Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish muammolari Mundarija I bob. Chet el sudlari va Xalqaro arbitraj sudlarning qarorlarini tan olish hamda ularni ijro etish institutining nazariy


§ Xorijiy sudlarida qo‘llaniladigan huquqiy manbalari tizimi va uning asosiy prisiplari



Download 133,76 Kb.
bet9/16
Sana13.07.2022
Hajmi133,76 Kb.
#789755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
ARBITIR FINAL

1.2§ Xorijiy sudlarida qo‘llaniladigan huquqiy manbalari tizimi va uning asosiy prisiplari.
Quyida xalqaro tijorat arbitrajlari va nizolarning hal etilishiga oid jahonning ko‘pgina mamlakatlari ishtirok etadigan eng muhim konvеnsiya va hujjatlarni sanab o‘tamiz:
1.1923yilda Jеnеva shahrida qabul qilingan arbitraj izohlari to‘g‘risidagi eng dastlabki hujjat – Jеnеva protokoli. Ushbu protokol qabul qilinishi bilan arbitraj izohlarini davlatlar tan olishi uchun huquqiy asos yaratildi. Ushbu protokolni qabul qiluvchi davlatlar oʻzlari rahbarlik qilayotgan davlatda quyidagi qoidalarni qabul qilishlarini majburiyatini olganlar. Xususan, tijorat shartnomalaridagi arbitraj izohlarni o‘z hududlarida tan olish majburiyatini oladilar. Ushbu davlatlar shartnoma taraflari shartnomada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha kelishmovchiliklarni arbitrajga topshirishga rozi bo‘ladilar. Arbitrajlar tomondan nizoli masala yuzasidan chiqarilgan qaror, yuqoridagi davlatlar ushbu qarorni o‘z hududlarida tan olish majburiyatini oladilar. Ushbu protokolda bundan tashqari arbitraj jarayonlari tomonlardan hech biri yurisdiktsiyasiga bo'ysunmaydigan mamlakatda bo'lishi kerakligi belgilandi. Bundan tashqari ushbu protokolda arbitraj sudining protsessual qoidalari, shu jumladan hakamlik sudining ustavi, tomonlarning xohish-irodasi va arbitraj sudi o'tkazilayotgan mamlakat qonunchiligi bilan tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagi davlatlar qabul qilingan arbitrajlar tomonidan qabul qilingan qarorlarining ijrosini maxsus organlar tomonidan milliy qonunchiligi qoidalariga muvofiq o‘z hududida ta’minlash majburiyatini oladi23.
2) xorijiy mamlakatlardagi arbitraj qarorlarini majburiy bajarish to‘g‘risidagi 1923-yilgi Jеnеva konvеnsiyasi. Unga ko‘ra, Jеnеva protokolini imzolagan davlatlar ushbu konvеnsiyani ham tan oladilar;
3) arbitraj tomonidan chiqarilgan qarorlarini tan olish va ijro qilish to‘g‘risidagi Nyu-York konvеnsiyasi. U 1958-yilda qabul qilingan. Bu konvеnsiya jahon miqyosida eng keng tarqalgan hujjat ekanligi bilan ajralib turadi24;
Ushbu xalqaro konvensiya arbitraj qarorlarini mamlakatlar hududida bir xilda tan olish va ijro etish masalalarini yoritib beradi. Ushbu konvensiya 16-moddadan iborat. Ushbu konvensiyalarning moddalarida belgilangan tartiblar haqida qisqacha ma’lumotlar beradigan bo‘lsak, ushbu konvensiyaning birinchi moddasida konvensiya bilan tartibga solinadigan sohalar yoritib berilgan. Xususan, unda belgilanishicha, “Ushbu Konventsiya arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish talab qilinayotgan davlatdan boshqa davlat hududida chiqarilgan hamda jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan kelib chiqadigan arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishga nisbatan qo‘llaniladi. U, shuningdek, ularni tan olish va ijro etish talab qilinayotgan davlatning ichki qarorlari hisoblanmaydigan arbitraj hal qiluv qarorlariga ham tatbiq etiladi”. Birinchi moddaning ikkinchi qismida esa yuqorida biz tahlil qilgan “arbitraj qarorlari” tushunchasiga ta’rif berilgan xususan “arbitraj qarorlari” atamasi nafaqat har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitrlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni, balki taraflar taqdim etgan doimiy faoliyat yurituvchi arbitirlik organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu konvensiyaning ikinchi moddasiga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unga ko’ra ushbu konvensiyani ratifikatsiya qiluvchi davlatlar o‘z onunchiligi orqali qaysi ishlarni arbitraj muhokamasi orqali hal etishni belgilash majburiyatlarini oladilar. Unga ko’ra “Ushbu konvensiyani imzolovchi har bir Davlat tomonlar arbitraj obyekti bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlar bilan ular o'rtasida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday nizolarni arbitrajga topshirish bo‘yicha yozma shakldagi kelishuv yoki bitimni tan oladilar”. "Yozma shakldagi kelishuv yoki bitm" tomonlar imzolagan yoki xatlar yoki telegrammalar almashinuvida mavjud bo'lgan shartnoma yoki arbitraj kelishuvi hisoblanib u o‘z ichiga arbitraj bandini qamrab oladi. Ushbu konvensiyani imzolovchi har bir Davlatning sudlariga, agar tomonlar arbitraj bitimi tuzilgan masala bo'yicha da'vo kelib tushsa, agar mazkur arbitraj bitimi haqiqiy emasligi o‘z isbotini topmasa, tomonlarning birining iltimosiga binoan nizoni ko‘rib chiqish uchun arbitrajga yuborishi kerak. Ushbu konvensiya asosida Har bir Davlat arbitrajlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni majburiy kuchga ega qaror sifatida tan olish talab etiladi. Hamda ularni qaror qabul qilinadigan hududning ish tartibi qoidalariga muvofiq, quyidagi moddalarda belgilangan shartlar asosida ijro etadi. Bundan tashqari mahalliy va xorijiy arbitrajlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni tan olish va ijro etish nisbatlari ham belgilangan. Unga ko‘ra, ushbu Konventsiya asosida arbitraj qarorlarini tan olish yoki ijro etish uchun mahalliy arbitraj hal qiluv qarorlarini tan olish yoki ijro etishga qaraganda og‘irroq shartlar yoki yuqoriroq yig‘imlar yoki yig‘imlar belgilanmaydi. Shu orqali mahalliy va xorijiy arbitrajlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni tan olish va ijro etishda tenglik prinsipiga rioya qilinishi belgilangan. Konvensiyaning 4-moddasida arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha mahalliy sudlarga taqdim etilishi kerak bo‘lgan ilova hujjatlar ro’yxati berilgan bo‘lib, unga ko‘ra tan olish va ijro etish to'g‘risida ariza bergan tomon ariza berish vaqtida quyidagilarni taqdim etishi kerak:
(a) tegishli tarzda tasdiqlangan arbtrajlar tomonidan qabul qilingan asl nusxadagi qaror yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
(b) tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi.
Agar da’vogar tomonidan taqdim etilgan qaror yoki bitim qaror qabul qilingan davlatning rasmiy tilida tuzilmagan bo'lsa, qarorni tan olish va ijro etish uchun ariza bergan tomon ushbu hujjatlarning ushbu tilga tarjimasini taqdim etish talab etiladi. Buning uchun da’vogar qaror qabul qilgan arbitrajga bu bo‘yicha rasmiy talab kiritadi. Arbitraj tomonidan berilgan qarorning tarjima matni diplomatik yoki konsullik idoralari tomonidan shahodatlanadi.
Nyu-York konventsiyasining V moddasida (xorijiy) arbitraj qarorlarini tan olmaslik uchun eksklyuziv asoslar nazarda tutilgan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro etish faqat sud qarori da'vo qilinayotgan tomon Nyu-York konventsiyasining V moddasida sanab o'tilgan cheklangan asoslardan birini isbotlagan taqdirdagina rad etilishi mumkin. Shunday qilib, Nyu-York konventsiyasining V moddasini shartnomaning o'zagi deb hisoblash mumkin.
Nyu-York konventsiyasining V moddasi bo'yicha ko'plab sud jarayonlari mavjud bo'lsa-da, ijro sudlari odatda shartnomaning asosini tashkil etuvchi "arbitraj falsafasi" ga muvofiq tegishli arbitraj qarorini tan olish foydasiga qaror qiladilar25.
Nyu-York konventsiyasiga muvofiq, agar taraflardan biri quyidagi holatlarni isbotlasa, arbitraj qarori tan olinmasligi va ijro etilmasligi mumkin:
.Xususan;
1) Agar II-moddada ko'rsatilgan shartnoma tuzuvchi tomonlarga nisbatan qo'llaniladigan qonun bo'yicha muomalaga layoqatsizligi aniqlangan bo‘lsa yoki chiqarilgan qaror u chiqarilgan mamlakat qonuniga muvofiq haqiqiy hisoblanmasa, tan olinishi yoki ijro etilishi rad qilinishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, Nyu-York konventsiyasining V(1)(a) moddasida taraflar arbitraj qarorining tan olinishi yoki ijro etilishini rad etishi mumkin bo'lgan ikkita asosni nazarda tutiladi; birinchi asos taraflarning muomalaga layoqatsizligi va ikkinchi asos: arbitraj kelishuvining haqiqiy emasligi.
Garchi Nyu-York konventsiyasida “muomalaga layoqatsizlik” tushunchasiga t’liq ta’rif berilmagan bo‘lsada, bu tushuncha odatda tomonlardan birida yoki ikkolovida ham shartnoma tuzish huquqining yo‘qligi sifatida talqin qilinadi. Muomalaga layoqatsizlik jismoniy, yuridik yoki davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu "subyektiv arbitrajlik" deb ataladi.
Jismoniy shaxslar uchun muomalaga layoqatsizlik o'z fuqaroligi bo'lgan davlat qonunlari bilan tartibga solinadi. Yuridik shaxslar uchun layoqatni aniqlash uchun amaldagi qonun ta'sis etilgan yoki faoliyat yuritayotgan joyning qonuni orqali aniqlanadi. Jismoniy shaxslarning muomalaga layoqatsizligi bilan bog‘liq holda, arbitraj kelishuvi taraflaridan biri voyaga etmagan yoki boshqa aqliy qobiliyatga ega bo'lmaganligi sababli arbitraj sudining qarorini ijro etmaslik to'g‘risida sud amaliyoti mavjud emas.
Yuridik shaxslarning muomalaga layoqatsizligi sababli arbitraj qarorlarini ijrosini rad etish bo‘yicha sud amaliyotidan misol keltiradigan bo‘lsak, sudlar quyidagi holatlarda yuridik shaxslarni muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin;
Yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi shaxs arbitraj bitimini tuzish bilan bog‘liq vakolatlarining yo'qligi,
Yuridik shaxs vakilining ishonchnomasi yoki kompaniya nomidan ish yuritish kabi masalalarni tasdiqlaydigan hujjatlarni mavjud emasligi kabi holatlarni misol qilishimiz mumkin.
1998 yilda Germaniya Oliy sudida ko'rilgan ishda yuridik shaxsning muomalaga layoqatsizlik holati isbotlanib arbitraj qarorini ijro etish rad etilgan.
Agar tomonlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik kelishuvini tuzish bo‘yicha muomala layoqatiga bo'lmasa yoki hakamlik kelishuvi sud qaroriga muvofiq haqiqiy emas deb topilgan bo'lsa, ushbu arbitraj qarorini tan olish va ijro etishni sud rad etishi mumkin.
Shu o‘rinda, Tomonlarning vajlarini isbotlash masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, umuman olganda, ijroga qarshilik ko'rsatuvchi tomon isbotlash yukini o'z zimmasiga oladi. Biroq, ba'zi hollarda, ijro sudlari bu majburiyatni tan olish yoki ijro etishni so'ragan tomon zimmasiga yuklaydi va unga arbitraj bitimi haqiqatan ham haqiqiy ekanligini isbotlashni talab qiladi26.
2) Javobgar arbitr tayinlanganligi yoki arbitraj muhokamasi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z ishini taqdim eta olmagan bo‘lsa, qarorni ijro etish rad etilishi mumkin. Arbiraj muhokamasini o‘tkazish uchun tomonlarning sud majlisida hozir bo‘lishi majburiy shart hisoblanadi.Agarda tomonlardan biri arbitraj kuni va joyi to’g‘risida tegishli tartibda xabardor qilinmasdan o’tkazilgan sud majlisi, o‘z o‘zidan haqiyqiy bo‘lmagan sud hiosblanadi va chiqarilgan qaror hech bir tomon uchun yuridik oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Shunday vaziyatda qabul qilingan qaror mahalliy sudlar tomonidan ham tan olinmaydi. Buning uchun tomonlar o‘z vajlarini isbotlab berishi talab etiladi.
3) Tomonlar tuzgan arbitraj kelishuvida yoki shartnomada qaysi nizolar arbitrajlarda ko‘rilishi belgilab qo‘yiladi. Ba’zan ayrim turdagi nizolar mahalliy sudlarda ba’zi nizolar esa arbitrajlarda hal etilishi mumkin. Bunday vaziyatda ba’zan arbitraj sudlari nizo predmetiga kirmaydigan masalalar hal etilishini guvohi bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatida arbitraj kelishuvi hamda shartnomasiga zid holat hisoblanadi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda Nyu York konvensiyasining beshinchi moddasida quyidagi tartib belgilangan shartnomada nazarda tutilmagan yoki arbitrajda muhokama qilinmaydigan nizolar yoki arbitrajga taqdim etish doirasidan tashqaridagi masalalar bo'yicha qarorlar ijro etilishi rad etilishi mumkin.
4) arbitraj organining tarkibi tomonlarning kelishuviga muvofiq bo'lmasa, yoki hakamlik muhokamasi o'tkazilgan mamlakat qonunchiligiga mos kelmasa, arbitraj qarori tan olinmasligi yoki ijro etilmasligi mumkin.
Ushbu tartib arbitrlarning tarkibiga qaratiladi. Nyu-York Konventsiyasining V(1)(d) moddasida taraflar o‘zaro kelishuv asosida arbitrlar tarkibini tuzishlari belgilangan. Unga ko‘ra tomonlardan bir bu masalani yakka o‘zi hal etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dunyoning ko'plab mamlakatlari qonunchiligida o‘zaro kelishilmagan Arbitraj sudining qarorini tan olish va ijro etish rad etiladi. Biroq, amaliyotda, arbirajlarning noto'g‘ri tarkibi juda kam hollarda Nyu-York konventsiyasining buzilishi sifatida qabul qilingan. Binobarin, arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijro etishni rad etish ushbu aniq asosga asoslangan juda kam sonli holatlar mavjud.
Shuning uchun quyidagi hollar arbitraj tarkibi kelishilmagan deb hisoblanib sudlar tomonidan qarorlarni ijro etish rad etilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Shartnomada Tomonlar tayinlagan shaxs arbitrlarga raislik qilishi belgilangan bo‘lsa-da, lekin sud bir tomonning arizasiga binoan raisni belgilagan bo‘lsa, arbitraj tarkibini buzilgan deb topiladi27.
ikki tomon tomonidan tayinlangan arbitr uchinchi hakamni tayinlamagan, holbuki tomonlar uchta hakamdan iborat sudga kelishib olishgan bo‘lsa, bu holat ham arbitraj tarkibini buzish deb qabul qilinadi hamda qarorlarni ijro etish rad etilishiga asos bo‘ladi28
4) Sud qarori taraflar uchun hali majburiy kuchga ega bo‘lmasa yoki ushbu qaror chiqarilgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan yoki to'xtatib qo'yilgan bo‘lsa yoki mamlakatning qonunchiligiga zid bo‘sa, qarorlarni ijro etish rad etilishiga asos bo‘ladi.
Arbitraj tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘z mazmuniga ko‘ra, yakuniy kuchga ega bo‘lishi, tomonlar o‘rtasida huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarishi kerak. Ba’zi holatrlarda aritrajlar tomonidan yakuniy kuchga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik buyruqlar chiqarilishi uchrab turadi. Bu kabi qarorlar mahalliy sudlar tomonidan ijro etilishini rad etish bo‘yicha qaror chiqarishiga asos bo‘ladi29.
Bundan tashqari, arbitrajlar tomonidan qabul qilingan qarorlar u ijro etilishi kerak bo‘lgan davlatning ichki siyosatiga va qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ushbu qarorlar mahalliy sudlar tomonidan ijro etilishi rad etiladi.
Nyu York konvensiyasining sakkizinchi moddasida ushbu Konventsiya 1958 yil 31 dekabrgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasiga a'zo bo'lgan yoki undan keyin a'zo bo'ladigan davlatlar imzolanishi uchun erkin hujjatdir. Ushbu Konventsiya ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorlig‘i Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Ushbu Konventsiya 8 moddada ko'rsatilgan barcha davlatlarning qo'shilish uchun ochiqdir. Konvensiyga qo‘shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bu to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Har qanday davlat ushbu konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish vaqtida ushbu Konventsiya xalqaro munosabatlari uchun mas’ul bo‘lgan barcha yoki har qanday hududga tatbiq etilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday deklaratsiya Konventsiya tegishli davlat uchun kuchga kirgandan keyin kuchga kiradi.
Keyinchalik istalgan vaqtda bunday uzaytirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan bildirishnoma orqali amalga oshiriladi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu bildirishnomani olgan kundan keyin to'qsoninchi kundan boshlab kuchga kiradi.
4) tashqi savdo arbitraji to‘g‘risidagi Yеvropa konvеnsiyasi – u 1961-yilda qabul qilingan bo‘lib, Nyu-York konvеnsiyasini to‘ldiradi va g‘arbiy hamda SHarqiy Yеvropa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro yonbеrishlarni ifodalaydi. Ushbu konvеnsiya bilan turli davlatlar hududidagi shaxslar o‘rtasida yuzaga kеladigan tashqi savdo nizolarini hal qilish uchun arbitraj bitimlari tuzish, nizoni ko‘rib hal etish masalalari tartibga solingan;
5) Panama shahrida 1975-yil 30-yanvarda tuzilgan xalqaro tijorat arbitrajlari to‘g‘risidagi amеrikaliklararo konvеnsiya. Bu konvеnsiyada Nyu-York konvеnsiyasining qoidalari takrorlansa-da, ammo muayyan yangi qoidalar ham bеlgilangan;
6) Ad hoc tarzidagi arbitraj muhokamasiga taalluqli xalqaro hujjatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: a) Yеvropa Iqtisodiy komissiyasi 1963-yilda ishlab chiqqan Arbitraj rеglamеnti; b) BMT Bosh Assamblеyasining yakdil ma’qullashi asosida YUNSITRAL 1976-yilda qabul qilgan Arbitraj rеglamеnti. Bulardan tashqari, xalqaro tijorat arbitrajlari faoliyatiga doir namunaviy qonun YUNSITRAL doirasida 1985-yilda tayyorlangan. Ushbu namunaviy qonun asosida bir qator davlatlar ushbu masalaga oid o‘z milliy qonunlarini qabul qildilar.
Arbitraj jarayonlarida qo‘llaniladigan qonun taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Ba’zida bu qo‘llanilgan qoidalar tomonlarning birini milliy qonnuni yoki bo‘lsama umuman ikki tomonning ham milliy qounlari bo‘lmasligi mumkin. Ba’zida tomonlar shartnoma tuzish jarayonida xalqaro konvensiyalardan ham foydalaniladilar. Xususan, ko‘p holatda tijorat shartnomalari tuzish jarayonida keyinchalik nizo kelib chiqasa, yuzaga kelgan nizo Birlashgan millatlar tashkilotining xalqaro tovarlarni sotish bo‘yicha shartnomalar to‘g‘risidagi konvensiyasi (CISG) qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yiladi. Arbitraj jarayonida qo‘llaniladigan qonun odatda arbitraj sudi o‘tkaziladigan joy qonuni hisoblanadi. Bugungi kunda arbitraj jarayonida qaysi turdagi qonunlardan foydalanish doimiy muhokama mavzusi hisoblanadi. Dastlab e’tiborimizni delokatsiya va hududiylik asoslariga qaratamiz. XX asrning oxirida xalqaro arbitraj sudini delokatsiya qilish masalasi o‘rtaga tashlandi. Delokatiya deb, xalqaro arbitraj o‘z faoliyati sud protsessida mahalliy qonunchilikka asoslanmasligini anglatadi. Bugungi kunda delokatsiya atamasining bir nechta ko‘rinishlari mavjud xususan, u milliy arbitraj deb ham ataladi. Amaliyotda kuzatiladiki, taraflar arbitraj o‘tkaziladigan joyni tanlashda ularning birortasi ham aloqador bo‘lmagan joyni (seat of arbitiration) ya’ni arbitraj joyi sifatida tanlashga harakat qiladilar. Buning asosiy sababi davlatga aloqador bo‘lgan tomon foydasiga yon bosilishini oldini olishdir. Delokatsiya tarafdorlari davlat o‘ziga hech qanday aloqasi bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etadigan arbitraj jarayonlarga hech qanday ishtirok etmasligi kerakligini ta’kidlanadi. Aslida ko‘pchilik huquqshunos olimlar tomonidan arbitraj jarayonlarida qo‘llaniladigan ikki xil qonunlar ya’ni arbitraj o‘tkaziladigan joy qonulari va arbitraj qarorini ijro etish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan tomonning asosiy mulki joylashgan joy qonuni aslida bitta qonunga birlashtirilishi kerak degan fikrdalar. Delokatsiya ya’ni arbitraj jarayonlarini mahalliy sudlardan tamomila ajratishning o‘ziga yarasha salbiy jihatari ham mavjuddir. Xususan, Arbitraj jarayonlari albatta ma’lum bir hududda bo‘lib o‘tadi va ular shu hududning majburiy qonunlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ba’zan esa arbitraj jarayonlariga xususan, dalillarni saqlashda va arbitraj qarorlarni ijro etishda mahalliy sudlarning yordami kerak bo‘ladi. Arbitraj protsessini tartibga soluvchi huquq lex arbitri ba’zan protsessual huquq yoki kurial (ing. Curial) deb ataladi. Bu deyarli barcha holatlarda arbirtaj joylashgan joy qonuni bo‘ladi. Protsessual va moddiy huquq o‘rtasidagi farq hamma davlatlarda ham to‘liq ajratib berilmagan. Shu sababdan ham lex arbitri protsessual huquq sanalsa ham ba’zi holatlarda unda moddiy huquq elementlari uchrab turadi.



Download 133,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish