Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish muammolari Mundarija I bob. Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish institutining nazariy



Download 133,76 Kb.
bet14/16
Sana13.07.2022
Hajmi133,76 Kb.
#789755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ARBITIR FINAL

Uchinchidan: Navbatdagi masala da’vo muddati bilan bog‘liqdir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining
248-moddasiga ko‘ra, Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin. Yuqoridagi 3 yillik muddatni uzaytirishni taklif qilaman. Negaki, arbitraj qarori qabul qilinganidan so‘ng javobgar tomon majburiyatlarini 3 yil ichida qisman bajarib da’vo muddati o‘tgandan keyin esa majburiyatlarni bajarmasligi mumkin. Bunday holatda da’vo muddati o‘tgan tomon sudga murojaat qilganda uning bu arizasi da’vo muddatini qo‘llash orqali rad etilishi mumkin.
Xorijiy tajribaga tayanadigan bo‘lsak, Filippin qonunchiligiga ko‘ra chet el arbitraj qarorlarini tan olinishi va ijro etish bo‘yicha da’vo muddati 3 yil etib belgilangan.
Yuqoridagi holatlarni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 248-moddasida 3 yillik umumiy da’vo muddatini uzaytirishni taklif qilaman. Ushbu taklifimni huquqiy jihatdan ham asosga ega xususan Fuqarolik kodeksining 151-moddasida ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 248-moddasining 4 bandini quyidagi tahrirda qabul qilinishi maqsadga muvofiq: “Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin”
To‘rtinchidan, arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bilan bog‘liq arizalarni ko‘rayotgan ko‘pchilik sudyalar ijro etish bilan bog‘liq xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari haqida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emaslar. Va natijada sudyalar tomonidan turli xil qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Buning yechimi sudyalarni xorijiy sud qarorlari va arbitraj qarorlarni tan olish mexanizmlari bo‘yicha xalqaro shartnolalar va konvensiyalarni qo‘llash asosida malakarini oshirish ishlarini amalga oshirilishi kerak.


Xulosa.
Dissertatsiya mavzusi doirasida olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi nazariy xulosalarga kelindi va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan hamda amaliy takliflar ilgari suriladi.
Nazariy xulosalar.
Arbitraj — doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, nizoni hal etish tartib-taomili
Chet davlat sudi – sud hokimiyatini amalga oshiruvchi xorijiy davlat organi.
Arbitraj sudi– alohida har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi arbitraj organi tushuniladi.
Arbitraj kelishuvi (bitimi) –– ikki yoki undan ortiq taraflar o'rtasidagi nizolarni muqobil hal qilishni taklif qiladigan yuridik jihatdan majburiy shartnomadir. Tomonlar arbitraj kelishuvini imzolaydilar va nizo kelib chiqsa, nizolarni arbitraj muhokamasida hal qiladilar.
O‘zbekistonda xorijiy sudlar va xalqaro arbitrajlarning qarorlarini tan olish va ijro etish borasidagi huquqiy bo‘shliqlarga yechimlar.
Birinchidan. O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik tizimida xorijiy davlat sudlarining qarorlari va arbitrajlarning qarorlarini tan olish mexanizmining yagon hujjatga jamlagan normativ huquqiy hujjatni qabul qilishni taklif qilaman.
Ikkinchidan. Bugungi kunda chet el sud qarorlarini va arbitraj qarorlarini ijro etish bo‘yicha bir qancha qonun hujjatlari mavjud bo‘lib ularning huquqiy asoslari belgilanganiga qaramasdan ijro etuvchi organlarining ijro etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi holatlari kuzatilmoqda. Natijada ijro etish funksiyasini xususiylashtirish zamon talabiga aylanib bormoqda. Xuddi shu taklifning taqozosi o‘laroq, “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida 18-masad sifatida Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash. Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish belgilangan.
Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud hujjatlaridan tashqari) xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish maqsad qilingan. Bunday vaziyatda xorijiy sudlarning qarorlari va arbitraj qarorlarini ijro etish bo‘yicha majburiy ijro buyrosining vakolatlarini xususiy tashkilotlarga berishni taklif qilaman. Bu o‘zgartirish orqali xorijiy sudlarning qarorlari va arbitraj qarorlarini ijro etish muddatlari yanada qisqarishiga olib keladi va bugungi kunda bunday xususiy tashkilotlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 249-moddasida Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza arizachi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi bo‘yicha yoxud, agar qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi noma’lum bo‘lsa, qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha beriladi deyilgan . Amaliyotda esa qarzdorning aniq manzili yoqligi uchun ushbu masala bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqarmoqda. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 249-moddasini quyidagi tahrirda qabul qilishni taklif etmoqchiman. “Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza arizachi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi bo‘yicha yoxud, agar qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi noma’lum bo‘lsa, qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy yoki uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sud bo‘yicha beriladi”


Download 133,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish