Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
IX.Yangi mavzu bayoni:
Otish qoidalarini bajarish, otish davridagi asosiy holatni, o‘q otishni idora qilishni va o‘q otishga tayyorgarlik ko‘rishni o‘z ichiga qamrab oladi. Otish davrida turli xildagi nishonlarga qisqa muddatda kam o‘q-dori sarflash bilangina har qanday ob-havo sharoitida ham topshirilgan vazifani samarali bajarishni ta’minlovchi omil sifatida foydalaniladi. O‘q otilishining ro‘y berishi. Porox zarrachalarining tez alanga olishi natijasida va poroxli gazning bosimi harakatida stvol kanalidan o‘q (snaryad)ning uzatilishi otish deyiladi.
Bu holat juda qisqa vaqt (0,001—0,006 s)da ro‘y beradi.
Tepki bosilganda, patron pistoniga tez urilishi oqibatidagi uchqun chiqishi porox zarrachalarining alanga olishiga olib keladi. Bu holat kuchli katta miqdorda qizdirilish natijasida gazga aylanib, o‘ta kuchli bosim bilan har tomonlama harakatlanib, birdan kuchlanish miqdorini oshiradi. O‘q 250—500 kgs/sm 2 (o‘lchov miqdorida 1 kgs/sm 2 teng) 0,1 MPa bosim bilan joyidan siljib stvol kesimiga urilib, aylana harakatni davom ettiradi.
Bu paytda porox stvol kanalida yonish holatini va gaz (o‘lchov va bosim) miqdorini yiriklashtiradi.
O‘q 4—6 sm harakatda yo‘nalib (2800 kgs/sm 2 ), katta bosimli gaz o‘lchamiga yetadi. Yirik tezlanish natijasida o‘q otilib, yopiq maydonga chiqadi. Yangi gaz o‘lchovi bosimni yiriklashtirish bilan bosimni pasaytira boshlaydi. O‘qning stvol kanalida uchish holati 300—900 kgs/sm 2 .ni tashkil etadi. Stvol kanalida esa o‘qning harakat tezligi kuchayadi. Lekin gaz darajasi past bo‘lsa-da, o‘z tazyiqini ko‘rsatishni davom ettiradi. Stvol kanalidagi o‘q harakatlanishi tezligini to‘xtovsiz oshirib, stvol kanali mo‘risiga
o‘tadi. Stvol kanalidan keng yoyilib chiqqan gaz, o‘qning ortidagi alanga harakatlanishida zarb to‘lqinini vujudga keltirib, otish davrida tovush manbayini hosil qiladi. O‘q uchish inersiya ta’sirida havoda harakatlanishni davom ettiradi. O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri
Qurolning stvol kanalidan otilib chiqqan o‘q tezligini oshirish bilan birga uchish nuqtasigacha harakatlanish holati o‘qning boshlang‘ich tezligi deyiladi. O‘qning havodagi uchishini davom ettirishi va tekis harakatlanishi uning boshlang‘ich tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |