Quyidagi besh turdagi darslar ajratiladi: yangi o'quv materialini o'rganish darslari; bilim, ko'nikma va malakalarni oshirishga qaratilgan darslar; umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;birlashtirilgan darslar; bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va tuzatish darslari.Darsni modellashtirish, Zamonaviy o'qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:- dars mavzusini, maqsadini, turini va uning o'quv dasturining tarqalishidagi o'rnini aniq belgilash. Har qanday darsning tug'ilishi uning yakuniy maqsadi - o'qituvchi erishmoqchi bo'lgan narsani anglash va to'g'ri, aniq belgilashdan boshlanishi kerak; keyin vositani o'rnatish - bu o'qituvchiga maqsadga erishishga yordam beradi va keyin yo'lni aniqlaydi - o'qituvchi maqsadga erishish uchun qanday harakat qiladi.- o'quv materialini tanlash (uning mazmunini, hajmini aniqlash, ilgari o'rganilgan, tabaqalashtirilgan ish va uy vazifalari uchun qo'shimcha material bilan aloqa o'rnatish). Darsda o`quvchilarning amaliy faoliyatini rejalashtirishda o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ish sur`ati bo`yicha farqlanishini hisobga olish kerak. Har qanday talaba uchun muvaffaqiyat holati yaratilishi uchun shunday vazifalarni tanlash kerak. Darsda o`quvchilar mehnatini tashkil etish shakllarini ham o`ylab ko`rish zarur. Agar an'anaviy darsda frontal ish ko'proq qo'llanilsa, zamonaviy tipdagi darsda individual, juftlik va guruh ishlari ustunlik qiladi. Juftlik va guruhlarda ishlash talabalarni ta'lim sohasidagi hamkorlikka, o'zaro ta'sirga, rollarni taqsimlash qobiliyatiga, ya'ni o'quvchilarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga o'rgatish uchun zarurdir. Guruh ishi har xil loyihalarni yaratish uchun yaxshi. Ushbu sinfda o'qitishning eng samarali usul va usullarini, darsning barcha bosqichlarida o'quvchilar va o'qituvchilarning turli xil faoliyatlarini tanlash. Shuningdek, bugungi kunda ham an’anaviy, ham innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda texnik vositalardan foydalanmasdan zamonaviy dars qurish mumkin emas. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanganda talabalar mustaqil ravishda yangi bilimlarni olish, kerakli ma'lumotlarni to'plash, xulosalar, xulosalar chiqarish, ya'ni. mustaqillik va o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmalari va qobiliyatlari rivojlanadi. O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish shakllarini aniqlash. O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ochiq darslar o‘quv rejadagi barcha fanlardan o‘tkazilishi mumkin. Umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan o‘tkaziladigan ochiq darslarga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi. Ochiq darsni o‘tkazish to‘g`risidagi taklif pedagog kadrlar tomonidan o‘quv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma’lum qilinadi. Kafedra mudiri, ochiq darsga taklif etilishi mumkin bo‘lgan tajribali pedagoglar, etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar (tashqi ekspertlar) ro‘yhatini tuzadi hamda belgilangan jadval shaklida ochiq darsga oid zarur ma’lumotlarni o‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muoviniga topshiradi. Ochiq darslarni o‘tkazish to‘g`risidagi kafedralar takliflari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bo‘yicha umumlashtirilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq dars, odatda ikki akademik soatga mo‘ljallanadi. Ma’ruzachi savol va javoblar uchun kamida 5- daqiqa vaqt zahirasiga ega bo‘lishi tavsiya qilinadi. Ma’ruza mavzusi, uslubi, texnik vositalari ma’ruzachi tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Ochiq dars o‘tkazilishi haqidagi axborot, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida bir hafta oldin e’lon qilinadi. E’londa ochiq dars mavzusi, ma’ruzachining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq darsni o‘tkazish kuni, joyi va vaqti ko‘rsatiladi. Ochiq darsga boshqa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridan tajribali o‘qituvchilar, korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari taklif etilishi mumkin. Ochiq darsda ushbu darsni tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrantlar, aspirantlar va muhandis-pedagoglarining qatnashishi tavsiya etiladi. Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya qiluvchi o‘qituvchi, muhandis-pedagog shuningdek kasb-hunar kollej direktori hamda uning o‘rinbosarlari o‘tkazadilar, ishni yangi boshlayotgan o‘qituvchi yoki muhandis-pedagoglar ulardan mashg`ulotlar o‘tkazish metodikasini o‘rganib olishlari mumkin. Darsning stsenariyasi va rejaga o‘qituvchiga tomonidan tuziladi hamda kafedraning e’tiboriga havola qilinadi. Ochiq darslarning rejasini tuzishda, darslarning barcha turlarida samaradorligiga erishish o‘quv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi. Ochiq darslarni o‘tkazish rejasi kasb hunar kollejda rektori yoki uning o‘quv ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi Pedagogik mahoratning ishontirish va tasir etish usullari asosida norasmiy lider ongiga sezdirmasdan kirib borib, o'z ta’sirini o'tkaza olgan o'qituvchi guruh jamoasida bir xil tarbiyaviy muvozanatni saqlay oladi. Shundan keyin tarbiyaviy texnologiyaning ma’qul boigan unsurlarini modellashtirib qoilashi va cho'chimasdan tarbiyaviy faoliyat olib borib, belgilangan maqsadga erishishi mumkin. O'quvchilar jamoasida norasmiy yetakchilar bilan birga rasmiy, o'qituvchilar tomonidan tayinlangan yoiboshchilar ham mavjud. Odatda, rasmiy yo’lboshchilar tarkibini a io baholarga o'qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o'quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlami namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko'ra tengdoshlarini o'z oitlaridau ergashtiradilar. Norasmiy Iiderlaming ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o'quvchilarga jiddiy ta’sir ko'rsatadi. Shu bois sinf rahbari bilan birga o'quv muassasasi pedagogik jamoasi norasmiy liderlami aniqlab ular faoliyatini bevosita nazorat qilib borishlari zarur. O'quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aks any at holatlarda guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli guruh rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, xulq atvoridagi har bir o'zgarishni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Guruh rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to'laqonli maiumotlarga ega b oiishi, ota-onalari bilan muntazam aloqada boiishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi. O'qituvchi tarbiyaviy faoiiyatning barcha unsurlari o'zaro aloqadorligini va o'zaro bog'liqligini nazariy va amaliy jihatdan tushunishi tarbiyaviy jarayonni to'g'ri yo'naJtirishga imkoniyat beradi. Bunda pedagogikada tarbiyaviy o'zaro ta’sir ко'rsatishning shakllari, metodlari, usullari va vositalarmi ochib beradigan hamda tarbiyaviy texnologiyalaming “pedagogik vositalari”ni shakllantiruvchi faoliyati va natijalariga, tarkibiy qismlariga alohida e tibor qaratiladi. O'qituvchi, awalo, tarbiyadan kelib chiqadigan maqsadga to'g'ri baho bera olishi kerak.
5.DARSLARNI REJALASHTIRISHDA TARQATMA MATERIAL-LARNING AHAMIYATI:
Darsni mukammallashtirish, takomillashtirishning zamonaviy bosqichi yangi sharoitlarda ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarining o‘ziga xosliklarini o‘rganish bilan xarakterlanadi. Bunda darslarning samaradorligini ko‘rsatkichi o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarning o‘zinigina darajasi bilan chegaralanmaydi, balki ular tomonidan anglashning ko‘nikma va malakalarini egallashning darajasi bilan ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, shakllantirishlarini ham qo‘shib oladi. O‘quv-tarbiya muassasalari ishlash sharoitlariga va o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra imkoniyatlarini hisobga olgan holda dars o‘ziga xos xarakterda tashkil etiladi. Masalan, quyi sinflarda, ya’ni o‘quvchilarning diqqatlarini qiyosan juda ham tez qo‘shish zarur bo‘lib, darslarda o‘quv ishlarining har xil turlari, jumladan, o‘yin va mashg‘ulot xarakteriga ega bo‘lganlaridan foydalaniladi. Ta’limning birinchi bosqichida o‘quvchilar tabiiy fanlar yoki maxsus tarqatma materiallarni gerbariy va kolleksiyalar hamda o‘rganadigan fanni darslar deb yuritiladigan va izohiy o‘qish darslari o‘tkaziladi. Yuqori sinflarda o‘qituvchi tomonidan yangi materialni bayon etish darslarining (hikoya, tushuntirish yoki ma’ruza ko‘rinishidagi) roli ortadi va o‘quvchilarning mustaqil ishlari (darsliklari va o‘quv qo‘llan-malari bilan) ahamiyati oshadi, muammoviy darslarda ijodiy xarakterdagi individual (alohida holdagi) va guruhiy ishlarni bajarish keng qo‘llaniladi. IX- X sinflarda o‘quv mashg‘ulotlarining jadvaliga ikkilantirilgan darslar deb nomlanadiganlari kiritila-di. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday darslarni katta mazmunga ega bo‘lgan yangi ma’lumot asosidagi ma’ruzani o‘tkazishda, shuningdek, amaliy ishlarni, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni, praktikumlar va o‘quv sayohatlarini bajarishda qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi darslarda va kechki maktablarda hayotiy masalalarni mustaqil hal etish (ishlab chiqarish hamda turmush masalalarini ham) malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning mustaqil ishlariga keng suyanadi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish davomida ish vaqtining har bir daqiqasini qanday qadrlash va e’zozlash kerakligini yaxshi tushunuvchi balog‘at yoshidagi o‘quvchilar ba’zi hollarda darslarda vaqtlardan tejamay foydalanishning guvohi bo‘ladilar. Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan. Shu sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan. Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shartsharoitlar yaratadi, ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi. Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi. Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda. Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi motor mashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan. Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi: KASBIY TA’LIM METODIKASI 27 1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq mashg`ulotlari. 2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar. 3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari. 4. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish. 5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan buyumlarni tayyorlaydi. Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi. Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish mumkin.
Xulosa: qilib aytganda, chet tili o`qituvchisi darsni rejalashtirish va dars turlariga hamda dars hususida yuqorida keltirilgan fikrlarni hissobga olgan holda chet tili o`qitishni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog`ri tashkil qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi qilib hozirgi kunda xorijiy tillarni o’qitish metodikasi eng muhim omillardan biridir. Bu masala Respublika Xalq Ta’limi Vazirligining markazida turibdi. Umumta’lim maktablarining o’quvchilarini tarbiyalashda va ularni xorijiy tillarini mukammal bilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar xorijiy tillarni o’qitish sohasida ulkan ishlarni bajarmoqdalar. Barcha sinflar uchun o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Shunday ekan chet tili darsi boshqa o’quv predmetlardan ikki tarafi, yani dars maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi. Chet tili o‘qituvchisi darsni rejalashtirish va dars turlariga hamda chet tili darsni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog‘ri tashkil qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi. Chet tili darsini rejalashtirishda chet tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish, sinfdagi o’quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish, o‘qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko‘nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, zamonaviy chet tili darsiga qo‘yilgan asosiy talablarni bilishga e‘tibor qaratmoq kerak. Agar darsga qo’yiladigan zamonaviy talablarni sanab o’tadigan bo’lsak: 1) chet til haqida qoidalar (ma’lumotlar) ni bayon etish emas, ko’nikma va malaka hosil qilish darsining asosiy maqsadlar, 2) nutq amaliyotini mashqlarga kommunikativ yo’nalishdan nutq jarayoniga taqlid qilinadi, 3) darsda chet tili materialini metodik tashkil qilish bir butunlik shaklida ro’yabga chiqadi (nutq namunasi barcha mashqlarga asoslanib birlik hisoblanadi), 4) xar qaysi nutq faoliyati turi o’ziga mos mashqlar tizimi yordamida o’rganiladi, 5) darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi maqsadlari bo’ladi, 6) dars samaradorligi o’quvchilar faolligi bilan o’lchanadi, 7) darsda nazorat mazmuniy ruhda bo’ladi, 8) imkon boricha dars chet tilda olib boriladi, 9) o’quv materialining mazmuni, puxta ishlab chiqarilgan metodik usullar va ko’rgazmalilik yordamida o’quvchilarda qiziqish va bilimga intilish o’rgatiladi, 10) dars tarkibiy va umumtalimiy vazifa yodlab, o’quvchilar saviyasini ko’tarish, bilish maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush qo’shadigan tadbiridir, 11) dars jarayonida o’quvchilarni yoshi va tahlil bosqichi etiborga olinadi, 12) chet tili darsi nutq faoliyatini tanlashda ma’lum til materialini ko’llashning bir pag’onasidir. Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o‘qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketma-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko‘nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlash va uni bartaraf qilish yo‘llarini va tegishli mashqlarni tuza bilish lozim. Chet tilining qiyinchiliklari darslik muallifi tomonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Oʼqituvchi ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va chet tili hodisalari muqayasasini tahlil qiladi. O’sha kichik til birliklariga e’tiborini kuchaytiradi, zarur bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi. Mashqlar ketma-ketlini ta’minlash. Hozirgacha shaklllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilishi mashqlar tartibini belgilab chiqish natija beradi. Taqdim etiladigan va ilgario’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibigaa kiritish niyatida uch bosqichli –shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Darsning mashqlari talab va materialini muallim sinchiklab yaxlit qiladi. Darslikdan va o’zi beradigan mashqlar bajarilishning eng samarali tartibi ishlab chiqiladi. Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyargorlik chog’ida o’quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlariga va o’quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o’quv metodik kompleks tarkibidagi va qo’lda yasalgan audiovisual vositalarni ishlatish va ulardan foydalanishning usullari o’ylab qo’yiladi. O’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatida amal qiladigan xatti — harakatlar darsga tayyorlanish puxta o’ylab chiqiladi. O’qituvchida kasbiy pedagogik malakalar (rejalashtirishning,tadqiq etish, tashkil qilish va tarbiyalash), metodik malakalar (o’rganish tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini o’quvchilar yoshi va shaxsi xususiyatlaarini bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak. O’qituvchi rejalashtirishning malakasini egallab til materiallarini tanlash, o’rgatish, o’quvchilar bilan munosabatda bo’lish, darsni tashkil kilishga qodir bo’ladi. Zamоnaviy chеt tilini o’qitish mеtоdikasida darsni rеjalashtirish, darsga tayyorlanish masalalarini «Didaktik analiz» mоdеli asоsida yеchish tavsiya etiladi. Darsga tayyorlanishda o’qituvchi bir nеcha savоllarga javоb bеradi, qatоr qarоrlar qabul qiladi. «Didaktik analiz» mоdеli mеtоdik jihatdan asоslangan qarоrlarni qabul qilishga imkоn bеradi. O’qituvchi har bir qarоrni navbatma-navbat puхta o’ylanib оlishi mumkin bo’ladi. «Didaktik analiz» mоdеli darsga tayyorlanishda o’qituvchi qanday qarоrlar qabul qilishini va ularning kеtma-kеtliligini ko’rsatadi. Ammо o’qituvchi bundan tashqari o’quv jarayoni qanday o’tadi, dars qanday etaplarga bo’linadi, bu etaplar qanday kеtma-kеtlilikda amalga оshirilishini bilishi kerak. O’qituvchi rejalashtirish payida “O‘quvchilar nimani o’rganishi lozim?”, ”O’quvchilar nima qilishlari kerak?”, O’quvchilar qanday qilib ishlaydilar: yakka bo’lib,ikki bo’lib, uch, to’rt odamdan iborat guruhlarga bo’linibmi yoki…”,: “O’quvchilar faoliyati nima bilan nimaning yordamida amalga oshadi?”, darsga qanday o’qitish vositalari, yordamchi vositalar bilan materiallar o’quvchilarga taqdim etiladi (magnitafon, qarta va h.k), “O’qituvchi nima qilish kerak?” savoliga javob berish hamda ushbu savollarga yechim topishi lozim. Shunda dars maqsadida yetladi. Chet til o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadlarning ko’ngildagidek ro’yobga chiqishda o’quv jarayonini to’g’ri rejalshtirish ulkan axamiyat kasb etadi. Rejalashtirish o‘rta makablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o‘rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. Rejaning qaysi tipi bo‘lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o‘quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida ma‘lum bir davrga bo‘lib o‘rganishni taqazo etadi va tegishli ko‘nikma va malakalarni o‘stirishni nazarda tutadi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o‘z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo‘linadi. Unda o‘rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o‘rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko‘lami, nutq shakllarining o‘sish darajasi, o‘tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta‘kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog‘i lozim. Agar biron bir sababga ko‘ra rejaga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o‘z aksini topishi kerak. Chet tili o‘qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o’qituvchi zarur hollarda unga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma‘lum mavzuni o‘rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir Xulosa qilib aytganda o’qituvchining har bir metodik dars etaplariga yondashishi maksimal o’ylangan va maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan bo’lishi shart. Har bir o’quvchining amaliyotida qo’llanishi kerak bo’lgan mashqlar uning Bilim, Malaka, Ko’nikmalarini rivojlantirib boradi. Dars qancha turlicha loyihalansa, bir-biridan farq qilib, o’quvchining qiziqtira olsa, bu o’qituvchining ijodiy yondoshishi mahsuli bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |