Universal doimiy omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo’ljallangan. Unda asosan idishlarga joylangan mahsulotlar, ba‘zi sabzavotlarni birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. Bunday omborxonalarda (3.5-rasm) vaqtincha to’kib qo’yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi.
Universal doimiy omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo’ljallangan. Unda asosan idishlarga joylangan mahsulotlar, ba‘zi sabzavotlarni birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. Bunday omborxonalarda (3.5-rasm) vaqtincha to’kib qo’yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi.
Chuqur sabzavotxonalar qurishda katta hajmda yer qazish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi, ularda transport uchun kirish yo’li ochish ham oson emas. Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkazmaydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, yer ustki xonalari, ularning devori va tomlarini ham issiqdan ishonchli saqlash mumkin. Ko’p hollarda bunday omborxonalar ikki qavatli bo’lib, birinchi qavati yerto’la, ikkinchisi er ustki qavatidan iboratdir. Bunday omborxonalarda yerto’la va yer ustki omborxonalarining hamma afzalliklari uyg’un-lashtirilgan. Piyoz saqlovchiomborlar ham yer ustiga joylashtiriladigan qilib loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi binolarda talab qilinadigan havoning past namlikda bo’lishini ta‘min etish osondir. Texnologiya jihatdan qaraganda bu mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir. Omborxonalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyatsiyalarga bo’lish mumkin.
Chuqur sabzavotxonalar qurishda katta hajmda yer qazish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi, ularda transport uchun kirish yo’li ochish ham oson emas. Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkazmaydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, yer ustki xonalari, ularning devori va tomlarini ham issiqdan ishonchli saqlash mumkin. Ko’p hollarda bunday omborxonalar ikki qavatli bo’lib, birinchi qavati yerto’la, ikkinchisi er ustki qavatidan iboratdir. Bunday omborxonalarda yerto’la va yer ustki omborxonalarining hamma afzalliklari uyg’un-lashtirilgan. Piyoz saqlovchi omborlar ham yer ustiga joylashtiriladigan qilib loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi binolarda talab qilinadigan havoning past namlikda bo’lishini ta‘min etish osondir. Texnologiya jihatdan qaraganda bu mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir. Omborxonalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyatsiyalarga bo’lish mumkin.