Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
IX.Yangi mavzu bayoni:
Avtomat toza taxta yoki taglik ustida yoyiladi. Qism va mexanizmlar taxta ustiga ajratilgan holatda tartib bilan terib chiqiladi. Ular ehtiyotlik bilan ajratiladi, biri ikkinchisining ustiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, ajratish mobaynida ortiqcha kuch va keskin zarbalar qo‘llanilmaydi. Avtomatni yig‘ish mobaynida uning qismlaridagi raqamlar taqqoslab ko‘riladi. Har bir avtomatning gaz trubkasi, zatvor ramasi, zatvor, stvol qutisi qopqog‘i va boshqa qismlardagi raqamlar stvol qutisida mavjud
r aqamlarga mos kelishi darkor.
1. Magazinni ajratish.
Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan yoki stvol osti dastasidan tutib, o‘ng qo‘l bilan magazinni ushlash va bosh barmoq yordamida tortqini bosib turib, magazinning ostki qismini oldinga turtib, uni ajratib olinadi. Shundan so‘ng, patrondonda patron yo‘q ekanligini tekshirib ko‘rish
lozim. Buning uchun o‘tkazgichni pastga «AB» yoki «OD» holatiga keltirish, zatvor ramasining dastasini ortga tortish, patron qutisini ko‘rikdan o‘tkazish, zatvor ramasining dastasini qo‘yib yuborish va tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish darkor.
2 . Anjomlar penalini qo‘ndoq uyasidan chiqarish.
Anjomlar penalini
qo‘ndoq uyasidan chiqarish.
3. Shompolni ajratish.
Nil asosidagi tayanch ostidan shompol boshchasini tortib turib, shompol sug‘urib olinadi. Shompolning ajralishi qiyin kechganda, anjomlar penali ichidagi chiqargichdan foydalanishga ruxsat beriladi, ya’ni chiqargich shompol boshchasidagi mavjud teshikchaga suqilib, shompol uchi stvoldan
ajratilib, sug‘urib olinadi.
4. Stvol qutisi qopqog‘ini ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |