Chet Tillarini O’rganish Usullari


CHET TILDAGI QO’SHIQLARNI TINGLAB, SO’ZLARINI TUSHUNISHGA VA YOZIB BORISHGA HARAKAT QILING



Download 160,29 Kb.
bet4/12
Sana20.12.2022
Hajmi160,29 Kb.
#891612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Chet Tillarini Organish Usullari-17

CHET TILDAGI QO’SHIQLARNI TINGLAB, SO’ZLARINI TUSHUNISHGA VA YOZIB BORISHGA HARAKAT QILING.

Ko’pchilik chet tildagi qo’shiqlarni faqat jozibasi va ohangi uchun eshitadi, lekin sizning maqsadingiz aytilayotgan gaplarni tushunish bo’lishi kerak. Bir do’stim yugurish haqida gapirib, agar odam tepalikka yugurishni mashq qilsa, tekis yo’lda unga yetadigani bo’lmaydi deb aytgandi. Haqiqatta ham shunday: odam tepalikka yugurganida (adir yoki tog’) muskullariga qo’shimcha og’irlik tushadi, va yugurishni qiyinlashtiradi. Huddi shunga o’xshab, turli sozlar ohangida aytilgan gaplarni anglab olishni o’rgansangiz, ma’ruza va suhbatlarda chet elliklarni tushunish yanada oson bo’ladi. Musiqa uskunasiga quloqqa taqadiganlarni taqib, ayni qo’shiqni tushunguncha qayta-qayta eshitish foyda beradi. Avvaliga klassik, sekinroq aytiladigan qo’shiq bilan boshlash kerak. Gaplarni eshitib tushuna olishlik juda muhimdir. Ko’p talabalar standardlashtirilgan chet tili imtixonlarida (IELTS, GMAT, va boshqalar) aynan shu borada ko’p adashadilar.




INTERNETTAN CHET TILDAGI VIDEOLARNI TOMOSHA QILING
Mening eng yoqtirgan saytlarimdan biri harunyahya.com. Bu sayttan Ingliz tilidagi qator videolarni olib, ko’rish mumkin. Videoning MP3 va boshqa ovoz tasmalaridan afzalligi shundaki, ko’p so’zlarni konteksttan, ya’ni vaziyattan kelib chiqib tushunib ketish mumkin. Buning foydasi shundaki, har bir yangi so’zga lug’at titkilab yurmaysiz.
LUG’AT BILAN ISHLASHNING BIR USULI – Mamurjon Usuli
Til o’rganuvchilar bir nechta lug’at sotib oladilar. Ko’pincha bu lug’atlar asosan kitob javoniga ko’rk berish bilan ovora bo’ladi. Ba’zan esa uyni bir burchagida chang bosib turadi. Buni ko’p kuzatganman. Odamlar kitobni shu qadar avaylaydiki, huddi yetti avlodiga yetishi kerakday. Menda unday emas. Ayniqsa gap lug’atlar haqida ketganda, talabalarga aytadigan gapim shu: lug’atni shu qadar ishlatingki, eskirib, titilib ketsin. Varoqlari eskirib, chizilaverib, buklanaverib uzilib ketsin. Bu darajada siyqasi chiqishi uchun lug’atni o’zingiz bilan ko’tarib yurishingiz kerak hamisha. Va nafaqat ko’tarib yurish, balki har qayerda bo’sh vaqtingiz bo’ldimi lug’atni ochib yangi so’zlarni yodlashga kirishing. 100000ta va undan ham ko’p so’zdan iborat ulkan lug’atlarni ko’tarib yurish juda noqulay. 7000ta so’zdan iborat kichikroq, ixchamroq lug’atlar keng tarqalgan.
Hozir men sizga yangi so’z o’rganishning Mamurjoncha usulini o’rgatmoqchiman. Qo’lingizga qalam oling, oddiy qalam. Siz bu qalam bilan hozir lug’atga chizasiz. Siyohli avtoruchka ham bo’laveradi. Havotirlanmang, bolangizga boshqa lug’at olilb berasiz. Kitobga chizish, yozish jinoyat emas (o’z kitobingiz bo’lsa albatta).
To’gri kelgan betni ochingda bilgan so’zlaringizni ostiga chizib qo’ying. Keyingi betga o’ting. 20tadan bitta bilganiz chiqyabdimi? Yo 100tadan bittami? Bo’sh vaqtingizni shu ishni takrorlayvering. Ikkinchi safar ayni betga kelganingizda avvalgi safar bilmagan so’zingizni yana bir bor ko’rasizda takror ko’rgandan keyin yod bo’lib qolganini anglab yoqa ushlaysiz… Odamda NAFS degan narsa bor, NAFSni to’g’ri ishlatsa juda foydali natijalarga olib keladi. Bu usulning mohiyati shundaki, odam chizgan sari yanada ko’proq so’zni “BILDIM” deb chizib qo’ygisi keladi. Bu NAFSning tabiiy namoyon bo’lishi. Vaqt o’tishi bilan ba’zi varaqlarda chizilmagan so’z qolmaydi. Qarabsizki bir necha oyda 7000ta so’zdan sizga notanishi deyarli qolmaydi! Ana o’shanda 100000talik lug’atni ko’tarib yurishingizga to’gri keladi.



Download 160,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish