16.1.-chizma.
Turli sug„orish tartibida o„g„itlar me‟yorlari o„rganilayotganda
variantlarning joylashtirilishi.
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
I-Takrorlanish
II-Takrorlanish
III-Takrorlanish
IV-Takrorlanish
162.2.-chizma.
G„o„zaning yangi itiqbolli navlari turli sug„orish tartiblarida o„rganilganda
variantlarning joylashtirilishi.
Takrorlanish va variantlarning joylashishi.
Sug„orish bo„yicha tajribalarda
variantlar takrorlanishi 4 karralidir. Ishlab chiqarish tajribalari takrorlanishi 2
karrali bo„lib, tajribalar 2-3 paykalda o„tkaziladi.
Qator oraliriga ishlov berishni menizatsiyalash va hosilni yig„ishni
qulaylashtirish uchun variantlar bir yarusda joylashtirilishi zarur. Ayniqsa, ishlab
chiqarish tajribalarida variantlarning bir necha yarusda joylashishi mashinalar
qaytarilishida o„simliklarni bosib, yanchib o„tishiga, natijada hosil kamayishiga
olib keladi.
Sug‘orish bilan o‘tkaziladigan tajribalarda bir yo‘la bajariladigan
agrotehnik tadbirlarni hisobga olish.
Sug„orish bilan o„tkaziladigan tajribalarda
83
sug„orish suvlari soni, ularning muddatlari, amal suvi mavsumiy sug„orish
me‟yorlari bo„yicha farqlanuvchi variantlar bo„lishi mumkin. Bu holda g„o„zani
parvarishlashda bajariladigan agrotehnik tadbirlarning amalga oshirilishiga alohida
e‟tibor berish va ularni sug„orish bilan birga olib borilishi zarur.
Har bir variantda o„simliklarning maqbul o„sishi, rivojlanishi va hosil
to„plashi uchun sharoit yaratishi kerak.
Sug‘orishni qator oralariga ishlov bilan birga o‘tkazish.
Tuproqni g„ovak
holda va begona o„tlardan toza tutish unda namlik saqlanishi va suvdan tejamli
foydalanilishini ta‟minlaydi. Bunga qator oralariga ishlov berish va chopiq qilish
bilan erishiladi.
Qator oralariga birinchi ishlov berish nihollar ko„ringach, sug„orish
boshlanguncha barcha variantlar o„tkaziladi.
Ikkinchi va undan keyin ishlovlar tuproq obi-tobiga kelganda har variantda
alohida bajariladi. Qancha suv berilsa, kultivatsiyalar ham shuncha o„tkaziladi.
Chopiqlar soni va muddatlari barcha variantlar uchun bir hil bo„ladi.
Sug‘orishni o‘g‘itlash bilan qo‘shib o‘tkazish.
Pahta hosili va uning
shakllanishi sur‟atlariga o„g„itlar va ularni solish muddatlari sezilarli ta‟sir etadi.
SHuning uchun sug„orish bo„yicha tajribalarda o„g„itlar barcha variantlarda bir
muddatda solinishi kerak.
O„g„itlar sug„orish tartibi bilan majmui o„rganilgandan tajribalarda o„g„itli
variantlar sug„oriladigan variantlar ustiga tushishi, ya‟ni sug„oriladigan variant o„z
ichiga bir necha o„g„itlar bo„yicha variantlarni olishi kerak. Bu sug„orish va undan
keyingi ishlovlarni osonlashtirish uchun qilinadi.
O„g„itlarning umumiy me‟yori mo„ljallangan hosiliga qarab hisoblanadi.
Oziqa moddalar nisbati mavjud yo„riqnomalar asosida belgilanadi.
G‘o‘zani sug‘orish muddatlari.
Sug„orish tartibi va suv qo„yish tehnikasini
ishlab chiqish uchun sug„orish soni va muddatlari har variant uchun o„simliklar
talabi asosida belgilanishi kerak.
Ko„p yillik tadqiqotlar natijasida o„simliklar suvga bo„lgan talabini
belgilaydigan tuproq namligi, bargning so„rish kuchi, o„simlik shirasining
konsentratsiyasi, o„simliklar rivojlanishining tashqi belgilari va b.q. ko„rsatkichlar
ishlab chiqilgan.
Bu ko„rsatkichlardan tuproq-iqlim zahob sho„rlanganligi va joylashish
chuqurligi turlicha sharoitlarda g„o„zaning maqbul sug„orish tartiblarini,
navlarning sug„orish tartibini, shuningdek, sug„orish tartiblarini o„g„itlash bilan
birgalikda, tup qalinligi va boshqa omillarni o„rganishda foydalaniladi. Ular
g„o„zaning yuqori hosil berish bo„yicha potensional imkoniyatlarini, shuningdek,
amal davridagi turli pallalarda o„simliklarning suv tanqisligiga munosabati
namoyon etilishiga va suv tanqisligida hosil yo„qotilishining oldini olish choralari
ishlab chiqilishga imkon beradi.
G‘o‘zani tuproq namligi bo‘yicha sug‘orish.
G„o„zaning sug„orish
muddatini tuproq namligi bo„yicha belgilash eng ishonchli uslublaridan
hisoblanadi.
84
Pahtadan yuqori hosil olish uchun tuproqda o„simlik o„zlashtira oladigan
doimiy namlik bo„lishi kerak va unda maqbul namlik darajasi ta‟minlanishi zarur.
Ammo tuproqdagi namlik hamma vaqt ham o„simliklar o„zlashtira oladigan
holatda bo„lmaydi. Masalan, bir hil namlikda (12%) qumuq tuproqdagi o„simlikda
namlik tanqisligi seziladi, qumloq tuproqda esa, shu namlik o„simlik uchun maqbul
ko„rsatkichga yaqin bo„ladi.
Shuning uchun tuproq namligi o„simlik o„lashtira olishini ko„rsatuvchi
nisbiy qiymatlarida ifodalanadi. Bunday birlik cheklangan dala nam sig„imi
(CHDNS)ga nisbatan foizlarda hisoblangan namlikdir. CHDNS tuproq tuzilishi va
mehanik tarkibiga ko„ra, keskin o„zgaradi. Qumli tuproqlarda bu tuproq vazniga
nisbatan 10-11%, og„ir soz tuproqlarda esa, 20-27% ga teng bo„ladi. Ushbu
ko„rsatkich o„simlik o„zlashtira oladigan namlikning pastki chegarasi deb atalib,
undan kam namlikda o„simlikda suv tanqisligi alomatlari, ya‟ni o„sishdan to„htash,
hosil tugunchalarining to„kilishi, eng issiq paytda barglar turgorining yo„qolishi va
h.k. namoyon bo„ladi. Maqbul tuproq namligining pastki chegarasi hisoblangan bu
ko„rsatkich o„simlikda suvga ehtiyoji paydo bo„lganini bildiradi, sug„orish muddati
kelganidan dalolat beradi. Bu birlik CHDNSga nisbatan foizda ifodalanadi, turli
tuproqlarda har hil qiymatga ega. Masalan, g„o„za gullashigacha va gullash-hosil
tugish pallasida u 65 dan 75% gacha o„zgaradi. Faqat ko„sak ochilgan paytdagina
namlik 55-60 gacha kamaytirilishi mumkin.
Tuproq maqbul namligining pastki chegarasini turli tuproq-iqlim
sharoitlarida rivojlanish davrlariga qarab, har hil namlikni talab qiladi. Shuning
uchun har bir navga mos maqbul namlik tizimini ishlab chiqish maqsadida turli
variantlar sinab ko„riladi: CHDNSga nisbatan 65-65-60 (65%), 65-70-60 (65%),
70-70-60 (65%) va 75-75-60 (65%). Bu uch hadli tizimning birinchisi-shonlash
davrigacha namlikni, ikkinchisi-gullash-hosil tugish davridagi va uchinchisi-pahta
ochilishi davridagi namlikni ifodalaydi. Erta pishar g„o„za navlari sug„orish oldi
namlikning yuqori bo„lishini talab etadi. Shuning uchun ular tizimiga CHDNSga
nisbatan 80-80-60 (65) tizimi kiritiladi.
O„rta sho„rlangan va zahob yuza joylashgan erlarda sug„orish oldi namligi
tizimini quyidagicha bo„lishi kerak: 70-70-65%, 70-80-65%.
Zahob yuza bo„lganda namlik bo„yicha sug„orish mumkin emas, chunki u
CHDNS dan yuqoridir. G„o„za rivojlanishning ba‟zi davrlari uchun ham sug„orish
oldi namligini o„zgartirish mumkin (masalan, 70-75-60%, 75-70-60% va b.q.)
belgilangan namlikdan farq CHDNSga nisbatan 1-2% dan oshmasligi kerak.
Sug„orish me‟yori dala nam sig„imidagi namlik zahirasi bilan sug„orish
oldidan aniqlangan namlik orasidagi ayirma +10% (bug„lanishga sarf bo„lgan suv)
dan iborat bo„ladi.
Tuproq namligi bo„yicha sug„orish muddati aniqlanishida o„simlikning ildizi
tarqalgan qatlam hisobga olinadi. Zahob chuqur joylashgan erlarda birinchi suv
(shonalashgacha) muddati 0-50 sm. chuqurlikdagi tuproq namligi bo„yicha
aniqlanadi. Ikkinchi suvdan boshlab gullash davrida 0-100 sm. dagi namlik
bo„yicha beriladi va ohirgisi pahta ochilishida 0-70 sm. qatlamdagi namlik
bo„yicha aniqlanadi.
85
O„tloq tuproqlarda (zahob 1,5-2 m.) gullashgacha sug„orish muddati 0-50
sm. qatlamda, gullash boshlanishi bilan 0-70 sm. dagi tuproq namligi bo„yicha
belgilanadi.
O„tloqi va o„tloq-botqoq-tuproqlarda (zahob 1 m atrofida) amal davri
davomida 0-50 sm. tuproq qatlami namligi hisobga olinadi.
Tuproq namligi bo‘yicha sug‘orishda suv me’yori ham bir vaqtda
aniqlanadi.
Hisobli qatlamda namlik tanqisligi bo„yicha sug„orish me‟yorlarini
hisoblash uchun dala nam sig„imi va ayni paytdagi tuproq namligi bo„yicha suv
zahirasini bilish zarur. Bunga sug„orishda bug„lanishga sarflanadigan 10% ni
qo„shganda bir marta sug„orish me‟yori chiqadi. Masalan, nam tanqisligi 1000
m
3
/ga bo„lsa, suv me‟yori 1100 m
3
/ga ni tashkil etadi.
So„ngi amal suvlarida (avgustda va ko„sak ochilganda) suv me‟yori 600-700
m
3
/ga dan oshmay belgilanadi. Hisobli qatlamda me‟yor bundan ko„proq bo„lsa
ham, ayniqsa, g„o„za g„ovlab ketgan bo„lsa, ko„sak ochilishini tezlatish uchun
shunday me‟yor qo„llaniladi.
Shuni ta‟kidlash zarurki, agar namlik tanqisligi juda kam suv me‟yorini
(500-600 m
3
/ga) taqozo etsa, uni biroz oshirishga to„g„ri (600-700m
3
/ga) keladi,
chunki shunday qilinsa, oz me‟yorni egatlab, bir tekis namlash mumkin bo„ladi.
Shunday qilib, tuproq namligi bo„yicha sug„oriladigan tajribalarda
tuproqning cheklangan dala nam sig„imi va hajm og„irligining 0-200 sm.gacha
aniqlash zarur bo„lib, bu nam zahiralari, suv muvozanatini hisoblash imkonini
beradi.
Tuproq namligini jadal aniqlash usuli.
Tuproq namligi bo„yicha g„o„zani
sug„orish muddatini aniqlash usuli o„simlikning suvga bo„lgan talabini aniq
belgilovchi ko„rsatkichdir. U suvni tejagan holda yuqori hosil olish imkonini
beradi. Ammo bu usul sermashaqqat bo„lib, unga asosan sug„orish muddatini
aniqlash uchun bir necha marta tuproq namunalarini olib, uzok vaqt (6-8 soat)
termostatda quritib, namlikni aniqlash mumkin. Shu bilan birga mahsus asbob-
uskunalar (tuproq burgusi, termostat, stakanchalar, tarozi va h.k) va ko„p vaqt
zarur.
Shu munosabat bilan V.E.Kabaev tomonidan tuproq namligini jadal aniqlash
usuli ishlab chiqilgan. Bu usul mahsus asbobga ilova qilingan yo„riqnomada
ta‟riflangan.
Usul muallifi tuproq namligini aniqlash uchun namunani 30sm.
chuqurlikdan olishni tavsiya etadi. Bu chuqurlikdagi namlik 0-70sm. qatlamdagi
o„rtacha namlikka mos keladi. O„zPITI dagi izlanishlarning ko„rsatishicha, boshqa
hisobli qatlamlar uchun namuna olish chuqurligini tabaqalashtirish kerak.
Shonlash davrigacha amal suvi muddatini aniqlash uchun tuproq namunasi
20sm. chuqurlikdan, shonalashda 30sm. dan, keyingi suvlarida (gullash-hosil
tugish davrida) 40 va 50 sm. chuqurlikdan olinadi.
Ushbu usul yordamida etarlicha aniqlik bilan sug„orish muddatini belgilash
mumkin. Nazorat uchun har 10sm. dan burguda 100sm. gacha namunalar olinib,
termostat usuli bilan sug„orish oldidan tuproq namligi aniqlanadi.
G‘o‘zaning tashqi belgilari sug‘orish muddatini aniqlash.
Sodda va
hammabop, V.E.Eremenko va M.I.Portnih tomonidan ishlab chiqilgan bu usulda
86
sug„orish zarurligi gullashgacha-barglarning kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi)
bilan, gullash-hosil tugish davrida esa gullash bo„g„inining almashishi bo„yicha
aniqlanadi.
Barglarning kuchsiz so‘lishi (turgorning kamayishi)ni aniqlash.
Buning
uchun variantda dioganal bo„yicha 25-30 o„simlikli bo„lakchalar ajratilib, qoziqlar
bilan belgilab qo„yiladi. Bo„lakchalar soni barcha takrorlanishlar bo„yicha
o„simliklar soni 200-300 tupdan kam bo„lmasligini ta‟minlash kerak.
Sug„orish zarurligini bosh poya o„sishi nuqtasidan uchinchi bargning
kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) ko„rsatadi. Turgorni yo„qotgan barglar
hajmi ham biroz qisqaradi. Bu barglar barmoq bilan paypaslaganda yumshoqligi va
o„zagi sinmay, barmoqda oson o„ralishi bilan ajralib turadi.
Turgor pasayishini kuzatish kunning eng issiq payti, soat 2-3 (14-15)
oralig„ida o„tkaziladi. O„simliklardan 20% so„lishning dastlabki belgilari paydo
bo„lgani sug„orish o„tkazish zarurligini ko„rsatadi.
Bu ko„rsatkich bo„yicha sug„orish muddatini yanada aniqroq belgilash uchun
o„simliklar bargining turgor holati ertalab (soat 7-8 da) kuzatiladi. Ertalabki va
kunduzgi kuzatuvlar natijalarini qiyoslash sug„orish zarurligini aniqlab beradi.
Gullash bo‘g‘inining o‘zgaruvchan balandligi bo‘yicha sug‘orish muddatini
belgilash.
Bu usul poya o„sishning, yangi meva shohlari paydo bo„lishi va
gullashning qisqa navbati o„tishi sur‟atlari qonuniyatlarini hisoblashga asoslangan.
Aniqlanishicha, g„o„za meva tuga boshlaganidan uzoqlashgani sari bosh
poya o„sishi va yangi hosil shohlari paydo bo„lishi sur‟atlari gullashning qisqa
navbatlari o„tishiga nisbatan jadal susayadi. Gullash boshlanishdan qancha ko„p
uzoqlashsa, yuqorigi gul o„sish nuqtasiga shuncha yaqinlashadi.
Gullash bo„g„ini balandligi deb bosh poya o„sish nuqtasidan yuqorida-
birinchi hosil shohining birinchi o„rnida gul paydo bo„lgan shoh ataladi. Masalan,
gullash bo„g„ini balandligi 9,0 bo„lsa, demak, bosh poya o„sish nuqtasi pastida 9-
hosil shohining birinchi o„rnida gul bor, ya‟ni bu 9 bo„g„in oralig„i demakdir.
Gullash pallasida sug„orishdan avval tajriba paykalining har takrorlanishida
dioganal bo„yicha har birida 50-100 o„simlik bo„lgan ikki bo„lakcha ajratilib,
qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi.
Gullash davrida birinchi suv 15-30% gullagan o„simlik bo„lganda beriladi.
Bunda gullayotgan o„simliklarning o„rtacha bo„g„ini balandligi aniqlanib, dala
daftariga yozib qo„yiladi, bu dastlabki hisob bo„ladi.
Undan keyingi sug„orishni shunday o„tkazish kerakki, bunda o„simliklar rivoji
bosh poya o„sishida hosil shohlari paydo bo„lishi va g„o„za gullash qisqa navbatida
aniq marom bo„lishiga erishish mumkin bo„lsin.
Tajribalar asosida O„zPITIda quyidagi gullash bo„g„ini balandligining
pasayishi ko„rsatkichlari aniqlangan:
a) gullash boshidan iyulning uchinchi 10 kunligigacha har suvda 0,5-0,7
bo„g„inga;
b) iyulning uchinchi 10 kunligidan avgustning uchinchi 10 kunligigacha har
suvda 0,8-1,0 bo„g„inga;
v) keyingi davrda-avgustning ikkinchi 10 kunligidan ko„sak ochilguncha-
1,1-1,3 bo„g„inga ega bo„ladi.
87
Barglarning so‘rish kuchi bo‘yicha sug‘orish moddatlarini belgilash.
O„simliklar bargining so„rish kuchi ularning sug„orish tartibi ko„rsatkichi
hisoblanadi. Undan sugorish muddatlarini belgilashda foydalanish mumkin.
O„simliklar suv bilan maromida ta‟minlanganda so„rish kuchi kam bo„ladi,
aksincha, tuproqda namlik etishmaganda u ko„tariladi. Tuproq namligidan tashqari
so„rish kuchiga barglarning o„simlikdagi joyi (bir o„simlikdagi pastki va yuqorgi
yarusdagi barglar turlicha so„rish kuchiga ega), transpiratsiyani tezlatuvchi yoki
susaytiruvchi tashqi sharoit (bulut, shamol, havo namligi va h.k.) ta‟sir qiladi.
So„rish kuchi atmosferada ifodalanadi. O„simlikning sug„orishga bo„lgan
talabi so„rish kuchining gullashgacha 11-12 atmosferagacha, gullash-hosil tugishda
13-14 atm. gacha, pishishda 15-16 atm. gacha ko„tarilishi bilan belgilanadi.
Sho„rlangan yerlarda so„rish kuchi qiymati tahminan 2 atm. ga yuqori bo„lishi
kerak. Barglar so„rish kuchini aniqlash uchun uni qandning ma‟lum so„rish
kuchiga ega bo„lgan suvdagi eritmasi bilan solishtiriladi. Bu, oqim usuli, deb
nomlanib, uni aniqlash uchun yashik-shtativ, probirkalar, shisha naychalar, po„kak
teshuvchi 5-6 mm diametri burgu va yahshi tozalangan shakar zarur. Dastlabki
eritma 34,23 g rafinad qandi yoki shakar suvda (distillangan yoki oddiy qaynatilib
loyqadan suzib tozalangan suv) eritilib 100sm
3
gacha hajmga etkaziladi. So„rish
kuchi 22,4 atmosferaga teng bo„lgan dastlabki eritmadan suv bilan suyultirilib,
ishchi eritma tayyorlanadi. (16.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |