16.1-jadval
So‘rish kuchini aniqlash uchun eritma tayyorlash
G„o„zaning amal
davri
Hajm, sm
3
So„rish kuchi,
atm.
dastlabki eritma
suv
Gullashgacha
50
50
11,2
-/-
55
45
12,3
Gullashda
60
40
13,4
-/-
65
35
14,6
Pishishda
70
30
15,7
-/-
75
20
16,8
So„rish kuchini aniqlanashdan avval ikkita quruq probirkagaga ishchi
eritmadan har bir variant uchun 5-6 sm
3
; muddati gullashgacha aniqlanayotgan
bo„lsa, bir probirkaga osmatik bosimi 11,2 atm, ikkinchisiga-12,3 atmosferali
eritma, boshqa probirkaga shu eritmadan 0,5sm
3
olinadi.
Probirkalar po„kaklar bilan zich qilib bekitiladi. Dalada g„o„zaninig o„sish
nuqtasidan maromida rivojlangan pastki uchinchi bargdan po„kak teshadigan
burg„ucha yordamida o„rta qismi tomirlari orasidan namuna (visechka) olinadi va
0,5sm
3
eritmali probirkaga 8-10 dona solinadi. Namuna har tupdan bittadan, soya
tushmagan shu variant uchun tipik bargdan olinadi. Namunalar solingan probirka
pukagi qisqa muddatga namunalar solish uchun ochiladi va tezda mahkam
bekitiladi.
20 minutdan keyin namuna solingan probirkadan shisha naycha orqali
ozgina eritma solinib, eritmali katta probirkaga (5-5 sm
3
bo„lgan) tomiziladi.
Bunda suyuqlikdagi oqimcha kuzatiladi: u yuqoriga ko„tarilsa, barglar
88
(namunalarda) so„rish kuchi eritma konsentratsiyasidan ko„proq. Uchinchi holatda
oqimcha tomizilgan joyda qimirlamay qolsa, bu barglar so„rish kuchi va eritma
konsenratsiya bir hil ekanidan dalolat.
Misol. So„rish kuchini 20iyunda (gullashgacha ) aniqlash uchun 0,5 va 0,55
konsentratsiyali eritmalar olinadi. Birinchi probirka (0,5)da oqimcha pastga,
ikkinchisidan (0,55) yuqoriga ko„tariladi. Demak, so„rish kuchi 11,2 atm. dan
ko„proq va 12,3 atm. dan kamroq, ya‟ni sug„orish kerak bo„ladi. Agar oqimcha
birinchi probirkada yuqoriga ko„tarilsa, barglar etarlicha suvga ega va sug„orish
talab etilmaydi, chunki surish kuchi 11,2 atm. dan past.
Oqimcha aniqrok ko„rinish uchun namunalar solingan probirkaga siyoh
kukunidan ozgina solinadi.
Namunalar soat 1-3 oralig„ida, ochiq, bulutsiz kuni olinishi zarur.
Sug‘orish muddatini o‘simlikning to‘qima shirasi konsentratsiya bo‘yicha
aniqlash.
Ob-havo ta‟sirini kor qilmaydigan, sug„orish muddatini aniqlaydigan
soddaroq usul baglar hujayra shirasi kotsentratsiyasidir. (HSHK). HSHK dalada
dastlabki refraktometr yordamida aniqlanadi. Bu refraktometr asosan mevalar,
qand lavlagi va b.k. o„simliklardagi qand miqdorini aniqlashda ishlatilatilgan.
Har bir variantda g„o„za o„sish nuqtasida uchinchi yahshi rivojlangan 9 barg
alyumin stakanlarga olinadi. Stakanlar bir necha tomchi toluol tomiziladi. Bu barg
shirasini siqib olishni yengillashtiradi. Undan tashqari toluol to„ldirilgan barg
shirasi tiniqroq bo„lib, refraktomer shkalasi bo„yicha hisobni osonlashtiradi.
Shundan so„ng mahsus qiskich yordamida bargdan shira chiqarilib, bir necha
tomchisi refraktomer prizmasiga tomiziladi, prizmalar yopilib, asbob okulyari
orqali kuzatilib, shkala bo„yicha quruq modda tarkibi aniqlanadi.
Toshkent viloyati tipik bo„z tuproqlarda SoyuzNIHI Markaziy tajriba
ho„jaligida «108-F» go„za navining suvga bo„lgan talabi gullashga qadar HSHK
8% gacha, gullash-hosil tugish davrida-10%, ko„sak ochlishida-10% gacha etishi,
bu namlik uning CHDNSga nisbatan 70-70-60% iga mos keladi.
Boshqa hududlarda, navlarda HSHKning maqbul qiymati bo„lakcha bo„lishi
mumkin.
Tuproqning hajm massasi va umumiy govakligini aniklash.
Hajm massasi
tuproq qatlamlarining zichlashib tahlanganligini tavsiflaydi. Hajm massasini
aniqlash tuproq qatlamlaridagi suvning mutloq (absolyut) zahirasi va oziqa
moddalarini hisoblash uchun zarurdir. Bu tadbir shuningdek, termik, havo
mikrobiologik jarayonlarni belgilaydi.
Buning uchun turli balandlik va hajmdagi metall silindir ishlatiladi. Bunda
balandligi 10sm, hajmi 1000sm3 li silindirlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Silindir tuproqqa yog`och to„kmoq bilan urib, avaylab kiritiladi. Bunda tuproqning
tabiiy tahlanishini o„zgartirmaslikka harakat qilish zarur. Silindir atroflarini pichok
bilan kesib, tuproqdan chiqarilib olinadi, tagi va usti pichokda silindir qirg`og`i
bilan bir tekis qilib silliqlanadi, tortiladi. Shu tuproq vaznini (R), silindir hajmiga
(V) taqsimlanish hajm massasini (a) beradi:
α=R/V.
89
Hajm massasi namlik olinadigan qatlamlarda, ya‟ni har 10sm. dan 100 yoki
150 sm.gacha aniqlanadi. Haydov va haydov osti qatlamlarida tahminan 40sm.
chuqurlikkacha hajm og`irligi amal davrida bir necha marta aniqlanadi, chunki
haydov qatlami amal davrida turli omillar ta‟sirida ancha o„zgaradi. Hajm
massasini namlikka namuna olish bilan birga aniqlash yetarlidir.
Haydov qatlami hajm massasini aniqlayotganda traktor g`ildiragining
zichlashtiruvchi ta‟sirini hisobga olish uchun oldingi, keyingi g`ildirak o„tgan egat
oraligida va gildirak yurmagan qatorda ham, zarur bo„lsa, pushtada ham aniqlash
kerak.
Haydov qatlamida silindir tik urilib, namuna olinadi, takrorlanishi 5 karra
bo„ladi.
20 dan 100sm. gacha chuqurlikda silindir chuqur devoriga urib, namuna
olinadi, takroriyligi 3 karrani tashkil etadi.
Haydov qatlami hajm og`irligi 1,1 dan 1,45g/sm3 gacha, haydov osti
katlamida 1,35 dan 1,65g/sm3 gacha o„zgaradi.
Tuproq g`ovakligi hajm massasi va solishtirma ogirlik birliklari asosida
hisoblanadi:
A=100- α∙100/2,70
Bunda A-govakli, %;
a- hajm ogirligi yoki tuproq zichligi;
2,70- bo„z tuproqlarning o„rtacha solishtirma hajmi.
O„tloq–bo„z tuproqlar solishtirma og`irligi (organik modda mo„l bo„lgan)
tahminan 2,50-2,60g/sm3 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |