Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyogarlik



Download 2,16 Mb.
bet60/154
Sana29.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#415213
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Bog'liq
10 sinf chqbt

II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.


III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.


IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.


V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.


VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:


Darsning texnik chizmasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

10

Yangi mavzuni yoritish

15

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

14

Darsni yakunlash

2

Uyga beriladigan topshiriqlar

2



VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Postlar qorovulxonaning har ikki tomonida joylashgan bo‘lsa, tarqatuvchi avval qorovulxonaning bir tomonida joylashgan postlardagi soqchilarni almashtiradi, keyin esa almashtirilganlarni qorovulxonada qoldirib, bu bo‘linmaning qorovullarini safga tizib, ularni postga olib boradi. Postlarga jo‘natish uchun ikkinchi va undan keyingi yangi qorovul bo‘linmalarini tuzish va soqchilarni almashtirish, shuningdek, qurolni o‘qlash va o‘qsizlantirish birinchi almashtirish chog‘idagiday amalga oshiriladi.
Qorovul bo‘linmasi postdan qaytib kelgach va to‘pponchalardan tashqari qurollar o‘qsizlantirilganidan so‘ng tarqatuvchi qorovullarga avtomatlarni (karabinlarni) javonga (to‘pponchalarni seyfga) qo‘yishga komanda beradi va qorovul boshlig‘iga qorovullar almashtirilgani haqida bildiruv beradi.
Qorovulxonada ichki tartib-intizom
Qorovul bo‘linmasi tarkibidagilar qorovul boshlig‘ining ijozatisiz qorovul- xonani tark etishga haqqi yo‘q. Qorovulxonada tinchlik va tartib-intizom saqlanishi kerak. Musiqa asboblarini chalish va o‘ynash taqiqlanadi. Radioeshittirishlarni quloqqa qo‘yib eshitadigan telefonlar (naushniklar) orqali tinglash, o‘qish, yozish, shaxmat va shashka o‘ynashga ruxsat etiladi.
Faqat maxsus belgilangan joyda chekish va poyabzal tozalashga ruxsat beriladi. Kichik qo‘riqlovchi bo‘linma shtatidan tayinlanadigan, xususiy tarkibi bir-ikki kecha soqchilikda turadigan qorovullarning qorovulxonasida televizor o‘rnatishga va teledasturni qorovul boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan belgilangan vaqtda, qorovul xizmatining bajarilishiga va uxlab dam olayotgan bo‘linmaga xalal bermay, tomosha qilishga ruxsat etiladi. Avtomat va pulemyotlar javonga o‘qdonsiz, qurollarning qulflari esa
bo‘sh qo‘yilgan holatda, karabinlar esa javonga tepkilarni tushirilgan holda qo‘yiladi. Qorovulxonadagi javonlar qulflanmaydi. Avtomatlarning o‘qdonlari solingan yon xaltalar (karabinlar uchun o‘q joylangan ramkalar) va nayzali pichoqlar belkamarga boylangan pichoqlar yechilmaydi. Pulemyotlarning o‘qdonlari qulflanadigan maxsus qutilarga solinib, javonda saqlanadi, kalitlar qorovul boshlig‘ida bo‘ladi.
Nazorat postlari qorovullarining to‘pponchalari o‘qlangan holatda qini bilan qulflangan temir qutilarda (seyfda) saqlanadi, qutilarning kaliti qorovul boshlig‘ida bo‘ladi, uning qorovulxonada yo‘q payti va dam olish chog‘ida esa kalitlar qorovul boshlig‘ining yordamchisiga beriladi. Qorovullarga
to‘pponchalar postga turish oldidan maxsus guvohnoma bo‘yicha beriladi. Javondan qurol faqat qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi ruxsati bilan beriladi. Qurolni tozalash, uni qismlarga ajratmasdan qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi rahbarligida amalga oshiriladi. Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovulxonada boshyalang, shinelsiz (nimpo‘stinsiz, qalin dala kurtkasisiz), biroq, aslaha-anjomda yurishga ruxsat etiladi. Yechilgan shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) va bosh
kiyimlari maxsus kiyim ilgichda bo‘lishi kerak. Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovul boshlig‘i va uning yordamchisidan tashqari, qorovulxonaga kelgan kishi bilan gaplashish taqiqlanadi; faqat qorovulni tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishga ruxsat etiladi. Quyidagilarga oyoq kiyimisiz, asbob-anjomlarni yechmay va yechinmay, faqat yoqa tugmasini yechib hamda bel kamarini bo‘shashtirib yotishga (uxlashga) ruxsat etiladi: qorovulning bir bo‘linmasi tarkibiga — postga
turishdan oldin, postni boshqa qorovul bo‘linmasiga almashtirib, qorovulxonaga qaytganida va qorovulga harbiy topshiriq berilganidan so‘ng; faqat tunda joylarni qo‘riqlaydigan qorovul bo‘linmasiga, qorovulxonaga qaytib kelganidan toki qayta postga jo‘nab ketguncha; nazorat-qo‘riqlash guruhi
qorovullariga navbat bilan, qorovul boshlig‘ining ruxsati bilan 4 soatdan. «Qurollan» degan chaqiriq bo‘lishi bilan qorovulxonadagi qorovulning shaxsiy tarkibi, dam olayotgan bo‘linma bosh kiyimlarini kiyadi, o‘z qurollarini oladi va o‘zlarining raqamlari tartibi bilan qorovulxona ichida saflanadi. Shinellar (nimpo‘stinlar, qalin dala kurtkalari) qorovul boshlig‘ining alohida buyrug‘i bilan kiyiladi. Qorovul qorovulxonadan chiqarilgan (yong‘in yoki tabiiy ofatdan boshqa) har qanday sharoitda qorovul
boshlig‘ining yordamchisi yoki tarqatuvchilardan biri ichkarida qoladi, ular bo‘lmagan taqdirda qorovul bo‘linmalarida esa qorovullardan biri qoladi. Harbiy qism turar joyida chetda bo‘lganda garnizon qorovullariga oziq-ovqat yetkazish kichik harbiy bo‘linmalar tomonidan tayinlangan komandirlar yoki harbiy qism navbatchilari tomonidan tashkil etiladi. Harbiy qism qarorgohidagi qorovul shaxsiy tarkibiga oziq-ovqat boshlig‘ining buyrug‘i bilan qorovulning uyg‘oq bo‘linmasi qorovullari orqali yetkaziladi. Qorong‘i tushishi bilan qorovulxona, dahliz va hojatxonalar to‘la-to‘kis yoritilgan, uxlab dam oluvchilar xonasi xira yoritilgan bo‘ladi. Harbiy shaharchadan tashqarida bo‘lgan qorovulxonaning derazalari
tunda ichkaridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan narsa bilan bekitiladi. Qorovulxonani qo‘riqlash uchun harbiy shaharchadan chetdagi va o‘z tarkibida bitta uch smenalidan kam bo‘lmagan postlari bo‘lgan qorovul bo‘linmasi qorovulxonaga kirish joyiga qorovullarning uyg‘oq qismidan soqchi tayinlaydi.
O‘ta muhim joylarni qo‘riqlayotgan va o‘z tarkibida beshta uch smenadan kam posti bo‘lgan qorovul bo‘linmasi qorovulxonani qo‘riqlash uchun qo‘shimcha ravishda qorovul tayinlashi mumkin. Qorovulxona ichiga soqchi qo‘yilmagan sharoitda qorovulxonaga kiriladigan eshikka kuzatish tokchasi o‘rnatiladi va eshik doimo ichkaridan tambalangan bo‘lishi lozim.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish