TABIIY SO’ZLASHINGIZ UCHUN HAR BIL TILGA HOS BO’LGAN IBORALARNI TO’PLAB, O’RGANIB YURING (IDIOMS). Har bir tilda o’ziga xos iboralar mavjud. Bitta o’ris tarjimon O’zbekcha “Mol kavsh qaytaryabdi” degan iborani Ruschaga to’gridan-to’gri tarjima qilib “Korova vozvrashchayet tapochki” deb yozib qo’ygan ekan… Shuning uchun ko’plab mazmunlarni chet tillarda aynan qanday ishlatilishini bilish kerak. Masalan, men ancha payt “Qosh qo’ymoqchi bo’lib, ko’z chiqarib qo’yibdi” degan O’zbekcha iborani Inglizchasini topolmay yurdim. Nihoyat yangiliklar o’qiyotganimda (Zimbabwe Iqtisodi haqida) topib oldim: “To cut the nose to spite the face” bo’lar ekan. Buni O’zbekchaga tarjima qiladigan bo’lsak taxminan “Yuzni go’zal qilaman deb burinni qirqib tashlash” bo’larkan. Shunday nozik iboralarga e’tibor berish kerak. Bunday iboralarni lug’at va kitoblardan topish qiyin, ko’pincha ularni topishning eng tez yo’li o’sha chet tilda so’zlashadigan odamga qaysi iborani tarjima qilishingizni, va o’z tilingizda bu taxminan nimani anglatishini aytishdir.
YANGI SO’ZLAR TAXTASI Darsxonangizning ko’rinib turadigan joyiga katta chizmachilik qog’ozini yopishtirib qo’ying va har kuni yangi so’z va iboralarni yozib boring. Rang barang va yorqin siyohlardan foydalaning. Katta-katta yozing. Bo’yoqlar bilan naqsh bering… Dars qilayotganda odamning ko’zlari toladi va atrofga alanglaydi – ayni o’sha paytta yangi so’zlar va o’rgangan so’zlaringizga qarab qo’yishlik bilan xotirangizda ushbu so’zlar yanada maxkamroq o’rin tutishiga imkoniyat paydo qilgan bo’lasiz. Bu “Yangi So’zlar Taxtasini” turli chizmalar bilan boyiting (yuqoridagi suratli lug’atlar kabi), va sinonimlarni orasiga yashil, antonimlarni orasiga qizil chiziqlar chizib qo’ying. Birga ishlatiladigan so’zlar orasiga esa ko’k chiziq chizing. Bu ulkan qog’oz to’lganida bir haqiqiy san’at asari vujudga keladi!
UYINGIZDAGI BARCHA NARSANI NOMLAB CHIQING! Bunisi ham juda ajoyib usul. Bilasizki hozirda sotuvda bir cheti yopishqoq qog’ozchalar sotiladi – ular asosan sariq rangda bo’ladi. Shu qog’ozchalardan bir dastasini sotib olib, uyingizdagi narsalarni nomini KATTA qilib to’q rangli siyoh bilan yozib chiqing, va o’sha qog’ozchanni o’sha buyum ustiga yoki yoniga yopishtirib qo’ying. Masalan, ESHIKka Inglizcha “DOOR” deb yozib yopishtirib qo’ying. SOATni oldiga yoki chetiga “CLOCK” deb yozib yopishtirb qo’ying. PARDA oldiga “CURTAIN” deb yozib yopishtirib qo’ying, va xokazo. Biroz vaqt o’tgandan keyin atrofga qarasangiz butun uyingiz bir ulkan DARSXONAga aylanib qoladi, shuning uchun uyingizga kiraverishga “THIS IS MY SCHOOL” deb yozib qo’ysangiz ham bo’laveradi!!!