Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi



Download 4,96 Mb.
bet119/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   145
Bog'liq
10-синф

Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuga doir o`quvchilar bilan savol-javob o`tkazish.Amaliy bajarish.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish __________________
Foydalanilgan adabiyotlar: 10-sinf darsligi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ______________
Nazorat ishi 6.
Nazorat savollari
1. O‘qotar qurollarning vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlarini bayon eting.
2. Hozirgi kunda Qurolli Kuchlarimizda qanday avtomatlar keng qo‘llaniladi?
3. Otish deb nimaga aytiladi?
4. AK-74 avtomatning jangovar tavsifi.
5. RGD-5 va Ф-1 qo‘l granatalarining jangovar tavsifi va jangda ishlatish qoidalari.
1, Har bir harbiy xizmatga chaqiriluvchi o‘q otish qurollarini bilishi,ulardan qanday foydalanish mumkinligini o‘zlashtirib olishi lozim. Otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida otish qurollaridan jang davomida shaxsiy tarkibga turli nishonlarga shikast yetkazish usullari o‘rgatiladi. Bularga otish qurollarining asosiy qismlari, nishonlarga o‘t ochish, qo‘l granatalari haqida ma’lumotlar, ularning qo‘llanishidagi usullar bilan birga, razvedka turlari bilan nishonni aniqlash, ungacha bo‘lgan masofani belgilash va unga o‘t ochish usullari kiradi. Avtomatning vazifasi va jangovar xususiyatlari, ishlash jihatlari. Taniqlin rus ixtirochisi Mixail Timofeyevich Kalashnikov tomonidan yaratilgan avtomat hozirgi kunda ham bir qancha mamlakatlarning qurolli kuchlarida qo‘llanilib kelinmoqda. U otish qurollarining eng asosiysi hisoblanadi. Bu qurol tuzilishi va qo‘llanilishi jihatidan qulayligi bilan boshqa qurollardan
ajralib turadi. Jahonda birinchi avtomat quroli rus qurolsozi V. G. Fyodorov tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Ikkinchi jahon urushi davrida ixtirochilar V.A. Degtyarov va G.S. Shpaginlar avtomat qurollarining yangi turlarini ixtiro qilishgan.
2.M.T. Kalashnikov tomonidan yaratilgan avtomat o‘zining ixchamligi, jangovar ko‘rsatkichlarining ustunligi, qo‘llashda qulay bo‘lganligi uchun hozirgi kunda Qurolli Kuchlarimizda keng qo‘llanilmoqda. Kalashnikov avtomati askarning shaxsiy quroli bo‘lib, dushman kuchlarini safdan chiqarish uchun qo‘llaniladi. Avtomatga nayza-pichoq o‘rnatiladi va undan qo‘l jangi paytida qo‘llaniladi.
Avtomatning to‘xtovsiz avtomatik tarzda o‘t ochishida poroxli gaz energiyasini zatvor ramaning gaz porsheni stvol kanaliga yetkazib berishi orqali bajariladi. Qurollanishga V. Sobelnikov rahbarligida bir guruh muhandis-ixtirochilar tomonidan 1974-yilda kalibri kichikroq bo‘lgan yangi 5,45 mm.li patron-
o‘qlar qabul qilindi. Ushbu patron og‘irligi 10,6 g, o‘qi 3,4 g,poroxning uloqtiruvchi zaryadi 1,45 g, patron uzunligi 56,7 mm, gilzasining uzunligi 39,5 mm, o‘qning boshlang‘ich tezligi 900 m/s,
og‘iz qismidan chiqaradigan energiyasi 1316 J.Gilza shishasimon shaklda gardishsizdir. O‘q 350 metrli masofadagi 5 mm po‘lat qatlaminibemalol teshib o‘ta oladi. Shu patron asosida yangi avtomat AK-74 quroli ixtiro qilindi.
3. Porox zarrachalarining tez alanga olishi natijasida va poroxli gazning bosimi harakatida stvol kanalidan o‘q (snaryad)ning uzatilishi otish deyiladi. Bu holat juda qisqa vaqt (0,001—0,006 s)da ro‘y beradi. Tepki bosilganda, patron pistoniga tez urilishi oqibatidagi uchqun chiqishi porox zarrachalarining alanga olishiga olib keladi. Bu holat kuchli katta miqdorda qizdirilish natijasida gazga aylanib, o‘ta kuchli bosim bilan har tomonlama harakatlanib, birdan kuchlanish miqdorini oshiradi. O‘q 250—500 kgs/sm 2 (o‘lchov miqdorida 1 kgs/sm 2 teng) 0,1 MPa bosim bilan joyidan siljib stvol kesimiga urilib, aylana harakatni davom ettiradi. Bu paytda porox stvol kanalida yonish holatini va gaz (o‘lchov va bosim) miqdorini yiriklashtiradi.
4. AK-74 qurolining stvoli og‘ziga silindr shaklida tormozlovchi kompensatorlarning o‘rnatilishi, otish davrida turtuvchi kuch ta’sirini kamaytirish bilan birga, o‘qlarni g‘uj bo‘lib, bir yerdagi nishonlarga aniq tegishini ta’minlaydi.AK-74 qurolining og‘irligi o‘qdon bilan birgalikda hisoblaganda 3,6 (3,5) kg, o‘qlar bilan to‘ldirilmagan o‘qdon og‘irligi 0,23 kg, avtomatning uzunligi 956 mm, stvol uzunligi 415 mm, mo‘ljalga otish masofasi 1000 m, harakatlanuvchi nishonlarga to‘g‘rilab o‘t ochish masofasi 625 m, o‘q otishning tezlik sur’ati bir daqiqada 600 marta, otishning jangovar tezlik miqdori, avtomatik (to‘xtovsiz) bir daqiqasiga 100 taga, yakka tartibda esa 40 tagacha bo‘lib, o‘qdonga o‘qlar sig‘imi 30 taga mo‘ljallangan. AK-74 quroli AKM quroliga nisbatan o‘q uzishning samaradorligi 1,2—1,6 baravariga ortiqligi bilan birga, bir qancha qulayliklariga ham egadir. Otishni amalga oshirishda oddiy va havoda otilganda, iz qoldiruvchi o‘q (patron)lardan foydalaniladi. Qo‘l jangi olishuvlarida esa, AKM quroli-
nikiga o‘xshash og‘irligi biroz soddalashtirilgan nayza-pichoq ham o‘rnatiladi. AK-74 avtomatiga o‘t ochish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, stvol ostiga kalibri 40 mm GP-25 granatomyoti o‘rnatiladi.AK-74 avtomati bilan bir vaqtda qo‘ndog‘i metalldan yasalgan, yon tomonga buklanadigan AKS-74 quroli yaratildi.AK-74 quroli asosida RPK-74, RPKS-74 (qo‘ndog‘i yon tomonga buklanadigan) qo‘l pulemyotlari ham ishlab chiqarildi. Ular avtomatga nisbatan biroz uzun, stvoli esa og‘ir, tirgagi taxlanishi, mo‘ljallagichida yonidan qaytarilgan tuzatishlar kiritish mexanizmi va qo‘ndog‘ining tuzilishi boshqaruvchanligi bilan boshqa qurollardan ancha farq qiladi.Pulemyotning kalibri 5,45 mm.li, og‘irligi 5,46 kg, uzunligi 1060 mm,mo‘ljalga otish masofasi 1000 m. Jangovar otish tezligi bir daqiqada to‘xtovsiz (avtomatik) tarzda 150 ta, yakka-yakka tarzda esa 50 tagacha,o‘qdonga o‘qlarning sig‘imi 45 taga mo‘ljallangan. Qo‘l pulemyotlarida ham tunda mo‘ljalga olib otish moslamasini o‘rnatish uchun joy qilingan.1991-yilda AK-74 avtomatining turi asosida, undan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan AK-74 M quroli yaratildi va foydalanishga tatbiq etildi.AK-74 M avtomatining ikki kamerali stvoli og‘zining tuzilishi o‘zgartirilgan.Uning og‘iz qismidagi tormozi, alangani o‘chirish bilan kompensator vazifasini bajarishi uchun stvolning og‘iz qismiga o‘rnatilgan. Yangi bir turdagi ikki kamerasi ifloslanishdan saqlasa, stvol qutisining chap tomonida tunda mo‘ljalga olish mexanizmni o‘rnatish shakli dastak o‘rnatilgan. Stvol qutisi mustahkamroq (qattiq qirralarsiz) tayyorlangan.
5.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida hujum vaqtida ishlatiladigan RGD-5 granatasi, mudofaada ishlatiladigan F-1 granatasi qo‘llanishga kiritilgan.

Sinf
















Sana


















Mavzu: Dragunov merganlik miltig‘i hamda tankka qarshi qo‘l granatamyotining tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari.



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish