VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
.
IX.Yangi mavzu bayoni:
7,62 mm li Dragunov merganlik miltig‘i merganning quroli hisoblanadi va har xil paydo bo‘ladigan, harakatlanadigan, ochiq va niqoblangan yakka nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Jangovar xususiyatlari. Merganlik miltig‘idan 800 m gacha masofada o‘q uzish eng samarali hisoblanadi. Otishning optik mo‘ljallagich bilan mo‘ljallab otish uzoqligi — 1300 m, ochiq mo‘ljallagich bilan — 1200 m. Ko‘krak shakldagi nishonga to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligi — 430 m, yuguruvchi nishonga esa — 640 m. Jangovar tezotarligi daqiqasiga 30 ta o‘q. Merganlik miltig‘ining nayza-pichoqsiz, optik mo‘ljallagich, to‘latilmagan magazin va qo‘ndoq yuzi bilan og‘irligi — 4,3 kg. Merganlik miltig‘idan bittalab otiladi. Otish paytida patronlar 10 dona patron sig‘imiga ega qutisimon magazindan yuboriladi.
SDVning umumiy ko‘rinishi, asosiy qism va mexanizmlari:
1—stvol qutisi ochiq mo‘ljallagich qo‘ndog‘i bilan birgalikda; 2—stvol qutisining
qopqog‘i; 3—qaytaruvchi mexanizm; 4—zatvor ramasi; 5—zatvor; 6—gaz trubkasi
regulatori bilan; 7—gaz porsheni; 8—itargich prujina bilan; 9—stvol qoplamalari;
10—zarbdor tepki mexanizmi; 11—saqlagich; 12—magazin; 13—qo‘ndoq yuzi;
14—optik mo‘ljallagich; 15—nayza-pichoq.
RPG-7 va RPG-7D qo‘l granatomyotlari tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va dushmanning boshqa zirhli vositalari bilan kurashish uchun mo‘ljallangan. Bulardan tashqari, ularni yengil pana joylarda hamda shahar tipidagi inshootlarda joylashgan dushmanning jonli kuchini yo‘q qilishda ham qo‘llash mumkin.Granatomyotdan PG-7V va PG-7VM kumulativ ta’sirli kalibr usti o‘q-dorilari otiladi.
Jangovar xususiyatlari. Granata zirhteshuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, dushmanning barcha turdagi tanklari va o‘ziyurar artilleriya qurilmalari bilan samarali kurashish xususiyatiga ega. PG-7V o‘q-dorisi shtatdagi PG-7V o‘q-dorisining yangilangan turi bo‘lib, undan biroz yengil va zirhteshuvchanlik, teguvchanlik va shamolda barqarorlik xususiyatlari yuqoriroq. Granatomyotdan nishonlarning balandligi 2 m va undan yuqori bo‘lgan,to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligidagi tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalariga ta’sirli o‘q uzish uzoqligi PG-7V uchun 330 m, PG-7VM uchun 310 m. Mo‘ljallab otish uzoqligi 500 m. Jangovar tezotarligi daqiqasiga 4—6 ta. Granatomyotning optik mo‘ljallagich bilan og‘irligi RPG-7 6,3 kg, RPG-7D — 6,7 kg. O‘q-dorining (granata porox zaryadi bilan) og‘irligi PG-7V — 2,2 kg, PG-7VM — 2 kg.
Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari
Kichik kalibrli miltiq Tula qurolsozlik zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, otish bo‘yicha o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashqlarida otishni o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Kichik kalibrli TOZ-8, TOZ-12 miltiqlaridan ko‘proq sport musobaqalari o‘tkazishda hamda otish tayyorgarligining boshlang‘ich o‘q otish mashg‘ulotlari olib borishda keng foydalaniladi.TOZ-8 miltig‘ining jangovar xususiyatlari: kalibri — 5,6 mm; og‘irligi — 3,12 kg; umumiy uzunligi — 111 sm; o‘qning boshlang‘ich tezligi — 310 m/s.gacha; otish tezligi bir daqiqada — 10—12 martagacha; nishonga olish masofasi — 250 m; o‘qning eng uzoqqa uchish masofasi — 1200 metrdan 1600 metrgacha; o‘qning o‘ldirish (halok etish) kuchi masofasi — 800 metrgacha.
Miltiqni o‘qlash tartibi. Miltiqni yotib olgan holda otishda, miltiq qo‘ndog‘ining bosh qismini o‘ng qo‘l bilan ushlab, o‘ng oyoq bir qadam oldinga tashlanadi va oyoqni biroz o‘ngroqqa olib, oldinga engashib, chap oyoqni egib, chap qo‘l bilan yerga yotib, chap oyoqning tovoni yerga qadaladi va chap qo‘lning ko‘ksiga olinadi. Chap tomonga yotgan holda qorin tomonga tez o‘girilib, erkin holda oyoqlarni tovoni bilan yozib yuboriladi. Miltiq g‘ilofi (poyasi)dan o‘ng qo‘lning kaftiga olinadi. Kichik kalibrli miltiqni o‘ng qo‘lda zatvor ushlagichdan orqaga tortib, stvol qutisining ochilgan joyiga o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida o‘qni olib uni o‘qdonga solinadi. O‘qni bosh barmoq bilan oldinga, stvolga to‘liq kirguncha yo‘naltiriladi, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan zatvor yopiladi.
Miltiqni tozalash va moylash tartibi. Kichik kalibrli miltiqni tozalash va moylash tartibi avtomatni tozalash va moylash tartibi singari amalga oshiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, kichik kalibrli miltiq stvol kanalining do‘lbosh qismini tozalash va moylash qat’iyan man etiladi. Stvol kanalini tozalash uchun uning orqa qopqog‘i ochilib, stvol korobkasi (qutisi)dan zatvor olinadi. Tozalagichning uch qismiga yumshoq mato qiyqimlaridan 4—5 sm uzunlikda o‘rab, qurolni moylash uchun ishlatiladigan moyga botiriladi. So‘ngra shompol stvol kanalidan kirgizilib, o‘qlagich tomongacha moylanadi va yaxshilab tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |