Chiqarish markazi


 SHO‘RLANGAN YERLARDA DALA TAJRIBALARI VA



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

12. SHO‘RLANGAN YERLARDA DALA TAJRIBALARI VA 
TADQIQOTLAR O‘TKAZISH HUSUSIYATLARI 
Sho„rlangan erlar bir-biridan tuzlangan er osti suvlari sathi, sizob yuza yoki 
chuqur joylashganligi, tuproqlarning sho„rlanganlik darajasi bo„yicha hilma-hilligi, 
kollektor-yig„ma zovur shahobchasi mavjudligiga ko„ra farqlanadi. Shu bois 
bunday erlarda dala tajribalari o„tkazish uslubiga qat‟iy rioya qilinishi talab etiladi. 
Sho„rlangan erlarda o„tkaziladigan dala tajribalaridan qiyosiy natijalar 
olishga erishish uchun barcha variantlar dastlabki sho„rlanish bo„yicha bir-biriga 
yaqin, bir hil zahob sathi va sho„rlanganligi, kollektor- zovur va sug„orish 
tarmoqlarining bir hil ta‟sir doirasida bo„lishi zarur. 
Tajriba uchun paykal tanlash albatta,
kuzda (sentyabr-oktyabr oylarida) 
amalga oshiriladi, chunki ziroatlar holati (agar tajribalar o„zlashtirilgan erlarda 
qo„yilayotgan bo„lsa) yoki tabiiy o„simliklar tarkibi va holati bo„yicha (agar tajriba 
yangi o„zlashtirilgan erlarda o„tkazilishi mo„ljallansa) tuproq sho„rlanish darajasi 
va bir tekisligi to„g„risida hulosa-tahlillar asos qilib olinishi kerak. 
Agrotehnik tajribalarga barcha variantlar bo„yicha tuzlar tarkibi bir hil 
bo„lgan er tanlanib, kuzda bu joyda o„simliklar holati va sho„rlanish dog„lari 
bo„yicha sho„rlanish haritanomasi tuzilishi zarur. 
Harita noma asosida tuproq va sizot namunalari olinadi, turli darajadagi 
sho„rlanish aniqlanadi va o„simliklar holatiga qarab sho„r yuvish me‟yorlari 
belgilanadi. Bu paykaldagi tuproq sho„rlanganligi tahminan birdek bo„lishiga 
imkon beradi. 
Kuzda tajriba dalasida zahob sathini o„lchash quduqlari va suv sarfini 
o„lchash uchun o„lchagichlar o„rnatiladi. 
Variantlarni shunday joylashtirish
kerakki, yig„ma- zovur -kolektor- zovur 
va suv tarmoklarining ularga ta‟siri baravar va barchasida er osti suvi-sizob sathi 
tahminan birdek bo„lsin. 
Tajriba dalasi zovur yoki kolletor bilan cheklangan va bu zovur yoki 
kollektordan ma‟lum masofada parallel ariq o„tgan bo„lsa, u qolda variantlar uchun 
tomoni bilan perpendikulyar yo„nalishda joylashtirilishi va variantlar boshi-
ohirining zovur yoki ariqdan uzoqligi yozib qo„yilishi hamda ularga doimiy 
qoziqlar qoqilgan bo„lishi lozim.
Tajriba variantlari o‘tchami
o„rganilayotgan omillarga bog„liq. 


65 
Tajriba dasturi bo„yicha amal va noamal davrlarida sug„orish tartibi barcha 
variantlarda bir hil bo„lsa, variantlar o„lchami huddi sizot sathi chuqur, 
sho„rlanmagan tuproqlardagidek bo„ladi.
Sug„orish tartibi, sho„r yuvish muddati va me‟yorlari o„rganiladigan 
tajribalarda har bir variariantga berilgan suv tajriba paykalida sizob sathini 
ko„taradi. Shuning uchun sho„r yuvish muddatlari uchun 0,5 ga, sug„orish tartibi va 
sho„r yuvish me‟yori o„rganiladigan variantlar maydoni 0,25 ga bo„lishi kerak. 
Variantning hisobli qisim markaziy qismining 0,1 ga maydonidan kam bo„lmasligi 
zarur. 
Tajriba variantlari takrorlanishi 4 marta. 
Sizob sathi chuqurroq (2-3m) bo„lganda variant maydoni 0,1 gacha 
kamaytirilishi mumkin. Sho„rlanish har hi bo„lganda tajriba variantlari 
takrorlanishi 6 va 8 martani tashkil etadi, ba‟zi hollarda juftlangan nazorat 
variantalri kiritiladi. 
Kuzatuv va hisob-kitoblar
tajribada dastur asosida qo„yilgan vazifalarga 
bog„liq holda bo„lishi kerak. Ammo sho„rlangan erlarda o„tkazilishi shart bo„lgan 
dala tajribalarida qanday meliorativ fonda o„tkazilishidan kat‟iy nazar tadqiqotlar 
tarkibi aniq, ular shuningdek, o„rganilayotgan omilllarning erlar meliorativ holati 
va ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini belgilash imkonini beradi. 
Sho„rlangan erlarda sho„r yuvish va sug„orishga ketgan suv sarfi 
hisoblanishi shart. Sho„r yuvish, shudgorlash muddatlari, chuqurligi, va 
tehnologiyasi, qator oralariga ishlov berish unumdorligi turlicha bo„lgan fondlarni 
haydash, shuningdek, o„g„itlarning turli me‟yorlari bilan o„tkaziladigan tajribalarda 
suv hisobi variantlar bo„yicha alohida olib boriladi.
Tajriba paykalini tavsiflash uchun tuproq tipi ko„rsatiladi, aeratsiya qatlami, 
mehanik va mikroagregat tarkibi, cheklangan dala nam sig„imi, zahob yuza va 
chuqur bo„lganda, tuproqning hajm va solishtirma og„irligi, suv o„tkazuvchanligi 
va g„ovakligi aniqlanadi.
Tajriba o„tkazish dasturlariga zahob sathi, tuproqning sho„rlanish tartibi va 
namligini kuzatish kabilar kiritilishi shart. Kuzatishlar hajmi qo„yilgan vazifalarga 
bog„liqdir.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish