94
Egatlar va bo„yicha sug„orishda eng muhim suv qo„yish tehnikasi
elementlari (egat va bo„lakchalar uzunligi, egat yoki bo„lakchaga beriladigan oqim
miqdori va sug„orish davomiyligi)ni to„g„ri tanlash lozim.
Bunda er qiyaligi va relef, tuproqning suv o„tkazuvchanligi, egatlar
kengligiga va b.q.lar (17.1-jadval) e‟tiborga olinadi.
Egatlar bo„yicha suv doimiy va o„zgaruvchan oqim bilan beriladi. Doimiy
oqimda sug„oriladigan egatdagi suv miqdori boshidan ohirigacha o„zgarmaydi. U
nishablik darajasi past erlarda qo„llaniladi. Nishabligi o„rtacha paykallarda birzo
oqava chiqadi, agar
suv oqimi miqdori kamaytirilsa, uni bartaraf qilish mumkin.
Bunday paykallarda sug„orishni doimiy va o„zgaruvchan oqim bilan
o„tkazgan ma‟qul.
Nishablik darajasi yuqori paykallarda avval doimiy katta oqimda suv quyish,
suv egat ohiriga etganda oqimni 2-3 baravar kamaytirib,o„zgaruvchan oqimga
o„tish zarur.
Egiluvchan, yarimqattiq, qattiq, quvurlar orqali sug`oriladigan
suv hajm
usulida o„lchanadi: suv chiqaruvchi klapan yoki teshikka menzurka, banka yoki
biror o„lchagich idish qo„yiladi, u to„lguncha o„tgan vak sekundometrda
hisoblanadi. Suv oqimi (yoki oqimlari) 5-10 marta o„lchanadi.
Suv chiqargichlardan o„rtacha suv sarfi quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi:
q
er
═ Σq
ci
/n,
bunda: Σq
ci
– suv chiqargichdan chiqqan suv sarfi yig`indisi;
n-o„lchashlar soni.
Sug`orish quvurlaridagi umumiiy suv sarfi suv chiqargichlar bo„yicha
o„rtacha safr suv chiqargichlar soniga ko„paytirilgach, olingan natijaga teng.
Sug`orish quvurlaridagi umumiy suv sarfini esa suv o„lchagich hisoblagichlar va
suv o„lchagichlar yordamida belgilash mumkin.
Maqbul suv oqimini belgilash uchun avval
egatning maqbul uzunligi
aniqlanadi, chunki ular bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.
17.1-jadval
Paykallarning nishabligi va tuproqlar suv o„kazuvchanligiga qarab, egatlarning
tahminiy uzunligi va egatga beriladigan suv oqimi
Nishablik
Tuproqning
suv
utkazuv-
chanligi
Tegishli oraliqdagi (m)
egat uzunligi, m
Tegishli kenglikdagi (m) har
egatga
beriladigan
suv
oqimi, l/s
0,6
0,9
0,6
0,9
Yuqori
darajasi,
>0.007
past
120-150
-
0,1-0,2
-
O„rtacha, 0,003-0,007
past
110-120
-
0,2-0,4
-
Past, <0,003
past
100-110
200-250
0,4-0,6
0,6-0,8
Yuqori, >0,007
urtacha
110-120
-
0,2-0,3
-
O„rtacha, 0,003-0,007
urtacha
100-110
-
0,3-0,4
-
Past, <0,003
urtacha
80-100
170-220
0,4-0,6
0,8-1,0
Yuqori, >0,007
yukori
80-100
-
0,3-0,4
-
O„rtacha, 0,003-0,007
yukori
60-70
-
0,4-0,6
-
Past, <0,003
yukori
50-60
150-200
0,7-0,8
1,2-1,5