„hori  doni  uchun  teshiklar  ochiladi.  Nihollar  olish 
uchun teshiklar pahta bilan vaqtincha bekitiladi. 
 
Tajriba  maydonchalari  atrofdagi  ziroatlar  sug„orilayotganda  tasodifan  suv 
kirib ketishining oldini olish uchun 30-40 sm.li marzalar bilan o„raladi. 
 
O„simlik  va  ularsiz,  sug„oriladigan  va  sug„orilmaydigan,  shuningdek, 
o„simlikli  yopiq,  sug„oriladigan  maydonlarda  barcha  agrotehnik  tadbirlar 
(sug„orish,  oziqlantirish,  qator  orasiga  ishlov  berish  va  begona  o„tlarni  chopiq 
qilish) bajariladi. Bu tadbirlarni o„tkazish muddati va ularning turi huddi atrofdagi 
ho„jalikdagi kabi. 
 
Yopiq  o„simlikli,  sug„oriladigan  va  sug„orilmaydigan  maydonchalarda 
o„g„itlarning yillik me‟yori ekishgacha (kuzgi shudgordan oldin va turoqqa ekish 
oldi ishlovi berishdan avvl) solinadi. 
 
O„simlikli  yopiq  maydonchada  sug„orish  uchun  (3-maydoncha)  qator 
orasida  plyonka  tilinib,  egat  qilinadi.  Sug„orish  tugagandan  keyin  tuproq  yuzasi 
yahshilab berkitiladi. 
Sug„orish  muddatldari  o„simlik  bargi  shirasining 
konsetratsiyasi  bo„yicha  qo„l  refraktometri  yordamida  belgilanadi,  me‟yorlari 
tuproqdagi  namlik  tahchilligidan  30  %  oshirib  belgilanadi.  Sug„orishda  suv  sarfi 
“Chippoletti” suv o„tkazgichi bilan amalga oshiriladi. 
 
Bahorda tajriba boshlashdan avval tuproq mehanik va mikroagregat tarkibi, 
namlik va solishtirma og„irlik, dala nam sig„imi namlik va tuz tarkibi har 0-10 va 
0-20 sm.da zahob sathigacha aniqlanadi. 


63 
 
 
Gumus  va  azot,  fosfor, kaliyning  yalpi va  harakatchan  shakllari haydov  (0-
30  sm)  va  haydov  osti  (30-50  sm)  qatlamlari  bo„yicha  belgilanadi.  Hajm  va 
solishtirma  og„irlik  ma‟lumotlari  asosida  tuproq  g„ovakligi  hisoblanadi.  Hajm 
og„irligi amal davri ohirda aniqlanadi. Hajm og„irligi qiymatlari asosida turoqning 
zichligi, tuzilishi tavsiflanadi. Hajm og„irligi qiymatlari shuningdek, namlik va tuz 
tarkibini % dan m
3
/ga va t/ga birliklarga o„tkazish uchun hm zarur. 
 
Namlik va tuz tarkibi barcha maydonchalar tuproqlarida amal davri boshida, 
g„o„za gullaganda yoki makkajo„hori, ro„vak chiqarganda, ko„sak ochilganda yoki 
makkajo„hori doni sut-mum pishishi va amal davri ohirida tahlil qilinadi. G„alladan 
keyin ekilgan dalalarda tegishli ko„rsatkichlar to„plashgacha, naychalashgacha, sut 
pishish  va  to„liq  pishish  davrilarida  aniqlash  muhimdir.  Tuproq  namunalari 
maydoncha  markazida  har  0-10  va  0-20  sm.  dan  zahob  yuzasigacha  uch 
takrorlanishda  olinadi.  Burg„ulangan  quduqdan  zahob  namunasi  olinadi.  Amal 
davri  boshi  va  ohirida  olingan  namunalarda  quruq  qoldiq,  Sℓ
1
,NSO
3
1
  va  SO
4
11

boshqa muddatlarda olinganlarida eng quruq qoldiq va Sℓ
1
 tahlil etiladi. 
 
Tajriba dasturiga ko„ra, namlik va tuz tarkibi amal davri boshida, keyin har 
oyda, shuningdek, har suv oldidan va undan keyin aniqlanadi. 
 
Ziroatli maydonchalarda o„sish va rivojlanish bo„yicha fenologik kuzatuvlar 
O„zPITI uslubi bo„yicha bajariladi. Ziroatlar hosildorligi (o„simliklar quruq vazni, 
pahta, g„alla-don hosili, makkajo„hori doni) hisoblanadi. 
 
O„simliklar  orqali  tuzlarning  olib  chiqib  ketilishini  hisoblash  uchun  quruq 
vaznli namunada quruq qoldiq, Sℓ va SO
4
 tarkibi tahlil qilinadi. 
 
Tajriba maydonida zahob sathini kuzatish uchun kuzatuv qudug„i o„rnatiladi. 
Zahob sathi har o„n kunda tuproq namunalari namlik va tuzlar tarkibi tahlili uchun 
olingan kunda o„lchanadi.  
 
Ma‟lumki,  suvda  eriydigan  tuzlar  namlikning  kapillyarlar  orqali  harakati 
jarayonida zahob sathidan yuqori qavatga (aeratsiya qatlami) olib chiqiladi. Ammo 
tuzlar tuproq qatlamida diffuziya jarayonida ham qayta taqsimlanadi.  
 
Tuzlar diffuziyasi jarayonini o„rganish uchun o„simliksiz yopiq maydoncha 
uslubi qo„llaniladi. Bunda tuproq namligi sarfi va namlikning yuqoriga qo„tarilishi 
ro„y bermaydi.  
 
Kapillyar  oqim  bilan  ko„tarilgan  tuz  miqdorini  aniqlash  uchun  2-6 
maydonchalarda ma‟lum vaqtda to„plangan jami tuz miqdoridan o„simliksiz yopiq 
maydonchada diffuziya jarayonida shu davrda to„plangan tuzlar miqdori ayiriladi.  
 
Hisob  quyidagicha  yuritiladi:  umumiy  tuzlarning  (quruq  qoldiq  bo„yicha) 
birinchi  maydondan  boshqalarida  to„plangan  miqdori  M  harfi  bilan,  birinchi 
maydonda diffuziya yo„li bilan to„plangan tuzlar miqdori Md bilan belgilanganda, 
farqi  Mk=M-Md  (kapillyar  oqim  bilan  aeratsiya  qatlamida  to„plangan  tuzlar 
miqdori).  
 
Endi  tuzlar  miqdori  (Mk)  va  hisob  davrida  zahobning  o„rtacha 
sho„rlanganligi (m) aniqlangan holda zahob sarfi (P) oson hisoblanadi.  
 
Shunday qilib,                 
.
/
3
га
м
m
Мk
П
    


64 
 
 
Yuqorida  qayd  etilgan  maydonchalarda  bajarilgan  tadqiqotlar  asosida 
quyidagilarni aniqlash mumkin: 
 
1.  G„o„za-g„alla  don  va  makkajo„hori  etishtirishda  evapotranspiratsiyaga 
sarflangan suvning yalpi miqdori; 
 
2. Zahob, yog„ingarchilik va tuproqdan suv sarfi
 
3.  Sug„orishda  va  sug„orishsiz  sharoitda  alohida  tuproq  yuzasidan  va 
o„simliklar transpiratsiyasiga suv sarfi
 
4.  O„simliklar  rivojlanish  pallalari  bo„yicha  suvning  tuproq  yuzasidan  va 
o„simliklar transpiratsiyasiga sarfining o„zaro nisbati; 
 
5. Diffuziya jarayonida tuzlar harakatining miqdoriy qiymatlari. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish