Chiqarish markazi


 EROZIYALANGAN TUPROQLARDA DALA TAJRIBALARINI



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

 
7. EROZIYALANGAN TUPROQLARDA DALA TAJRIBALARINI 
O‘TKAZISH HUSUSTYATLARI.
(Shamol eroziyasi) 
Yer yuzining ko„p davlatlarida, shuningdek, O„rta Osiyo respublikalarida 
shamol eroziyasi keng tarqalgan. Shu munosabat bilan eroziyaga qarshi choralarni 
belgilash maqsadida tajribalar qo„yish uslubi va tadqiqotlar dasturlarini ishlab 
chiqish zarurati yuzaga keladi. So„zsiz, sug„oriladigan mintaqada bu masalani 
muvoffaqiyatli echish tadqiqotlarni to„g„ri qo„yish va sifatli bajarishga bog„liq. 
Tadqiqotlar va tajriba qo„yish dasturiga quyidagilar kiritilishi zarur: 
Ushbu masala bo‘yicha adabiy manbalarni to‘plash va tahlil etish. 
Shamol 
eroziyasi etkazgan zarar va unga qarshi kurash tajribasi to„g„risida ma‟lumotlarni 
to„pab, bunday eroziya sabablari va zarari (misol tariqasida to„ldirilgan anketa 
namunasi quyida keltirilmoqda) belgilanadi. Natijada alohida ho„jaliklar, tumanlar 
va viloyatlar bo„yicha eroziya manbalari aniqlanadi. 


33 
Shamol eroziyasini tekshirish bo„yicha 
A N K E T A 
1.Filiallar, Davlat sug„urta hizmati, viloyat qishloq va suv ho„jaligi 
boshqarmasi, Respublika qishloq va suv ho„jaltigi vazirligi, O„zbekiston 
Respublikasi er rusurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastiri 
qo„mitasining yer resurslari haqidagi ma‟lumotlari jalb etiladi. 
Shamol eroziyasining yuzaga kelishi sharoitlarini Farg„ona viloyati Dang„ara 
tumanidagi A.Navoiy nomli ho„jalik misolida o„rganamiz. 
2.Eng yaqin meteostansiya – «Qo„qon» 
3.Ekinlar umumiy maydoni 4290 ga, shundan g„o„za-3300, makkajo„hori-
500, beda-430, sabzavotlar, poliz ekinlari-60 ga. 
Shamoldan 1436 ga yerdagi ekinlar, shu jumladan, 35 ga yerdagi makkajo„hori, va 
6 ga yerdagi lavlagi, 1395 ga yerdagi g„o„za nobud bo„ladi. 
4.Jami zararlar-517,6 ming so„m (1960 yilgi ko„rsatkichlar), Davlat 
sug„urtasi hisobiga 517,6 ming so„m qopalanadi. 
5.«Qo„qon» meteostansiyasining ekinlari nobud qilgan shamollar haqidagi 
ma‟lumotlari: shamol 4.04. da 16-20 m/s tezlik bilan janubiy-g„arb tomondan esdi, 
davomiyligi 12 soat; 6-9.04da 16 m/s tezlik bilan, 50 soat. davomida; 17.04 da 16-
18 m/s tezlik bilan 6 soat. davomida; 22.04 da 14-18 m/s tezlik bilan 14 soat 
davomida esdi. Havoda ayoz kuzatildi; 18.04 da eng past harorat, 1,2 
0
S; 19.04 da 
esa harorat-2,3
0
S sovuq, shamol 23,04 da 16-20 m/s tezlik bilan esdi, ayrim paytda 
28 m/s ga etdi. SHu muddatda havo haroratining eng pastki 12
0
S, eng yuqorisi 
27
0
S (27.5) bo„ldi. 
6.Ho„jalik 3 bo„limdan iborat. Shamol eroziyasidan 2 va 3-bo„limlarining 
shimoliy qismi eng ko„p zararlandi. Shamoldan zarar ko„rgan ko„pgina paykallar 
eroziyaga qarshi tadbirlar qo„llanilmagan, yangi o„zlashtirilgan erlardir. 
7.Zararlanishlar quyidagicha namoyon bo„ldi: chigit va boshqa urug„lar 
hamda nihollarni tuproq bilan uchirib ketish, ko„ringan nihollarning eol yotqiziqlar 
bilan ko„milish, o„simlik barglirini qum bilan uzib, teshib ketish. 
8.Deflyasiya jarayonlarining yuzaga kelish va kelmaslik sabablarini aniqlash 
(ihota o„rmonlarini ko„rsatish, ular konstruksiya, darahtlar turi, ho„jalikda 
qo„llaniladigan agrotehnik va boshqa tadbirlar). 
9.Shamol eroziyasidan zarar ko„rgan va buzib ekilgan paykallarda g„o„za va 
boshqa ziroatlar bo„yicha fenologik kuzatuvlar o„tkaziladi. Solishtirish maqsadida 
buzib ekilmagan (eroziyadan zararlanmagan) daladan huddi qayta ekilgan dala 
sharoitidagi kabi paykal tanlab olinadi va bir hil kuzatuvlar yuritiladi. Bu ikki 
nuqta qoziqlar bilan belgilanib, ziroatlar hosili hisoblanadi. 
10.Belgilangan nuqtalarda tuproq kesmalari kovlanib, genetik qatlamlardan 
tuproq namunalari kimyoviy tahlil va fizikaviy hossalarni aniqlash uchun olinadi. 
11.Shamol ta‟sirida hosil bo„lgan chuqurchalar chuqurligi va «uyulmalar» 
(keltirmalar) balandligi o„lchanadi. «Uyulmalar»dan tuproqning mehanik, 
minerologik va kimyoviy tarkiblari tahlili uchun namunalar olinadi. 
12.Zarari kuchli shamollarga nisbatan egatlar yo„nalishi aniqlanadi. 
13.Turoq hossalari aniqlanadi. Barcha qishloq ho„jalik mutahasislari so„rovi 
o„tkaziladi va hamma tajriba stansilari, sug„urta tashkilotlari, qishloq va suv 


34 
ho„jaligi boshqarmasi, qishloq va suv ho„jaligi vazirligi ma‟lumotlari jamlanadi va 
ushbular aniqlanadi: 
a) shamol tezligining tuproq (qum)ni uchirish va ko„chirish jarayonlari 
yuzaga kelishi va rivojlanishiga ta‟siri, tavsifi, deflyasiya (shamol eroziyasi) 
jarayonini yuzaga keltiruvchi kuchli shamollar bosh yo„nalishi, eroziyaning 
boshlanish vaqti, kuchli shamollar bosh yo„nalishi, eroziyaning boshlanish vaqti
kuchli chang-to„zon bo„roni bo„lgan kunlarning oylik va yillik soni, respublika 
yoki viloyatlarning ayrim hududlarida chang-to„zon bo„ronlarini yuzaga 
keltiruvchi shamollarning taqsimlanish qonunlari (bu yerda asosan muayyan 
hududni tavsiflovchi meteostansiya ma‟lumotlari umumlashtiradi); 
b) dala qiyaligining turli elementlarida va turli nishablik ko„rsatgichlarida 
eroziyaning rivojlanishi; 
v) tuproqning mehanik va mikroagregat tarkibi, tuproq yuza qatlamining 
tahlanishi, gumus va turli tuzlar tarkibi, sho„rlanish sifati, namligi, o„simliklarning 
tuproqdagi turli qoldiqlari, tuproq yuza qoplamasining shamol eroziyasidan 
asralishiga ta‟siri; 
g) zararlanish miqdori va ko„rinish (tuproqni, o„simlikni kesib, uchirib 
ketish, ko„chirish, uchirib kelishi, yahlit, qisman, majmuiy uchirib ketish. 
Olingan barcha dalillar haritaga tushiriladi. Laborotoriya tadqiqotlari uchun 
aerodinamik qurilma, daladagi kuzatuvlarga tabiiy shamoldan tashqari dala 
aerodinamik qurilmasi («PAU-2 yoki PAU-3») zarur. Ushbu izlanishlar natijasida 
shamol eroziyasining yuzaga kelish qonuniyatlari va eroziyaga qarshi modeldagi 
tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Deflyasiya ko„rinishlarini hisobga olish uchun Rossiya don ho„jaligi instituti 
yoki V.B.Gussak va K.M. Mirzajonov tomonidan ishlab chiqilgan chang-qum 
tutgichlardan foydalanish mumkin. 
Deflyasiya ko„rsatkichlarini (mahsulotini) qurilma ustuni 0; 15; 30; 50; 75; 
100; 150; va 200sm. balandlikda o„rnatiladi, «0» dan tashqari hamma ko„rsatilgan 
balandliklarda ko„l anemometri bilan shamol tezligi o„lchanadi. 
Changtutgichlar o„rnatilgandan keyin «chang» to„planguncha shu oraliq 
vaqtda jadal shamol eroziyasi vaqti aniqlanadi. Deflyasiya mahsuloti tehnik 
tarozida tortilib, undagi gumus, azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar va suvda 
eruvchan zararli tuzlar tarkibini aniqlash uchun topshiriladi. 
Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlar unundorligida sodir bo„ladigan 
o„zgarishlarni aniqlash uchun turli agrofonlar genetik qatlamlaridan tuproq 
namunalari olish va ularni tahlil qilish uslubi ko„llaniladi, namunalar doimiy 
belgilab qo„yilgan maydonchalardan olinadi. Haydov va haydov osti qatlamidagi 
tuproqlardan mehanik va mikroagregat tarkibi, shuningdek, gumus, azot, fosfor, 
kaliy, ularning yalpi va harakatchan shakllari aniqlanadi (bu tahlillar har bir kuchli 
shamoldan keyin va amal davri ohirida bajariladi); qayd etilgan ko„rsatkichlar 2-3 
yil, ba‟zan 3-6 yildan keyin tuproqning daslabki holati va shamol eroziyasidan 
zarar ko„rmagan tuproq bilan qiyoslanadi. Tajriba dalasida har bir shamoldan keyin 
emirilish manbalari aniqlanadi, deflyasiya o„choqlari hisoblab chiqiladi, ularning 
chuqurligi va kengligi o„lchanadi. Agar imkoni bo„lsa, shamoldan so„ng tajriba 
dalasi haritasi tuziladi, unga deflyasiya «yara»lari, ziroatlarning darajasi tushiriladi 


35 
(zararlanmagan, kuchsiz, o„rtacha, kuchli zararlangan va nobud bo„lgan). Harita 
1:100 yoki 1:1000 masshtabda tuziladi. 
Eroziyalanganlik darajalari quyidagicha aniqlanadi: 1) eroziyalanmagan-
emirilish chuqurligi «0»; 2) kuchsiz eroziyalangan-emirilish chuqurligi-0,5-5 sm; 
3) o„rtacha eroziyalangan-emirish chuqurligi-5-10sm; 4)kuchli eroziyalangan 
emirilish chuqurligi-11-15 sm; 5) juda kuchli eroziyalangan-emirilish chuqurligi-
15 sm. dan ortiqroq. Yotqiziqlar akkumulyasiyasi bo„yicha H.Bennet tasnifi kabul 
qilinadi (eol yotqiziqlar olib kelinishi darajasi va yotqiziq qalinligi ): yuza-0-15; 
o„rtacha bir tekis –15-30 sm; o„rtacha tepasimon –5-30sm, chuqur –30-90 sm, 
tepalik (kichik) – 90-180 sm, tepalik (katta) –180 sm. va undan ko„proq.
G„o„zaning zararlanishi bo„yicha ushbu ko„rsatkichlar qabul qilingan (4-5 
chingbarlik pallasi): a) zararlanmagan o„simlik; b) urug„barg davrida 1 ta 
urug„bargni yo„qotish – nobud bo„lgan o„simlik; v) kuchsiz zararlangan o„simlik, 
1-1,5 bargi qurigan,; g) o„rtacha zararlangan – 1,5-3 ta bargi qurigan; d) kuchli 
zararlangan – 3-5 bargi qurigan, ammo g„o„za nobud bo„lmagan; e) nobud bo„lgan 
g„o„za – kuchli parvarish qilinganda ham yashay olmaydi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish