“CHARXPALAK” METODI VA UNI O`ZBEK TILI DARSLARIDA QO`LLASH TAQDIMOT REJA: - Kirish. Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo`llashning afzalligi.
- Asosiy qism.
- Dars sifatini oshirishda interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash
- “Charxpalak” usuli va uni amalga oshirish bosqichlari
- O`zbek tilini o`qitishda “Charxpalak” usulini qo`llash
- Xulosa.
interfaol metodlarni mashg’ulot maqsadiga muvofiq tanlash - Interfaol mashg‘ulot-o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
- Interfaol metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir-birini to‘liq tushuntirishga asoslanadi.
- Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qaerda o‘tkazilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o‘zlashtirishlarini ta’minlashi lozim.
Interfaol usullardan foydalanish shakllari:
1
2
3
4
5
“Charxpalak” usuli va uni amalga oshirish bosqichlari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
5-guruh
Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
«Charxpalak» usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muhokama qilish imkonini beradi. - «Charxpalak» usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muhokama qilish imkonini beradi.
1-qadam
2-qadam
3-qadam
4-qadam
5-qadam
6-qadam
O`zbek tili darslarida o`quvchilarning og`zaki nutqining rivojlantirilishiga ko`proq e`tibor qaratiladi. Har bir mavzuda ma`lum leksik mavzu grammatik qoida bilan qorishiq holda o`qitiladi. - O`zbek tili darslarida o`quvchilarning og`zaki nutqining rivojlantirilishiga ko`proq e`tibor qaratiladi. Har bir mavzuda ma`lum leksik mavzu grammatik qoida bilan qorishiq holda o`qitiladi.
- Leksik mavzular (masalan: O‘zbekiston – mening Vatanim, Qadrdon maktabim, Bizning sinfimiz, Bizning uyimiz, Yangi fanlarni o`rganamiz , Mening do`stim , Mening darsxonam, Mashhur kishilar kabi mavzular) ni o`qitishda turli interfaol usullar qatori “Charxpalak” usulidan foydalanilsa, darsning samaradorligi yanada ortadi.
“Milliy urf-odat va an’analarimiz” (9-sinf) - 1- Bosqich.O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi.
- 2-Bosqich. Guruhlar o‘zlari uchun “Milliy urf-odat va an’analarimiz” mavzusi bo`yicha ma`lum an`ana yoki urf-odatdan birini tanlaydi va shu yuzasidan ish olib boradi.
- 3- Bosqich. Tayanch so‘zlar tanlanadi (to`y, marosim, taom, taomil, urf, an`ana, kelintushdi, sunnat, navro`z, ro`za, ramazon, soch qirqdi)
“Milliy urf-odat va an’analarimiz” (9-sinf) - 4- Bosqich. Tezis yoziladi. Masalan:
- Kelin to`ylarning o`tkazilish tartibi;
- Kelintushdi marosimi
- Qizlar bilan yigitlarning lapar aytishuvi;
- “kelin yo`lini to`sish” marosimi;
- “kelin salom” marosimi;
- Nikoh o`qitish an`anasi.
- 5- Bosqich. Taqdimot. Guruhlarda olib borilgan ishni guruhdan bitta gid boshqa guruhlarga tanishtiradi. O‘z guruhiga qaytib kelgan gidlar o‘zining guruhida boshqa guruhda olib borilgan ishlar bo‘yicha (ushbu mavzu yuzasidan) ma’lumot beradi.
- 6- Bosqich. Baholash. O`qituvchi kichik guruhlarning ishini baholaydi
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi” (7-sinf) - 1-Bosqich.O‘quvchilar 3ta kichik guruhga bo‘linadi.
- 2-Bosqich. Guruhlar o‘zlari uchun “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusi bo`yicha “A.Navoiy hayoti”, “A.Navoiy – davlat arbobi”, “A.Navoiy ijodi” kabi mavzulardan birini tanlaydi va shu yuzasidan ish olib boradi.
- 3- Bosqich. Tayanch so‘zlar tanlanadi (adib, Xirot, G`iyosiddin Kichkina, Husayn Boyqaro, ijod, arbob, asarlari va h.)
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi” (7-sinf) - 4-Bosqich. Tezis yoziladi.
- 5-Bosqich. Taqdimot. Guruhlarda olib borilgan ishni guruhdan bitta gid boshqa guruhlarga tanishtiradi. O‘z guruhiga qaytib kelgan gidlar o‘zining guruhida boshqa guruhda olib borilgan ishlar bo‘yicha (ushbu mavzu yuzasidan) ma’lumot beradi.
- 6-Bosqich. Baholash. O`qituvchi kichik guruhlarning ishini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |