Chet el bolalar adabiyoti



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana29.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#76826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalar adabiyoti bolalar adabiyoti - 07.04.2016 10-04-10

Sharl  Perro

(

1628

-  

1703

)

Buyuk  fransuz  shoiri  va  tanqidchisi  Sharl  Perro  badiiy 

ertak  asoschisi  sifatida  m a’lum  va  mashhurdir.  U  o'zining  „Qizil 

S hapkacha“ ,  „Zolushka“  va  „Etik  kiygan  m ushuk“  asarían 

bilan  jahonga  tanildi.

Sh.  Perro  badiiy  ertaklar  ijod  etishdan  oldin  xalq  og‘zaki 

ijodini  m e h r  va  ishtiyoq  bilan  ch u q u r  o ‘rgandi.  Shuning 

uchun  ham  u  o ‘z  ertaklarida  xalq  udumlarini  dadil  ilgari  surdi. 

Perro  qahramonlari  o ‘z  mehnatsevarliklari  ham da  saxiyliklari 

bilan  ajralib  turadilar.  G ‘arazgo‘ylik,  maqtanchoqlik,  qizg'an- 

chiqlik  o 'm in i  yaxshilik,  mehribonlik  bosib  ketishi  ham on 

kitobxonni  shod  etib  kelmoqda.

Sharl  Perrodan  bor-yo‘g'i  11  ertak  saqlanib  qolgan.  Qaysi 

ertagiga  nazar  tashlamang,  barchasida  bolalar  zavq  oladigan 

qirralar  bor  ekanligini  darrov  payqaysiz.  Dunyoda  uning  „Etik 

kiygan  mushuk“  ertagini  o'qimagan  yoki  ertak  asosida  yaratilgan 

multfilmni  miriqib  tomosha  qilmagan  bola  topilmasa  kerak.

Ertakda  aqllilik,  bilimdonlik.  topag‘onlik  kabi  fazilatlar 

ulug'lanadi.  Boshqa  asarlari  kabi  Sh.  Perro  bu  ertakda  ham 

folklor  an'analariga  sodiq  qoladi.  Ertak  qahram oni  tegir- 

monchining  kenja  o ‘g ‘li  Karabas  fahm-farosat,  aql  bilan  ish 

ko‘rib,  o*z  murod-maqsadiga  yetadi,  baxtiyor  boMadi.

Sharl  Perroning  barcha  personajlari  yorqin,  pishiq-puxta 

tasvirlangani  bilan  ajralib  turadi.  Ularning  ko'pchiligi  odam - 

larni,  hayvon-u  parrandalarni  sevib,  erkalab,  e ’zozlaydigan 

oliyjanob  bolalardir.  Zolushkani  („Zolushka“ )  olib  ko‘raylik. 

Uni  o'gay  ona-yu  qizlar  hush  ko'rmaydilar,  xolos.  Qolgan 

barcha  jonzot  Zolushkani  juda  sevadi.  Uning  o ‘z  baxtini  topib, 

osoyishta  turniush  kechirishini  istaydi.  Zolushka  juda  chiroyli, 

odobli,  shirinso'z,  kamtarin,  odamlarga,  jonivorlar-u  parran-




dalarga  nisbatan  m ehnbon.  Uning  bunday  tazilatlari,  mehnat, 

halollik  va  poklik  bilan  hayotda  o ‘z  o'rnini  topishi,  sevganiga 

turmushga  chiqib  baxtli  bo'lishi  ertak  tinglovchisida  yaxshi 

taassurot  qoldiradi.

Sh.  Perro  ijodida  „Qizil  Shapkacha“  alohida  o ‘rinda  turadi. 

Ertak  nihoyatda  t a ’sirli  va  jozibalidir.  Muallif  Qizil  Shapkachani 

tabiiy  va  jonli  holda  tasvirlashga  katta  e ’tibor  beradi.  Ertak 

qahram oni  bolalar  ko'z  o'ngida  dunyoda  tengi  yo'q,  juda 

yoqimtoy  qizcha  qiyofasida  gavdalanadi.  Bo'rining  yovuzligi, 

surbetligi,  uning  kampir  qiyofasiga  kirib  olishi  ertak  tinglovchi 

har  bir  bolada  chuqur  nafrat  hislarini  qo'zg'aydi.

Boshqa  ertaklarda  bo'lgani  kabi  „Qizil  Shapkacha“da  ham 

voqea  yaxshilik  bilan  tugashi  bolalaming  quvonchiga  quvonch 

qo'shadi.

Sharl  Perroning  „Havorang  soqol“ ,  „Bob“ ,  „Eshak  terisi", 

..Uyqudagi  malika“  kabi  ertaklari  xuddi  „Qizil  S hapkacha“ 

kabi  bolalarning  sevimli  asarlariga  aylangan.

Q IZ IL   SH A PK A C H A

Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  bir  qishloqda  jajjigina  bir 

qizcha  bor  ekan:  u  dunyoda  tengi  y o ‘q,  juda  yoqimtoy  qiz 

ekan.  Oyisi  uni  jonidan  ham  yaxshi  k o'rar  ekan,  buvisi  bo'lsa 

undan  ham   yaxshi  k o 'rar  ekan.

Buvisi  n evarasining  tu g ‘ilgan  kuni  m u n o sab ati  bilan 

qizchaga  bitta  qizil  shapkacha  sovg'a  qilibdi.

0 ‘shandan  beri  qizcha  qayoqqa  borsa,  shu  chiroyli,  yangi 

qizil  shapkachasini  kiyib  borar  ekan.  Shuning  uchun  q o 'n i- 

q o ‘shnilar  uni  ko'rganda:

—  Ana,  Qizil  Shapkacha  kelyapti!  —  der  ekanlar.  Bir 

kuni  oyisi  somsa  pishirib,  qizchaga  aytibdi:

—  Q izil  S h a p k a c h a ,  m a n a   bu  s o m sa  b ilan   k u v a c h a d a -  

gi  y o g ‘ni  b u vin g g a  o b o r ib   b e rg in ,  e s o n - o m o n l i g i n i   bilib 

kelgin.


Qizil  Shapkacha  kiyinib,  buvisini  ko'rgani  narigi  qishloqqa 

ketibdi.  U  o 'rm o n d a n   o'tayotsa,  oldidan  bir  Bo'ri  chiqib 

qolibdi.  Bo'ri  Qizil  Shapkachani  yamlab  yuborgisi  kelibdi-yu. 

lekin  botinolmabdi,  chunki  shu  yaqin  orada  o'tinchilar  daraxt 

kesib  yurar,  boltalarining  taraq-turuq  ovozi  eshitilib  turar 

ekan.



Bo'ri  qizdan:

—  Qizil  Shapkacha,  qayoqqa  ketyapsan?  —  deb  so'rabdi.

Qizil  Shapkacha  bo'lsa,  o 'rm o n d a   to'xtab,  Bo'ri  bilan

gaplashishning  qanday  qo'rqinchli  ekanini  bilmas  ekan.  Shu- 

ning  uchun  ham  u  Bo'ri  bilan  salomlashibdi-da,  keyin:

—  B uvim ni  k o 'r g a n i  k e ty a p m a n ,  b u v im g a  m a n a   bu 

somsalar  bilan  kuvachada  yog'  olib  boryapman,  — debdi.

—  Buvingning  uyi  uzoqdami?  — deb  so‘rabdi  Bo'ri.

—  Ha,  ancha  uzoqda,  — deb  javob  beribdi  Qizil  Shap­

kacha,  — tegirmon  orqasidagi  qishloq  bor-u,  hov  ana,  eng 

chekkadagi  uyni  ko'ryapsanmi  — o ‘sha.

— Yaxshi,  —  debdi  Bo'ri,  —  m en  ham   buvingni  k o ‘rib 

kelaman.  Manavi  yo'ldan  boraman,  sen  bo'lsang  anavi  yo'ldan 

bor.  Ko'ramiz,  kim  oldin  borarkan.

Bo'ri  eng  yaqin  yo'ldan  g'izillab  chopib  ketibdi.  Qizil 

Shapkacha  bo'lsa,  eng  uzoq  yo'ldan  ketibdi.

Qizcha  yo'lm a-yo'l  to'xtab,  gullar  teribdi,  guldasta  yasabdi. 

Qizil  Shapkacha  hali  tegirmon  yo'liga  yetmagan  ekan,  Bo'ri 

kampirning  uyiga  yetib  kelib,  eshikni  taqillatibdi.

—  Kim?  — deb  so'rabdi  kampir.

—  Men  nevarangiz  Qizil  Shapkachaman,  — deb  javob  be­

ribdi  Bo'ri,  ovozini  ingichka  qilib.  —  Siznikiga  m ehm on  bo'lib 

keldim,  somsa  bilan  kuvachada  yog'  olib  keldim.

Kampir  bu  vaqt  to'shakda  kasal  bo'lib  yotgan  ekan.  U 

chindan  ham  Qizil  Shapkacha  kelgandir  deb  o'ylab,  shunday 

debdi:


—  Jonginam,  ipni  tort,  eshik  ochiladi!

Bo'ri  ipni  tortibdi  — eshik  ochilibdi.  Bo'ri  chopib  borib, 

kampirni  bir  yamlab  yutib  yuboribdi.  Bo'ri  judayam  och 

ekan,  negaki  u  uch  kundan  beri  ovqat  yemagan  ekan-da.

Keyin  Bo'ri  eshikni  yopib,  kampirning  to'shagiga  kirib 

yotibdi-da,  Qizil  Shapkachani  kuta  boshlabdi.  Tezda  Qizil 

Shapkacha  kelib,  eshikni  taqillatibdi.

—  Kim?  — deb  so'rabdi  Bo'ri.

Qizil  Shapkacha  Bo'rining  xunuk  ovozini  eshitib,  aw al 

q o 'r q ib d i,  keyin:  buvim   tu m o v - p u m o v   b o 'lg a n d ir,  —  deb 

o'ylab,  javob  beribdi:

—  Men  nevarangiz  Qizil  Shapkachaman.  Sizga  somsa  bilan 

kuvachada  yog'  olib  keldim.



Bo'ri  yo'talib  olib,  ingichka  ovoz  bilan:

—  Ipni  tort,  jonginam,  eshik  ochiladi,  — debdi.

Qizil  Shapkacha  ipni  tortgan  ekan  eshik  ochilibdi.

Qizcha  uyga  kiribdi.  Bo'ri  bo'lsa  ko'rpaga  burkanib  olib

debdi:

—  S o m san i  stolga,  k u v ach an i  to k c h ag a  q o 'y ,  o ‘zing 



yonimga  kelib  yot!  Juda  charchagandirsan?

Qizil  Shapkacha  bo'ri  bilan  yon m a-y on   yotib,  undan 

so'rabdi:

— Voy,  buvijon,  qo'llaringiz  buncha  uzun?

—  Seni  m ahkam roq  quchoqlash  uchun,  jonginam!

—  Buvijon,  oyoqlaringiz  buncha  katta?

— T ezroq  chopish  uchun,  jonginam!

—  Buvijon,  quloqlaringiz  buncha  katta?

— Yaxshiroq  eshitish  uchun,  jonginam!

—  Buvijon,  ko'zlaringiz  buncha  katta?

—  Seni  yaxshiroq  ko'rish  uchun.  jonginam!

—  Buvijon,  tishlaringiz  buncha  katta?

—  Seni  tezroq  yeb  qo'yish  uchun.  jonginam!

Qizil  S hapkachaning  dod-voylashiga  qaram ay,  o c h k o 'z  

Bo'ri  uni  shippagi  va  qizil  shapkasi  bilan  q o ‘shib  yutib 

yuboribdi.

Baxtni  qarangki,  shu  vaqt  uy  yonidan  o'tinchilar  o ‘tib 

qolishibdi.

Ular  shovqin-suronni  eshitib,  uyga  bostirib  kiribdilar  va 

bo'rini 


0

‘ldiribdilar.  Keyin  uning  qom ini  yorsalar,  ichidan 

Qizil  Shapkacha  bilan  buvisi  eson-om on  chiqishibdi.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish