86
sug„orish zarurligi gullashgacha-barglarning kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi)
bilan, gullash-hosil tugish davrida esa gullash bo„g„inining almashishi bo„yicha
aniqlanadi.
Barglarning kuchsiz so‘lishi (turgorning kamayishi)ni aniqlash. Buning
uchun variantda dioganal bo„yicha 25-30 o„simlikli bo„lakchalar ajratilib, qoziqlar
bilan belgilab qo„yiladi. Bo„lakchalar soni barcha takrorlanishlar bo„yicha
o„simliklar soni 200-300 tupdan kam bo„lmasligini ta‟minlash kerak.
Sug„orish zarurligini bosh poya o„sishi nuqtasidan uchinchi bargning
kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) ko„rsatadi. Turgorni yo„qotgan barglar
hajmi ham biroz qisqaradi. Bu barglar barmoq bilan paypaslaganda yumshoqligi va
o„zagi sinmay, barmoqda oson o„ralishi bilan ajralib turadi.
Turgor pasayishini kuzatish kunning eng issiq payti, soat 2-3 (14-15)
oralig„ida o„tkaziladi. O„simliklardan 20% so„lishning dastlabki belgilari paydo
bo„lgani sug„orish o„tkazish zarurligini ko„rsatadi.
Bu ko„rsatkich bo„yicha sug„orish muddatini yanada
aniqroq belgilash uchun
o„simliklar bargining turgor holati ertalab (soat 7-8 da) kuzatiladi. Ertalabki va
kunduzgi kuzatuvlar natijalarini qiyoslash sug„orish zarurligini aniqlab beradi.
Gullash bo‘g‘inining o‘zgaruvchan balandligi bo‘yicha sug‘orish muddatini
belgilash. Bu usul poya o„sishning, yangi meva shohlari paydo bo„lishi va
gullashning qisqa navbati o„tishi sur‟atlari qonuniyatlarini hisoblashga asoslangan.
Aniqlanishicha, g„o„za meva tuga boshlaganidan uzoqlashgani sari bosh
poya o„sishi va yangi hosil shohlari paydo bo„lishi sur‟atlari gullashning qisqa
navbatlari o„tishiga nisbatan jadal susayadi. Gullash boshlanishdan qancha ko„p
uzoqlashsa, yuqorigi gul o„sish nuqtasiga shuncha yaqinlashadi.
Gullash bo„g„ini balandligi deb bosh poya o„sish nuqtasidan yuqorida-
birinchi hosil shohining birinchi o„rnida gul paydo bo„lgan shoh ataladi. Masalan,
gullash bo„g„ini balandligi 9,0 bo„lsa, demak, bosh poya o„sish nuqtasi pastida 9-
hosil shohining birinchi o„rnida gul bor, ya‟ni bu 9 bo„g„in oralig„i demakdir.
Gullash pallasida sug„orishdan avval tajriba paykalining har takrorlanishida
dioganal bo„yicha har birida 50-100 o„simlik bo„lgan ikki bo„lakcha ajratilib,
qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi.
Gullash davrida birinchi suv 15-30% gullagan o„simlik bo„lganda beriladi.
Bunda gullayotgan o„simliklarning o„rtacha bo„g„ini balandligi aniqlanib, dala
daftariga yozib qo„yiladi, bu dastlabki hisob bo„ladi.
Undan keyingi sug„orishni shunday o„tkazish kerakki, bunda o„simliklar rivoji
bosh poya o„sishida hosil shohlari paydo bo„lishi va g„o„za gullash qisqa navbatida
aniq marom bo„lishiga erishish mumkin bo„lsin.
Tajribalar asosida O„zPITIda quyidagi gullash bo„g„ini balandligining
pasayishi ko„rsatkichlari aniqlangan:
a) gullash boshidan iyulning uchinchi 10 kunligigacha har suvda 0,5-0,7
bo„g„inga;
b) iyulning uchinchi 10 kunligidan avgustning uchinchi 10 kunligigacha har
suvda 0,8-1,0 bo„g„inga;
v) keyingi davrda-avgustning ikkinchi 10 kunligidan ko„sak ochilguncha-
1,1-1,3 bo„g„inga ega bo„ladi.
87
Barglarning so‘rish kuchi bo‘yicha sug‘orish moddatlarini belgilash.
O„simliklar bargining so„rish kuchi ularning sug„orish tartibi ko„rsatkichi
hisoblanadi. Undan sugorish muddatlarini belgilashda foydalanish mumkin.
O„simliklar suv bilan maromida ta‟minlanganda so„rish kuchi kam bo„ladi,
aksincha, tuproqda namlik etishmaganda u ko„tariladi. Tuproq namligidan tashqari
so„rish kuchiga barglarning o„simlikdagi joyi (bir o„simlikdagi pastki va yuqorgi
yarusdagi barglar turlicha so„rish kuchiga ega), transpiratsiyani tezlatuvchi yoki
susaytiruvchi tashqi sharoit (bulut, shamol, havo namligi va h.k.) ta‟sir qiladi.
So„rish kuchi atmosferada ifodalanadi. O„simlikning sug„orishga bo„lgan
talabi so„rish kuchining gullashgacha 11-12 atmosferagacha, gullash-hosil tugishda
13-14 atm. gacha, pishishda 15-16 atm. gacha ko„tarilishi bilan belgilanadi.
Sho„rlangan yerlarda so„rish kuchi qiymati tahminan 2 atm. ga yuqori bo„lishi
kerak. Barglar so„rish kuchini aniqlash uchun uni qandning ma‟lum so„rish
kuchiga ega bo„lgan suvdagi eritmasi bilan solishtiriladi. Bu, oqim usuli, deb
nomlanib, uni aniqlash uchun yashik-shtativ, probirkalar, shisha naychalar, po„kak
teshuvchi 5-6 mm diametri burgu va yahshi tozalangan shakar zarur. Dastlabki
eritma 34,23 g rafinad qandi yoki shakar suvda (distillangan yoki oddiy qaynatilib
loyqadan suzib tozalangan suv) eritilib 100sm
3
gacha hajmga etkaziladi. So„rish
kuchi 22,4 atmosferaga teng bo„lgan dastlabki eritmadan suv bilan suyultirilib,
ishchi eritma tayyorlanadi. (16.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: