Tajriba uchun dala tanlash. Tajriba o„tkaziladigan dala joy uchun tipik,
tuprog`i bir hil va yahshi tekislangan bo„lishi kerak. Tajriba qo„yishdan avval
tuproqning mehanik tarkibi, agrokimyoviy hususiyatlari va dalaning kamida ohirigi
3 yildagi ho„jalik tarihi belgilanadi.
O„zPITIda olib borilgan ko„p yillik tajribalar natijalari dalolat berishicha,
tuproq orqali ta‟sir etivchi gerbitsidlar sepilgan dalalarda begona o„tlar kamayib,
botanik tarkibi, o„zgaradi. Shu sababli yangi preparatlarni sinash uchun yangi dala
tanlash zarur. Gerbitsidlarni uzoq muddat qo„llash yoki ularni almashtirib solish
bo„yicha tajribalar uchun kattaroq dala tanlanib, 1-2-3 yilgi variantlar bo„lishi,
unda doimo gerbitsid sepilmaydigan nazorat varianti ham bo„lishi zarur.
Tajriba variantlari. Maqsadlari va vazifalariga ko„ra, tajriba tizimiga turli
masalalar (yangi, istiqbolli preparatlarni tanlash, gerbitsidlarni almashlab ekishda,
tuproqqa turli ishlov berish tehnologiyalari, ma‟dan o„gitlarning har hil turlari va
me‟yorlari, shuningdek, mahalliy o„g`itlarning turli me‟yorlari qo„llangan
sharoitda solish) kiritilish lozim.
Ko„pchilik gerbitsidlar (dalapon, reflan, prometrin va b.k.) tuproqqa
ilosolinib, ildiz orqali o„simlikka o„tadi, bir qismi esa amal davrida sepilib, barglar
orqali ta‟sir qilinadi. Ikki holda ham ularning kirishini, harakatini, o„simlikdagi va
tuproqdagi kimyoviy moddalar o„zgarishga, hosilga ta‟sirini o„rganish darkor.
Qiyoslanayotgan variantlar asoasan quyidagilarni aniqlashga imkon berishi
kerak: o„rganilayotgan usullarnig begoan o„tlar nufuziga dastlabki va keyingi
ta‟siri; dala fitotsenozining o„zgarishi; gerbitsidlarning pahta, g`alla va boshqa
ekinlar hosili va hosil sifatiga ta‟siri; gerbitsidlarning o„simliklar va tuproqda
to„planish sur‟ati, migratsiyasi va detoksikatsiyasi; gerbitsidlarning atorf-muhitga
ta‟siri; o„rganilayotgan usullarning iqtisodiy samaradorligi.
Yangi, yuqori ta‟sirchan gerbitsidlarni tanlash maqsadida o„tkazilayotgan
tajriba ularni sepishning 2-3 me‟yori, turli usullari va muddatlari o„rganilishi zarur.
Tajriba tizimiga, albatta, nazorat varianti kiritilishi zarur. Chunki preparatlar
ta‟sirchanligi nisbatan belgilanadi. Unga gerbitsid solinmaydi, chopiq, qator
oralariga ishlov berish o„tkaziladi.
Tajribada barcha variantlar bo„yicha ishlar qisqa muddatlarda (1-2 kun), bir
hil sharoitda, yuqori agrotehnik darajada sifatli o„tkazilishi shart.
Gerbitsidlar qo„llanilayotgan almashlab yoki navbatlab ekishlar shu sharoit uchun
tipik bo„lishi, ular ziroatlarga va atrof-muhitga salbiy ta‟sir etmasligi zarur. Tajriba
variantlari, qo„llanilayotgan preparatlar butun rotatsiya uchun yagona bo„lishi
kerak, rotatsiya orasida yangi gerbitsidlar yoki variantlar kiritish man etiladi.
Meteorologik omillar ta‟sirini to„liq qamrash uchun tajriba 3-4 yil davomida
o„tkazilishi, bunda faqat sinovdan o„tkazilgan gerbitsidlarni qo„llash zarur.
Variantlar o‘lchami o„rganilayotgan usulga bog`liq. Har bir variant yangi
gerbitsidlar tanlash uchun 50 m
2
dan 100 m
2
gacha, boshqa tajribalarda 100-400m
2
qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishda variant maydoni 1 gektargacha yetishi
mumkin. Kichik variantlar kengligi seyalkaning bir yurishiga teng bo„lib, shundan
2 o„rta qatori hisoblidir. Boshqa tajribalarda variant kengligi seyalkaning ikki va
undan ham ko„p o„tishiga teng bo„ladi. Shunga mos holda himoya va hisobli
qatorlar soni ham ortadi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |