Chiqarish markazi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

16.1-jadval 
So‘rish kuchini aniqlash uchun eritma tayyorlash 
G„o„zaning amal 
davri 
Hajm, sm
3
 
So„rish kuchi, 
atm. 
dastlabki eritma 
suv 
Gullashgacha 
50 
50 
11,2 
-/- 
55 
45 
12,3 
Gullashda 
60 
40 
13,4 
-/- 
65 
35 
14,6 
Pishishda 
70 
30 
15,7 
-/- 
75 
20 
16,8 
 
 
 
So„rish  kuchini  aniqlanashdan  avval  ikkita  quruq  probirkagaga  ishchi 
eritmadan  har  bir  variant  uchun  5-6  sm
3
;  muddati  gullashgacha  aniqlanayotgan 
bo„lsa,  bir  probirkaga  osmatik  bosimi  11,2  atm,  ikkinchisiga-12,3  atmosferali 
eritma, boshqa probirkaga shu eritmadan 0,5sm
3
 olinadi. 
 
Probirkalar  po„kaklar  bilan  zich  qilib  bekitiladi.  Dalada  g„o„zaninig  o„sish 
nuqtasidan  maromida  rivojlangan  pastki  uchinchi  bargdan  po„kak  teshadigan 
burg„ucha yordamida o„rta qismi tomirlari orasidan namuna (visechka) olinadi va 
0,5sm
3
 eritmali probirkaga 8-10 dona solinadi. Namuna har tupdan bittadan, soya 
tushmagan  shu  variant  uchun  tipik  bargdan  olinadi.  Namunalar  solingan  probirka 
pukagi  qisqa  muddatga  namunalar  solish  uchun  ochiladi  va  tezda  mahkam 
bekitiladi. 
 
20  minutdan  keyin  namuna  solingan  probirkadan  shisha  naycha  orqali 
ozgina  eritma  solinib,  eritmali  katta  probirkaga  (5-5  sm
3
  bo„lgan)  tomiziladi. 
Bunda  suyuqlikdagi  oqimcha  kuzatiladi:  u  yuqoriga  ko„tarilsa,  barglar 


88 
 
(namunalarda) so„rish kuchi eritma konsentratsiyasidan ko„proq. Uchinchi holatda 
oqimcha  tomizilgan  joyda  qimirlamay  qolsa,  bu  barglar  so„rish  kuchi  va  eritma 
konsenratsiya bir hil ekanidan dalolat. 
 
Misol. So„rish kuchini 20iyunda (gullashgacha ) aniqlash uchun 0,5 va 0,55 
konsentratsiyali  eritmalar  olinadi.  Birinchi  probirka  (0,5)da  oqimcha  pastga, 
ikkinchisidan  (0,55)  yuqoriga  ko„tariladi.  Demak,  so„rish  kuchi  11,2  atm.  dan 
ko„proq  va  12,3  atm.  dan  kamroq,  ya‟ni  sug„orish  kerak  bo„ladi.  Agar  oqimcha 
birinchi  probirkada  yuqoriga  ko„tarilsa,  barglar  etarlicha  suvga  ega  va  sug„orish 
talab etilmaydi, chunki surish kuchi 11,2 atm. dan past. 
 
Oqimcha  aniqrok  ko„rinish  uchun  namunalar  solingan  probirkaga  siyoh 
kukunidan ozgina solinadi. 
 
Namunalar soat 1-3 oralig„ida, ochiq, bulutsiz kuni olinishi zarur. 
 
Sug‘orish  muddatini  o‘simlikning  to‘qima  shirasi  konsentratsiya  bo‘yicha 
aniqlash.  Ob-havo  ta‟sirini  kor  qilmaydigan,  sug„orish  muddatini  aniqlaydigan 
soddaroq  usul  baglar  hujayra  shirasi  kotsentratsiyasidir.  (HSHK).  HSHK  dalada 
dastlabki  refraktometr  yordamida  aniqlanadi.  Bu  refraktometr  asosan  mevalar, 
qand lavlagi va b.k. o„simliklardagi qand miqdorini aniqlashda ishlatilatilgan. 
 
Har bir variantda g„o„za o„sish nuqtasida uchinchi yahshi rivojlangan 9 barg 
alyumin stakanlarga olinadi. Stakanlar bir necha tomchi toluol tomiziladi. Bu barg 
shirasini  siqib  olishni  yengillashtiradi.  Undan  tashqari  toluol  to„ldirilgan  barg 
shirasi tiniqroq bo„lib, refraktomer shkalasi bo„yicha hisobni osonlashtiradi. 
 
Shundan so„ng mahsus qiskich yordamida bargdan shira chiqarilib, bir necha 
tomchisi  refraktomer  prizmasiga  tomiziladi,  prizmalar  yopilib,  asbob  okulyari 
orqali kuzatilib, shkala bo„yicha quruq modda tarkibi aniqlanadi. 
 
Toshkent  viloyati  tipik  bo„z  tuproqlarda  SoyuzNIHI  Markaziy  tajriba 
ho„jaligida  «108-F»  go„za  navining  suvga  bo„lgan  talabi  gullashga  qadar  HSHK 
8%  gacha, gullash-hosil  tugish  davrida-10%,  ko„sak  ochlishida-10%  gacha  etishi, 
bu namlik uning CHDNSga nisbatan 70-70-60% iga mos keladi. 
 
Boshqa hududlarda, navlarda HSHKning maqbul qiymati bo„lakcha bo„lishi 
mumkin. 
 
Tuproqning  hajm  massasi  va  umumiy  govakligini  aniklash.  Hajm  massasi 
tuproq  qatlamlarining  zichlashib  tahlanganligini  tavsiflaydi.  Hajm  massasini 
aniqlash  tuproq  qatlamlaridagi  suvning  mutloq  (absolyut)  zahirasi  va  oziqa 
moddalarini  hisoblash  uchun  zarurdir.  Bu  tadbir  shuningdek,  termik,  havo 
mikrobiologik jarayonlarni belgilaydi. 
 
Buning  uchun  turli  balandlik  va  hajmdagi  metall  silindir  ishlatiladi.  Bunda 
balandligi  10sm,  hajmi  1000sm3  li  silindirlarni  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir. 
Silindir tuproqqa yog`och to„kmoq bilan urib, avaylab kiritiladi. Bunda tuproqning 
tabiiy tahlanishini o„zgartirmaslikka harakat qilish zarur. Silindir atroflarini pichok 
bilan  kesib,  tuproqdan  chiqarilib  olinadi,  tagi  va  usti  pichokda  silindir  qirg`og`i 
bilan bir tekis qilib silliqlanadi, tortiladi. Shu tuproq vaznini (R), silindir  hajmiga 
(V) taqsimlanish hajm massasini (a) beradi: 
α=R/V. 


89 
 
 
Hajm massasi namlik olinadigan qatlamlarda, ya‟ni har 10sm. dan 100 yoki 
150  sm.gacha  aniqlanadi.  Haydov  va  haydov  osti  qatlamlarida  tahminan  40sm. 
chuqurlikkacha  hajm  og`irligi  amal  davrida  bir  necha  marta  aniqlanadi,  chunki 
haydov  qatlami  amal  davrida  turli  omillar  ta‟sirida  ancha  o„zgaradi.  Hajm 
massasini namlikka namuna olish bilan birga aniqlash yetarlidir. 
 
Haydov  qatlami  hajm  massasini  aniqlayotganda  traktor  g`ildiragining 
zichlashtiruvchi ta‟sirini hisobga olish uchun oldingi, keyingi g`ildirak o„tgan egat 
oraligida  va  gildirak  yurmagan  qatorda  ham,  zarur  bo„lsa, pushtada  ham  aniqlash 
kerak. 
 
Haydov  qatlamida  silindir  tik  urilib,  namuna  olinadi,  takrorlanishi  5  karra 
bo„ladi. 
 
20  dan  100sm.  gacha  chuqurlikda  silindir  chuqur  devoriga  urib,  namuna 
olinadi, takroriyligi 3 karrani tashkil etadi. 
 
Haydov  qatlami  hajm  og`irligi  1,1  dan  1,45g/sm3  gacha,  haydov  osti 
katlamida 1,35 dan 1,65g/sm3 gacha o„zgaradi. 
 
Tuproq  g`ovakligi  hajm  massasi  va  solishtirma  ogirlik  birliklari  asosida 
hisoblanadi: 
A=100- α∙100/2,70 
 
Bunda A-govakli, %;  
 
a- hajm ogirligi yoki tuproq zichligi; 
 
2,70- bo„z tuproqlarning o„rtacha solishtirma hajmi. 
 
O„tloq–bo„z  tuproqlar  solishtirma  og`irligi  (organik  modda  mo„l  bo„lgan) 
tahminan 2,50-2,60g/sm3 ga teng. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish