a—RGD-5 granatasi;
b—F-1 granatasi.
RGD-5 parchalanuvchi qo‘l granatasi, asosan, hujumga o‘tish davrida qo‘llaniladi. U korpus, portlaydigan zaryad va zapaldan iborat. Granata korpusi — portlaydigan zaryad va zapal trubkalari uchun
joylanishga xizmat qiladi. U yuqori va pastki qismlardan iborat bo‘lib, tashqi qoplamasi hamda qo‘shimcha almashinuvchi detallarning kirishi bilan granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. Korpusning yuqori qismiga qadamalar yordamida zapal uchun trubka birlashtiriladi, granata uchun zapalning birlashtirilishi, korpusdagi portlaydigan zaryadni mahkam berkitishga xizmat qiladi. Trubkalarni ifloslanishdan ehtiyotlab, unga plastmassa qopqoq burab kirgiziladi. Korpusga to‘ldirilgan portlovchi zaryad granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. UZRGM zapali (qo‘l granatasining zamonaviylashtirilgan bir xil shakldagi zapali) portlovchi zaryadning portlashi uchun qo‘llaniladi. U zarbdor mexanizm va shaxsiy zapaldan iborat. Zapallar doimo jangovar holatda bo‘ladi. Zarbdor mexanizmning ishlashini tekshirish va qismlarga ajratish qat’iyan taqiqlanadi. Zarbdor mexanizm pistoni alangalatib, zapalning alanga olishiga yordam beradi. U quyidagi qismlardan iborat: zarbdor mexanizm trubkasi; birlashtiruvchi to‘siq; yo‘naltiruvchi shayba; jangovar prujina; zarbdor shaybasi; boshlovchi dastak;saqlagich o‘rta cheki, halqasi bilan.Harakatlanuvchi mexanizm trubkasi zapalning jami qismlarini yig‘ishda asosiydir. Birlashtiruvchi to‘siq esa zapalni granata korpusi bilan birlashtirish imkonini beradi. Bu yo‘naltiruvchi shayba jangovar prujina yuqori qismining tayanch vazifasini bajarib, zarbdorning harakatini yo‘llaydi. Zarbdor — harakatlanuvchi mexanizm trubkasining yuqori qismiga qadalgan. Jangovar prujina zarbdor energiya yetkazib berishni ta’minlaydi, zaruriy uchqun pistonni alangalatadi; alanga zarbdorni yuqoridagi oxirgi qismi bilan yo‘naltiruvchi shaybani va pastga yo‘naltiruvchi shaybani ham qamrab oladi.
Zarbdor mexanizm yonuvchi pistonni alangalatish tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. U zarbdor mexanizm trubkasining ichkarisiga joylashadi. Shayba zarbdorning oxirgi tor qismida bo‘lib, jangovar prujinaning oxirgi tor qismidagi tayanchi hisoblanadi. Boshlovchi dastak zarbdorning tez alanga olmaslik holatini ushlab qolish uchun qo‘llaniladi (jangovar prujina qattiq qisiladi). Saqlagich o‘rtasidagi zarbdor mexanizm boshlovchi dastakni ushlab turishga xizmat qiladi; boshlovchi dastak tuynuk teshigidan hamda zarbdor mexanizm trubkasi devoridan o‘tadi. Halqasi sug‘urib olinadi. Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi.
Harakat holatida granatani uloqtirish:
a, b, d—harakatlanish ketma-ketligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |