10.2-chizma. Lizimetrning tarkibiy qismlari:
1-tuproq monoliti; 2-lizimetrning asosiy baki; 3-kuzatish quvuri; 4-kuzatuv
quvurining suzg„ich qismi; 5-qum qoplami; 6-shag„al qoplami; 7-kavsharlash
choki; 8-lizimetrda suv sathi; 9-ta‟minlovchi taglik; 10-teshikli quvur; 11-po„lat
plastinka; 12-to„r; 13-ulaydigan quvur; 14-mustahkamlovchi quvur; 15-qopqoq;
16-biriktiruvchi bolt; 17-po„lat plastinkani mahkamlovchi quvurcha; 18-suv
o„tkazuvchi quvurcha; 19-avtomatik ta‟minlovchi asbobning sozlovchi kamerasi;
20-polihlorvinnli quvurcha; 21-infiltratsiya quvur; 22-po„kak trosi; 23-
tahminlovchi quvur; 24-po„kak; 25-infilratsiya suvlari o„tadigan teshik; 26-ichida
rezina manjeti bo„lgan cho„mich; 27- tindirgich; 28-po„kak trosining ilmog„i; 29-
ventil tutqich; 30-yog„och po„kak; 31-ehtiyotlovchi quvur; 32-g„o„za; 33-asosiy
bakni
mustahkamlovchi
temir
burchagi;
34-ta‟minlovchi;
taglikni
mustahkamlovchi temir burchagi; 35-ventil 36-ventilning ehtiyotlovchi quvuri; 37-
o„zak; 38-ehtiyotlovchi quvur.
Teskari suzgich har biri 10 sm.li 3 qatlamdan iborat: eng pastki qatlam 3-5
sm. kattalikdagi hillangan toshdan; o„rta qatlam 1-3 sm. kattalikdagi mayda
shag„aldan; uning ustiga 0,3-1,0 sm. kattalikdagi hillanmagan shag„al yotqizilgan,
u tuproq tagidagi qum qatlami bilan bevosita tutashadigan qismlardan tashkil
topgan.
Lizimetrning ikki qarama-qarshi burchagiga ikkita quvur o„rnatiladi.
Ularning bittasi ta‟minlovchilik vazifasini o„taydi, ikkinchisidan kuzatuv uchun
foydalaniladi.
Ta‟minlovchi quvurning pastki qismi yon tomoni kesik bo„lib, u lizimetr
baki tagiga taqab o„rnatiladi, kuzatuv quvuri tuproq tagidagi yirik qum qatlamiga
taqalib turadi. Ikkala quvur ham tuproq yuzasidan 10 sm. yuqori ko„tarilgan holda
bo„ladi. Ular qopqoqli bo„lib, qulflab qo„yiladi.
Lizemetrlar bevosita sug„oriladigan ekinlar-g„o„za, beda va boshqa ziroatlar
ekilgan paykalda yoki mahsus maydonchada o„rnatiladi.
59
Lizimetrik maydonchada lizimetrlar ekinlar turi bo„yicha guruhlab
joylashtiriladi.
Lizimetrlar o„rnatilguncha maydoncha tuprog„ining suv-fizik va
agrokimyoviy hossalari batafsil o„rganiladi 3,5 m. chuqurlikkacha har sm. da
tuproqning mehanik va mikroagregat tarkibi, hajm og„irligi, solishtirma og„irligi,
dala nam sig„imi, suv o„tkazuvchanligi namlik va suvda erigan tuzlar tarkibi
aniqlanadi. Gumus, azot, fosfor va kaliyning yangi va harakatchan shakllari tarkibi
tahlil etiladi. Hajmi va solishtirma vazn haqidagi ma‟lumotlar bo„yicha tuproq
g„ovakligi hisoblanadi.
Lizimetrlar zahob sathi eng past bo„lganda mahsus tuproq monolitini
ko„taradiga uskunalar yordamida o„rnatiladi.
O„rnatilgan lizimetrlarning umumiy soni tadqiqotlar hajmi va vazifalariga
bog„lik. Lizimetrlar bilan g„o„za, beda va makkajo„hori ekilgan, zahob sathi doimo
1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; va 3,5 metr chuqurlikda bo„lgan va shu ziroatlar bilan ham
zahob sathi o„zgaruvchan, mehanik tarkibi bir hil va pastga qarab engillashib
boradigan tuproq hilida tadqiqot va kuzatuvlar o„tkazilsa yahshi samara beradi.
Qatlamli va og„ir mehanik tarkibli sug„oriladigan tuproqlarda lizimetrlar
bilan zahob sathini 1,0; 1,5; 2,0; 2,5 m. chuqurlikkacha chegaralash mumkin.
Har bir variant takrorlanishi uchdan kam bo„lmasligi kerak. Lizimetrlar
atrofidagi maydonchaga lizimetrda etishtirilayotgan ziroatlar ekilishi darkor.
Lizimetrlarda doimiy va o„zgaruvchan zahob sathi ta‟minlanadi. Zahob
sathining sozlanishi «AP-10-2» asbobi yordamida avtomatik yohud qo„lda suv
quyib yoki suvni tortib olib tashlab bajariladi.
Zahob sathi nazorat quvuri bo„yicha hlapushka yordamida o„lchanadi. Sathi
pasaysa, ta‟minlovchi quvur orqali suv quyilib, zarur balandlikka ko„ratiladi, agar
zahob ko„ratilsa, mahsus chelakcha yoki shlang orqali so„rib olib, sozlanadi.
Quyilgan yoki olib tashlangan hajmi aniq hisobga olinadi.
Zahob sathini o„lchash, suv qo„yish va olib tashlash sutkada 2 marta – soat 7
va 19 da bajariladi. Zahob sarfi ko„paygan palla (iyul, avgust oylari) da kuzatuvlar
3 marta – soat 7; 14; 19 da o„tkazilgani ma‟qul.
Lizimetrlardagi zahobning sho„rlanganlik darajasi va tipi ma‟lum me‟yorda
ushlanadi. U tabiiy sharoitga yoki sun‟iy sho„rlanishga mos kelishi kerak. Buning
uchun suv mahsus quduq yoki zovurdan olinib, daryo suvi bilan aralashtiriladi va
zarur sho„rlanish darajasiga erishiladi.
Zarur sho„rlanish darajasidagi suv hosil qilish uchun zovur va daryo
suvidagi tuzlar miqdori va sifati tahlil qilinadi. Masalan, quduq yoki zovur
suvining sho„rlanishi 5 g/l, daryo suviniki esa 0,5 g/l. quruq qoldiq bo„yicha
aniqlanadi. Agar lizimetrda 3 g/l sho„rlanishini ta‟minlash zarur bo„lsa, hisob
quyidagicha bajariladi:
0,5h+5(1-h)=3.
Bunda h-1 l. aralashmaga to„g„ri keladigan vodoprovod suvi, shunda
0,5h+5-5h=3h; 4,5h=2; h=2/4,5=044 ya‟ni 3 g/l sho„rlanishli 1 litr suv olish uchun
440 ml. daryo suvi va 560 sm
3
zahob suvi olish kerak. Har kuni sug„orish zarur
darajada sho„rlangan suv bilan o„tkaziladi. Lizimetrdagi zahob sho„rlanganligini
60
zarur darajada ta‟minlab turish uchun har 10 kunda ta‟minlovchi quvurdan namuna
olinib, unda quruq qoldiq, NSO
3
, Sl va SO
4
anionlar miqdori tahlil etiladi.
Lizimetrda g„o„za, beda, makkajo„hori etishtiriladi. G„o„za 60h16h1 tizimda
ekilib, bir lizimetrda 12, har gektarda 100 ming tup/ga ko„chat bo„ladi.
Makkajo„hori 60h32h1 tizimda ekiladi. Bunda o„simlik soni lizimetrda 6 dona, 1
gektarda 50 ming tup/ga bo„ladi. O„g„itlar mavjud yo„riqnomalarda belgilangan
muddat va me‟yorlarda solinadi.
Tuproqlarni ekishga tayyorlash, ekish va o„simliklarni parvarishlash huddi
lizimetr o„rnatilgan ho„jalikdagi kabi amalga oshiraladi. G„o„za, beda,
makkajo„horining sug„orish muddatlari tuproq namligini «NIV-2» nam
o„lchagichda yoki barglar shirasi konsentratsiyasini qo„l refraktometri yordamida
aniqlab belgilanadi.
Ilgari o„tkazilgan lizimetrik tadqiqotlarning ko„rsatishicha, bir hil tuzilishli
engil va o„rta qumoq yoki og„ir qumoq, pastga qarab engillashib boruvchi
tuproqlardagi
g„o„zani
sug„orish
zahob
sathiga
qarab
quyidagicha
tabaqalashtiriladi: 1,0 va 1,5 metrlida 2-3 suv 0-20 va 1-20; 2,0 va 2,5 m. da 3-4
suv 1-2-0 va 1-3-0 tizimida; 3,0m. da 5 suv 1-4-0; m.da 6 suv 2-4-0 tizimda
beriladi.
Bir hil tuzilishli og„ir qumoq va soz tuproq yoki tarkibi turli qatlamli,
tuzilishi
tuproqli
lizimetrdagi
g„o„zaning
sug„orilishi
quyidagicha
tabaqalashtiriladi: zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda 4-5 suv 1-3-0 va 1-4-0
tizimlarda; 2,0 va 2,5 m da 6-7 suv 2-4-0 va 2-4-1 tizimlarda beriladi. Sug„orishlar
soni makkajo„horida g„o„zaga nisbatan barcha zahob chuqurliklarida bittaga,
bedada esa 3 taga oshiriladi.
Lizimetrda parvarishlanayotgan ziroatlarni sug„orish me‟yorlari tuproqdagi
nam tanqisligini 30 % oshirib belgilanadi. Bunda sug„orishning yuvuvchi tartibi
ta‟minlanadi. Zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda sug„orish me‟yori g„o„za uchun
700-800 m
3
/ga, nihollik davridan gullagungacha va 900-1000 m
3
/ga gullash – hosil
tugish davrigacha; makkajo„hori uchun 700-800 m
3
/ga ro„vak chiqarguncha va
900-1000 m
3
/ga kelgusi rivojlanish pallalaridan doni sut-mum pishish
darajasigacha; birinchi yilgi bedada 700-800 m
3
/ga birinchi o„rimgacha, 900-1000
m
3
/ga keyingi o„rimlarda beriladi.
Davrlarga qarab sug„orish me‟yorlari zahob sathi 2,0; 2,5 m bo„lganda 15 %
ga, 3,0 va 3,5 m bo„lganda 30 % ga oshiriladi (zahob sathi 1,0 va 1,5 m.ga
nisbatan). Sug„orishda daryo suvidan foydalaniladi.
Sug„orishdan va yog„ingarchilikdan so„ng zahob sathi ko„tarilsa, suvi tortib
olinib, o„lchab tashlanadi va sho„rlanganlik darajasi aniqlanadi.
Ziroatlar parvarishida lizimetrdagi o„simliklarda ham, uning atrofidagi
o„simliklarda ham bir hil agrotehnika qo„llaniladi.
Amal davrida lizimetrdagi barcha o„simliklarda fenologik kuzatuvlar
o„tkaziladi. Ziroatlarning hosili, o„simliklarning ho„l va quruq vazni o„lchanadi,
pahta hosili, makkajo„hori doni va beda pichani hosili hisobga olinadi. Hosil sifati
aniqlanadi.
61
Lizimetrlarda suv va tuz muvozantini belgilash uchun quyidagilar hisobga
olinadi: yog„inlar miqdori, mavsumiy sug„orish me‟yori, to„kilgan va quyilgan suv
miqdori, lizimetrdagi dastlabki va ohirgi tuproq namligi, tajriba qo„yilgan
tuproqdagi tuzlar tarkibi, to„kilgan va quyilgan suv, daryo suvining
sho„rlanganligi, o„simlikning tuzlarni olib chiqishi. Buning uchun o„simliklarning
quruq vazni va ulardagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi.
Tuzlar muvozanatiga ko„ra, har qaysi tajriba poyonida sho„r yuvish muddati
va me‟yori har lizimetr uchun belgilanadi. Har galgi sho„r yuvishda suv me‟yori,
daryo suvi va to„kilgan zahobdagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi.
Lizimetrdan va lizimetrik maydonchada suv yuzasidan bug„lanishga sarf
bo„layotgan suv o„rtasidagi korrelyativ bog„liqlikni aniqlash uchun quyidagi ishlar
amalga oshiriladi: lizimetrik mayonchada 3 takrorlanishda kattaligi 0,h0,5h0,5 m.
bo„lgan baklar erga ko„milib, ularga suv quyiladi-da, yuzasidan bug„lanayotgan
suv miqdori o„lchab boriladi. Baklardagi suvni ma‟lum belgida tutish uchun
sutkada ikki marta daryo suvi quyiladi. Baklar yuzasida hosil bo„ladigan va
bug„lanishni sekinlashtiradigan biologik parda yuzaga kelishining oldini olish
uchun mis kuporosining 200-300 mg/l li eritmasidan foydalaniladi.
Lizimetrda olingan ma‟lumotlar asosida, tadqiqotlar dasturiga ko„ra, o„n
kunlik, oylik, uch oylik va yillik grafik, jadvallar va hisobotlar tuziladi.
Lizimetrlarda o„tkazilgan tadqiqotlar natijasida tuproq aeratsiya qatlamining
suv va tuzlar muvozanati bo„yicha sonli qiymatlargina emas, balki juda katta
amaliy ahamiyatga ega bo„lgan turli qimmatli ma‟lumotlar to„planadi.
Ntijalarning nazariy tahlili va tadqiqot ma‟lumotlarining umumlashtirilishi
zamonaviy agrar fani rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim muammolar-asosiy
ziroatlarning suv iste‟moli me‟yorlarini nazariy va uslubiy jihatdan qayta ko„rib
chiqish, kam suv sarflab, yuqori hosil olishni ta‟minlaydigan mavsumiy va har bir
sug„orish me‟yorlarini belgilash imkonini beradi.
Suv sarfi bo„yicha ma‟lumotlardan sug„oriladigan hududlar tuprog„ining suv
va tuz muvozanatini, bu muvozanat o„zgarishini bashorat qilishda foydalaniladi.
SHuningdek, respublikamiz viloyatlaridagi sug„oriladigan erlarni gidromodul
rayonlashtirish va shu asosda ziroatlarning sug„orish tartiblarini ishlab chiqishda
ham shu dalillarga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |