PSIXOLOGIK DEVORNI YENGIB O’TIB…CHET TILDA TO’XTAMASDAN GAPLASHING!
Chet tillarni o’rganmoqchi odam ko’p, o’rganayotganlar ham son mingta, lekin chet tillarini bilganlar yurtimizda juda kam. Chet tilini bilish deganda, ayniqsa o’sha tilda bemalol gaplashishni nazarda tutyabman. Huddi suzishni suvda suzibgina o’rganish mumkin bo’lgani kabi chet tilda gapirishni boshqalar bilan gapiribgina o’zlashtirish mumkin. Afsuski, aksariyat yoshlar chet tillarni o’rganadiyu, lekin uni ishlatishga kelganda to’xtab qoladilar.
Masalan, yurtimizda hozir eng mashxur chet til bo’lgan Inglizchaga to’xtalaylik. Til o’rganishda psihologic bir devor borki, u odamlarni dadil so’zlashishdan to’sib turadi. Til o’rganayotgan paytida yoshlar o’zaro o’sha tilda tinmasdan gaplashishga harakat qilishlari kerak. Hatolar bo’lishi aniq, lekin bular gaplashishdan to’xtatmasligi kerak.
Til o’rganayotganlar ommaviy transportta, telefonda, va o’zaro muloqotlarda iloji boricha o’sha chet tilda so’zlashishga harakat qilishlari kerak. Shundagina jumlalar, so’zlar va iboralar hotirada yaxshi saqlanib qoladi. Yoshlarimiz o’ta uyatchan. Buning hech yomon joyi yo’q, lekin uyatchanlikning ham o’z o’rni, joyi bor, do’stlarim. Bema’ni kiyinishdan, tuturiqsiz gaplarni gapirishdan, boshqalarga xurmatsizlik qilishdan, yolg’on gapirishdan, va shu kabi illatlardan UYALISH kerak. Chet tilda gapirishdan uyaladigan bo’lsak, qanday qilib gapirishni o’rganib bo’ladi? Buni ta’lim soxasida PSIXOLOGIK BAR’YER yani DEVOR deb aytiladi. O’shani ongingizda yengib o’ttingizmi, gapirib ketasiz. Huddi yurishni o’rganayotgan murg’ak boladek ilk qadamlar qiyin bo’ladi, hatolar ko’p bo’ladi, lekin olg’a yurish kerak va zarur!
Bekatlarda va jamoat transportida vaqtingizni zoe ketkazmasdan, Chet tilini mashq qiling. Ba’zilar bunga kulimisrab qarashi mumkin, lekin barcha havas qilishi aniq!
Chet Tilni Yuqori darajada O’zlashtirganligingizning Ba’zi Belgilari:
Sanaganda o’sha tilda sanayverasiz. Ko’pchilik odamlar pul yoki narsa sanaganda o’zining ona tiliga tortib ketadi. Bu tabiiy hol. Lekin chet tilni tobora chuqur o’rgangan sari odam hatto sanashni ham adashmay chet tilida gapirib yo aqlan bajaraveradi. Fikrlashda ham shunday. Chet tilini hali yaxshi bilmagan odam avval o’z ona tilida gap tuzib oladi-da, keyin o’sha gapni chet tilga tarjima qilishga kirishadi. Chet tilini mukammal egallay boshlagan inson esa gaplarini va fikrlarini o’sha chet tilda tuzaveradi, va ikkilanmasdan, to’xtamasdan gapiraveradi. Bu juda katta ahamiyatga ega. O’lkamizning siyosiy, xalqaro iqtisodiy aloqalarida aynan mana shunday insonlarga ehtiyoj juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |