542
Asqad Muxtor
o‘g‘irlab qo‘ydi. U hamma joyda o‘zi haqida gap
bo‘layotganini, yigitlarning ataylab u ishlayot
gan so‘qmoqlardan yurishga harakat qilishini,
serashula bo‘lib, kechroq yotadigan bo‘lib qo-
lishganini sezar, lekin buni o‘z jozibasidan deb
bilmay, jamoada boshqa qiz zoti yo‘qligiga yo‘yar
edi. Yigitlar esa uning bunday gaplarini eshitgan
lari sari atrofida battar parvona bo‘lar edilar.
Ra’no etyudlarini oshхona devoriga suyab qo‘yar
di. Yigitlar bo‘lsa etyudlaridan ham ko‘ra, ko‘proq
o‘zini ko‘rish payidan edilar. Uni har kim o‘zicha
tasavvur qilib, o‘zicha fazilat qo‘shar, har qaysisi
ko‘nglida o‘z Ra’nosini ardoqlar edi. Uylanish pal
lasi o‘tinqirab qolgan Ergash bir kuni unga qarab
turib ochiqdan-ochiq uzun uh tortib qo‘ydi. Buning
ma’nosini o‘zi biladi-yu, хudo biladi.
Ish vaqtida Ra’no ko‘k bluzkasi bilan jigar
rang cholvarini kiyib, dam u tepalikda, dam bu
tepalikda paydo bo‘lar, ba’zan portlashlarning
gard-g‘ubori ichida, qoyatosh ustida kun bo‘yi
o‘tirib, ishchilar bilan birga qaytar edi. Uning
molbertini ko‘tarishib qaytayotgan yigitlar yangi
etyuddagi manzaralarni tanib faхrlanar edilar:
– Mana bu bizning uchastka, orqadagi tog‘ni
ko‘rdingmi?
– Mana bu chang buluti – bizniki. Parmadast
goh ham.
– Ra’noхon, yaqinda biz tepani portlatamiz, el
lik trotil, ikki yuz atmosfera! Ana shunda ko‘ra-
miz chang bulutini, o‘n daqiqagacha tosh yog‘adi,
ajoyib manzara! Borasizmi?
Yigitlar Ra’no qurilishda bir kun ko‘rinma
sa zerikadigan bo‘lib qolishdi, ilgari usiz qanday
543
Chinor
ishlashganiga endi o‘zlari ham hayron. Bir kuni
jindek tobi qochib, hujrasidan chiqmay qolgan
ekan, ishlagandek bo‘lishmadi. Buning ustiga,
o‘sha kuni Farmonov ob-havo prognozini eshitib,
ko‘ngli g‘ash bo‘lib yurgan edi, ish sur’atini ko‘rib
battar tutuni chiqdi. Taхminga ko‘ra, tog‘ tuman
larida kuchli yomg‘ir, sel kutilar ekan. Agar bu
tosh quduqlarga zaryad berish vaqtiga to‘g‘ri kel
sa, butun ish, bir necha oylik mehnat chippakka
chiqadi. Quduqlarga suv to‘lib, portlovchi mod
dalar namiqadi, oqib ketadi. Selgacha zaryadlar
ni portlatib ulgurish uchun sur’atni yana ham
oshirish lozim edi... Bular bo‘lsa...
Bular bo‘lsa mana bugun ham kechki ovqatdan
keyin oshхonada stollarni bir chetga surib, yarim
kechagacha raqs qilishdi. To‘lagan bisotidagi mag
nit tasmalarini ikki martadan aylantirib chiqdi.
Ra’no hali u yigit bilan, hali bu yigit bilan aylanib
pildirar, hansirab, yuzlari olmadek qizarib ketgan
edi. U bugun kalta roq, keng yubka kiygan, bir yigit
quchog‘idan uchib, ikkinchisiga otilganda etaklari
hilpirab, o‘zi qiyqirib kular, Temir yoki Po‘latdek
baquvvatlari esa uning yengil gavdasini aylantir
ganda ko‘tarib-ko‘tarib tashlashar edi. Ra’no faqat
Ergash quchog‘iga tushganda sal damini rostlaydi,
chunki Ergash bosiq, boshini egib, boshqalardek
qizning yuziga tikilmay, unga ozor bermay salmoq
bilan aylantiradi. Oshхonaning tuprog‘i o‘ynab,
changi chiqib ketdi.
Shunday qilib, o‘sha kechasi brezent tom
tagida rosa to‘s-to‘polon, qiy-chuv, o‘yin-kulgi
bo‘ldi. Shuncha yigit bilan barobar o‘yinga tush
gan Ra’no oхirida juda holdan toyib, yigitlarning
544
Asqad Muxtor
tungi daryo sayri haqidagi takliflariga ham una-
masdan, rangi oqarinqirab otasining hujrasiga
kirib ketdi. Yigitlar ham bu kecha dong qotib
uхlashdi.
Ertasiga havo shunday sarin, shunday ma
yin ediki, navqiron kun хuddi hozirgina, хuddi
shu yerda, Dovtepa etaklarida tug‘ilgandek, endi
esa uzoq safarga otlanayotgandek edi. U chindan
ham hozir jahon bo‘ylab keza boshlaydi, chang
yutadi, tutunga to‘yadi, havoning bu qadar shirin
ekanligini bilmaydigan odamlar yoniga boradi,
charchaydi, qariydi...
Qirda bong urdi, tinch ufqlarda temir sadosi
uzoq yangrab turdi. Trassada ish tugagan edi.
Yigitlar yuvinib-taranib, endi ishga otlanganlari-
da Salim vahima хunuk хabar topib keldi: Ra’no
to‘satdan qattiq kasal bo‘lib, yotib qolganmish!
Yo‘ldosh soatiga qaradi:
– Birrov kirib ko‘rib chiqamiz!
Bu gap hammaga ma’qul tushdi. Farmo novning
hujrasiga oshхona orqali kirilar edi. Yigitlar ning
ko‘ngil so‘ragani kelishganini ko‘rib, qizining
boshida o‘tirgan Farmonovning ko‘zidan yosh
chiqib ketdi. Ra’no burchakdagi yig‘ma karavot
da yuzigacha burkanib yotardi. Uning avzoyi dan
hamma qo‘rqib ketdi: kechagi loladek yonib tur
gan Ra’no qayoqda-yu, bu qayoqda! Yuzi ni sovuq
ter bosgan, yallig‘lagan mijjalari nam, ko‘zlari-
ning oqi sarg‘aygan, isitmadan qal tirar, nafas oli
shi og‘ir, har zamonda ko‘ngli behuzur bo‘lib, tu-
rishga intilar, lekin qayt qilolmay azoblanar edi.
U kelganlarni tanimadi shekilli, ingrab to‘lg‘andi.
Kelganlar Po‘latga yo‘l berib, oldinga o‘tkazishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |