66
Tuproq sho‘rlanganligi va namligi
doimiy belgilab qo„yilgan nuqtalar
bo„yicha aniqlanadi, nuqtalar joylashishi tarhi (plan) ga tushiriladi. Tuproq
namunalari har gal avvalgisidan 1-2 m. uzoqlikda olinishi kerak, burg„ulangan
chuqur atrofidagi o„simliklar bir hil rivojlngan bo„lgani ma‟qul. Quduqni bir gal
maromida rivojlangan o„simliklar orasida, boshqasida nochor rivojlanganlari
orasida joylashtirish nojoiz.
Namunalar har variantda 3 ta nuqtadan olinadi. Tuproq sho„rlanishi ziroatlar
o„sishi, rivojlanish va hosil bilan bog„lanishi belgilash maqsadida shunday qilinadi.
Yangi o„zlashtirilgan, sho„rlanishi turlicha bo„lgan
yerlarda namunalar olish
takrorlanishi har variantda 5 martadan bo„lishi kerak.
Har bir namuna olinadigan nuqtaga qoqilgan qoziqlarga qo„yilib, bu dala
tajribasi tizimining shematik rejasi belgilanadi va tajriba ohirigacha saqlanishi
zarur.
Sho„rlanish hilma-hilligi mavjud bo„lganda o„simliklar rivojlanishi har fon
(maromida,
kam
sho„rlangan,
o„rtacha
hamda
kuchli
sho„rlangan
maydonchalardagi ta‟sir o„rganiladi) nazoratida alohida quduq bilan belgilanadi.
Tuproq namunali g„o„za va chopiqtalab boshqa ziroatlar egati ichidan
olinadi. Turli sug„orish usulllari (egatlatib va yomg„irlatib) qiyoslanayotganda
sho„rlanish va namlik uchun tuproq namunalari ham pushtadan,
ham egatdan
olinadi, chunki namlikning turlicha taqsimlanishi sho„rlanish pushtadan va egat
orasida har hil bo„lishiga olib keladi.
Mehanik tarkibi bir hil bo„lganda yoki chuqurlashgan sari sekin-asta
o„zgarib borganda namunalar 10 sm. dan 40 sm. chuqurlikkacha, so„ngra har 20
sm. dan, tuproq keskin qatlamli bo„lganda har 10 sm. dan olinadi. Ikki holatda ham
tuproq zahob sathigacha olinadi.
Burg„ulanib olingan tuproq staqanda qog„oz ustiga tushirilib, unga tajriba
nomi, variant, takrorlanish, nuqta, raqami, qatlami
chuqurligi va sana yozilgan
yorliq solinadi, namuna qog„ozga o„ralib, ustiga ham yorliqdagi yozuvlar oddiy
qora qalam bilan yoziladi.
Tuproqning pastki qatlamlaridan olingan namunalar namligi yuqori
bo„lganligi uchun quduq yonida biroz nami qochguncha qoldirilib, so„ngra o„rab
qo„yiladi.
Sho„rlanish darajasi bir hil bo„lgan va sho„rsizlantirilgan fonlarda joylashgan
agrotehnik tajribalarda namunalar nihollar ko„ringanda bahorda va kuzda (aprel va
oktyabr) olinadi. Sho„rlanish bir tekis bo„lmaganda uning darajasi aniqlanadi va
sho„rlanishning o„simliklarga ta‟siri ko„zga tashlanganda, ya‟ni
birinchi suvdan
oldin ham namunalar olinadi.
Tuz tarkibi va namlik:
-sho„r yuvish bo„yicha tajribalarda har bir sho„r yuvishdan avval va keyin,
nihollar ko„ringanda, birinchi amal suvidan oldin va ohirigi suvdan keyin va
kuzda;
-turli muddatlarda sho„r yuviladigan tajribalarda barcha variantlarda bir
vaqtda;
67
-sug„orishning tuproq, suv va tuzlanish tartibiga ta‟siri o„rganiladigan
tajribalarda nihollar ko„ringan, har bir amal suvidan avval so„ngra va amal davri
ohirida aniqlanadi.
Namunalar bahorda birinchi suvdan avval ohirgi suvdan keyin, kuzda zahob
sathigacha, boshqa muddatlarda 100sm. chuqurlikkacha olinadi.
Tuproq va zahobning bahor va kuzda olingan namunalarida tuproq eritmasi
to„liq tahlil qilinadi. Meliorativ tajribalarda ham to„liq tahlil amalga oshiriladi.
Tuproq namunalari uchun burg„ulangan quduqchalardan zahob namunasi
olinadi, suv olish qiyin bo„lganda quduqqa quvur tushirilib, namuna olinadi.
Zahob sho„rlanganligi sho„r yuvish o„rganiladigan
tajribalarda yuvishdan
avval va keyin, sug„orishning meliorativ ahamiyati o„rganiladigan tajribada amal
suvigacha va undan keyin aniqlanadi. Bunda quruq qoldiq NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa,
va Na, K alangali fotometrda tahlil qilinadi, sho„r yuvishlarda nitratlar va
harakatchan fosfor miqdori aniqlanadi.
Sug„orishda turli darajada sho„rlangan suv ishlatilganda uning tarkibida
quruq qoldiq, NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa, va Na, K alangali fotometrda,
nitratlar,
harakatchan fosfor har suvda yoki sho„r yuvishda tahlil etiladi.
Sho„r
yuvish bo„yicha, shuningdek, o„zlashtiruvchi ziroatlarning
melioratsiyalashtiruvchiligi va amal davri suvlari o„rganilayotgan daryo suvining
sho„rlanganligi tahlil etiladi.
Fenologik kuzatuvlarni
tuproq sho„rlanishi bilan bog„lash zarur. Shuning
uchun tuproq namunalari olinadigan quduqchalarga yaqin joyda kuzatuv
maydonchalari bo„lishi kerak.
Sho„rlanish har hil, g„o„za siyrak bo„lgan hollarda
kuzatuv maydonchalari
fondagi o„simliklar holatini to„liq tavsiflay olishi zarur (maromida o„sgan,
g„o„zaga sho„rlanish 0,3 o„rtacha va kuchli ta‟sir qilgan).
Fondagi kuzatuv maydonchalari soni variantdagi har sho„rlanish foni
maydoni mutanosib bo„lishi kerak. Masalan, agar maromida o„sgan g„o„za hamma
maydonning 60 % ini tashkil etsa, unda 10 ta maydondan 6 tasi maromida o„sgan
g„o„za fondida, 3 tasi sho„rlanish kuchsiz va 1 tasi kuchli ta‟sir qilgan fonda
joylashtiriladi. Bunda sho„rlanish bo„yicha har bir fon alohida namuna olish
nuqtasiga ega bo„lishi kerak.
Hosil yig„imi har bir fon bo„yicha 20-50 m
2
li maydonchalarda boshlanib,
so„ng variantning jami hisobli maydoniga o„tiladi. Bunda o„simliksiz
maydonchalar hisobdan chiqariladi.
Meliorativ tajribalarda etishtirilgan o„simliklarda tuzlar tarkibi va chigit
sifati, donli va em-hashak ziroatlari mahsuloti sifati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: