2. Tematik rejalashtirish:
Kundalik reja quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1.ma`lum bir dars yakunida nimaga erishishni;
2.qo`yilgan vazifani amalgam oshirish uchun qanday til materialini o`rganishni;
3.belgilangan maqsadga erishish yo`llarini aniqlashni.
Kundalik rejada dars mavzusi, maqsadlari, jihozlanishi va darsni tashkil qilish bosqichlari o`z ifodasini topadi.
Dars strukturasiga quyidagilar kiradi:
Darsning boshlanishi (tashkiliy davr, davomatni aniqlash, til muhitini hosil qilish);
Fonetik mashg`ulot o`tkazish (ayrim qiyin bo`lgan tovushlar ishtirok etgan so`zlarni o`qishni mashq qilish, she`r yoki ingliz tilidagi avval o`rganilgan ashulani qaytarish va h. k.)
Uy vazifasini tekshirish;
Yangi o`quv materialini dars jarayoniga kiritishning texnologik ketma-ketligi (u til materialining berilish ketma-ketligi, mashq qilish va nutqiy vaziyatlarda qo`llash bosqichlarini o`z ichiga oladi)
Baholash;
Uy vazifasini berish (har bir vazifa o`quvchilarga tushuntirib berilishi lozim)
Dars oxiri.
Chet tili darsi haqida ko`plab monografiyalar va maqolalar yozilgan. Ularga misol qilib Kazantsev I. N. , Rogova G.V.larning ishlarini va “Inostranniye yaziki v shkole” jurnallarida chop etilgan maqolalarni keltirish mumkin. Chet tili darsining mazmuni va mohiyati hususida pedagogik adabiyotlarda ko`plab ma`lumotlar berilgan. M. A. Danilov darsning muvaffaqiyati uchun quyidagilar muhimligini aytadi:
dars mazmuni va maqsadi o`quvchilarning yosh hususiyarlariga mos kelishi kerakligi;
darsning talimiy va tarbiyaviy tomonlarining birligi;
darsning barcha bosqichlarida o`quvchilarning faolligi;
darsning har bir daqiqasidan samarali foydalanish;
darsni tegishli jihozlash;
dars oxirida uning natijasi sezilarli bo`lishi.
A. I. Kochetovning fikricha darsda ta`limiy maqsadni tarbiyaviy maqsadga bo`y sundirilishi, kollektiv (jamoaviy) va individual ish shakllarining birligi turli metodlarning qo`llanishi, xotira, diqqat va tafakkurni o`stirish qonuniyatlarini hisobga olish kerak.
N. I. Vershagina va F.M. Rabinovich darsni yana ham kengroq xarakterlaydi. Ular dars oldiga quyidagi vazifalarni qo`yishadi:
o`quvchilarning nutq faoliyatini o`stirish
dars maqsadiga erishish yo`lidagi ketma-ketlilik
nutq faoliyati stimullarining rang – barangligi
qo`llaniladigan usullardagi samaradorlik va aniqlik
o`quvchilarning dars maqsadini va uning bosqichlari vazifalarini aniq bilishi, individual va jamoaviy ish shakllarini qo`shib olib borish
o`quvchilarning qiziqishlarini susaytirib yubormaslik, ularning shahsi va his-tuyg`ulari bilan hissoblashish
ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarni darsda hal qilish.
Tarbiyalash va 0 ‘qitish, garchi ilm-fan ulami farqlasada, bir-biriga bog‘liq va ko‘p umumiylikka ega Shu ma’noda uzoq tarixga ega millatimiz ‘'ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta ’limdan ajratmagan - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” (I.A.Karimov.). 0‘qitishning mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar. ma’naviy boyliklar ustunlik qiladi. 0 ‘qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash esa, birinchi navbatda, shaxsning doimiy iste’mol sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qaramay, bu o‘ziga xos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ulami tarbiya nazariy asida va didaktika (taiim jarayoni)da alohida ko'rib chiqadi. Bunda 0 ‘qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamoyil va, ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlitligi ta’minlanadi. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu qda muhim o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” mahnosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volg‘fgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf- Tayanch tushuncha va iboralar: Didaktika, fan, texnika, fikrlash operatsiyalari, ta’lim-tarbiya, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish, dunyoqarashni, ishonch, e’tiqod, tarbiyalash, ichki imkoniyat, qobiliyat, rag‘batlantirish, qiziqtirish, savol, topshiriq, muammo. 30 dars tizimi borasida so‘z yuritadi.Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Xozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika qsi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning Ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obhekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida ehtirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, yahni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb ehtirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p. Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, yahni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar etakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini tahminlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, Ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |