Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish muammolari Mundarija I bob. Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish institutining nazariy


Arbitraj muhokamasini o‘tkazish bosqichlari22



Download 133,76 Kb.
bet8/16
Sana13.07.2022
Hajmi133,76 Kb.
#789755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
ARBITIR FINAL

Arbitraj muhokamasini o‘tkazish bosqichlari22;
Tomonlar o‘rtasida nizo kelib chqadigan bo‘lsa, o‘zaro kelishuvga muvofiq nizo arbitraj muhokamasida ko‘rib chiqiladi. Yagona arbitr yoki bir nechta hakamlar bo'lsa tayinlangandan so‘ng arbitraj muhokamasi boshlangan deb hisoblanadi. Hakamlik muhokamasi boshlanganidan so'ng, agar arbitr yoki arbitrlar arbitraj kelishuvida ko'rsatilgan masalani noaniq bo‘lib, uni oydinlashtirish zarur deb topsa, tomonlar qo'shimcha arbitraj bitimi tuzadilar. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, tomonlar nizoni hal qilish uchun arbitrajga murojaat etgan kundan va Arbitrajning boshlanish kunidan boshlab garchi nizo arbitraj sudiga tegishli bo'lmaganligi sababli tugatilgan bo'lsa ham, da'vo muddati o‘tishi to‘xtaydi.
Agarda tomonlarda arbitrlarga nisbatan o‘z e’tirozlari bo‘lsa, yoki arbitraj kelishuvining haqiqiy emasligi bo‘yicha da’volari bo‘lsa, arbitraj muhokamasi boshlanganidan keyin birinchi shu masala hal qilinishi lozim.
Arbitr rad etilgan taqdirda sudya tomonlarning roziligiga ko‘ra boshqa arbitr bilan almashtiriladi.
Bundan tashqari tomonlar arbitraj kelishuvining haqiqiy emasligi bo‘yicha vakolatli sud organiga murojaat qilishlari mumkin.
Arbitrni rad etish bo‘yicha talab qabul qilinmagan taqdirda arbitraj muhokamasi normal tarzda davom etadi.
Arbitrlar arbitraj kelishuvida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arbitraj muhokamasini o‘tkazadilar. Agarda arbitraj kelishuvida hech qanday qonunlar belgilanmagan bo‘lsa, arbitr tomonlar bilan kelishib o'zi kerakli deb hisoblagan qonun asosida arbitraj muhokamasini olib boradi.
Arbitraj muhokamasi qonuniylik tomonlarning tengligi, arbitraj sudyasining xolisligi va qaror qabul qilish erkinligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Tomonlar o‘z nomida sudda harakat qilishlari uchun advokatlarni yollashlari mumkin. Va bunga arbirtlar tomonidan qarshilik qilinmaydi.
Arbitrlar nizo bo‘yicha protsessual ish boshlangandan keyin imkon qadar tomonlarni yarashtirishga harakat qiladi.
Arbitrlar taraflar va guvohlarning ko’rsatuvlarini tinglashi, ekspertlar xulosasini o‘qib eshittirishi hamda zarur deb topilgan boshqa dalillarni taqdim etish to’g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Tomonlar va guvohlarning ko'rsatmalari tomonlarga yozma ravishda oldindan e'lon qilingan joylarda, sanalarda va soatlarda olinadi va bunday ko'rsatuvlar to'g‘risidagi yozma bayonnoma tuzilib ushbu bayonnoma taraf yoki guvoh yoki tomonlarning iltimosiga binoan hakamlar tomonidan imzolanadi.
Agar taraf uzrli sabablarsiz shaxsiy guvohlik berish bo‘yicha arbitraj talabini bajarmasa, arbitr qaror chiqarishda bunday xatti-harakatni tegishli tarzda e'tiborga oladi.
Agar guvoh, guvohlik berish bo‘yicha arbitraj talabini bajarmasa, arbitraj sudi raisi arbitraj kelishuvi mavjudligini tasdiqlovchi dalillarga ko'ra, mahalliy sudga majburiyatni bajarmagan guvohni majburiy keltirish bo‘yicha talab kiritishi mumkin.
Tomonlardan birining arbitraj talablarini bajarmasligi arbitraj hal qiluv qarorini qabul qilishga to'sqinlik qilmaydi.
Agar arbitraj muhokamasi jarayonida arbitr almashtirilsa, u o'z xohishiga ko'ra dalillar qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Ba’zi holatlarda sharoit taqozosi bilan tomonlar arbitraj muhokamasi boshlanishidan oldin suddan vaqtincha himoya choralari va shoshilinch yordam so'rashlari mumkin. Agar vaqtincha himoya choralari va shoshilinch yordam bo‘yicha qaror kuchga kirgan kundan boshlab manfaatdor shaxs 30 (o'ttiz) kun ichida arbitraj sudiga ariza bermasa, sud tomonidan berilgan vaqtinchalik choraning amal qilishi to'xtatiladi. Arbitraj muhokamasi boshlangandan so'ng, hakamlar sud tomonidan berilgan vaqtinchalik yoki shoshilinch choralarni saqlab qolish, o'zgartirish yoki bekor qilish vakolatiga ega bo'ladi. Agarda arbitraj muhokamasi allaqachon boshlangan bo'lsa, majburiy va shoshilinch yordam to'g‘risidagi ariza to'g‘ridan-to'g‘ri arbitrajga taqdim etiladi.
Arbitraj sudining hal qiluv qarori tomonlar belgilagan muddatda qabul qilinadi. Agar muddat belgilanmagan bo'lsa, arbitrajning hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi boshlangan kundan yoki hakamlik sudyasi almashtirilgan kundan boshlab olti oy ichida qabul qilinadi. Ba’zi holatlarda Tomonlar va hakamlar o'zaro kelishuvga binoan yakuniy qarorni topshirish muddatini uzaytirishi va buning o‘rniga qisman qarorlar chiqarilishi mumkin.
Arbitraj sudining qarori yozma shaklda bo'lishi kerak. Agar bir nechta arbitr bo'lsa, qaror ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ko'pchilik hal qilmasa, arbitraj sudi raisining fikri ustunlik qiladi. Qaror quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:

  1. Tomonlarning nomlari va nizoning qisqacha mazmuni;

  2. Nizoni tegishli tahlil qilgan holda qarorning asoslari

Arbitrlar masalalarni hal qilishlari va vaziyatga qarab qarorni bajarish muddatini belgilashlari shart. Arbitraj sudining hal qiluv qarori arbitrlar tomonidan imzolanadi. Agar bir yoki bir nechta arbitr qarorni imzolay olmasa yoki imzolashdan bosh tortsa, hakamlik sudining raisi bunday faktni tasdiqlaydi.
Hal qiluv qarorda taraflarning arbitraj uchun qilgan xarajatlari ularning majburiyatlari, shuningdek, agar mavjud bo'lsa, arbitraj bitimi qoidalariga rioya qilish, noto'g‘ri xatti-harakatlar natijasida kelib chiqadigan har qanday zararni qoplash to'g‘risida qaror qabul qiladi. Agar arbitraj muhokamasi davomida taraflar kelishuvga erishgan bo‘lsa, arbitr taraflarning iltimosiga ko‘ra yuqoridagi talablarni o‘z ichiga olgan holda arbitraj hal qiluv qarorini chiqarishi mumkin. O‘z navbatida arbitraj sudining hal qiluv qarorining chiqarilishi arbitraj muhokamasining tugashini anglatadi. Arbitr hal qiluv qarorining nusxasini taraflarga pochta orqali yoki boshqa aloqa vositalari orqali, tasdiqlovchi tilxat bilan yoki tomonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘li bilan qaytarib yuborish kvitansiyasi bilan yuborishi shart. Sud qarori olinganidan keyin darhol besh kun ichida va boshqa tomonni xabardor qilgandan so'ng, manfaatdor tomon arbitraj sudiga, qarordagi texnik xatolarini tuzatishni yoki arbitraj qaroridagi har qanday noaniqlik, shubha yoki qarama-qarshiliklarga aniqlik kiritish yoki hal qilinishi kerak bo'lgan o'tkazib yuborilgan masala bo'yicha qaror qabul qilish bo‘yicha talab yuborishi mumkin.
Shundan so’ng arbitraj sudi 10 (o'n) kun ichida yoki taraflar tomonidan kelishilgan muddatda hal qiluv qaroriga o'zgartirish kiritish to'g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda taraflarga xabar qilinadi. Qaror taraflar va ularning vorisi uchun mahalliy sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi. Arbitrajning hal qiluv qarori aritraj kelishuvi haqiqiy emasligi, Arbitraj kelishuvi chegarasidan oshib ketganligi, yoki sifatida arbitr sifatida ishlay olmaydigan shaxs tomonidan tuzilganligi, tovlamachilik yoki korrupsiya orqali qabul qilinganligi aniqlansa, u haqiqiy emas deb topiladi. Manfaatdor shaxs vakolatli sud organiga yuqorida nazarda tutilgan hollarda arbitraj sudining hal qiluv qarorini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha o‘z vajlari bayon etilgan ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar ariza qanoatlantiriladigan bo‘lsa, arbitraj hal qiluv qarori bekor qilinadi hamda yangi ajrim chiqarish to'g‘risida qaror qabul qilinadi. Agarda arbitr arbitrajga taqdim etilgan barcha masalalar bo'yicha qaror qabul qilmasa, manfaatdor tomon qo'shimcha arbitraj hal qiluv qarorini chiqarish to'g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.

Download 133,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish