VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
1.Nechanchi yilda «Vatanparvar» tashkilotini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi ?
A)1991-yil 23-noyabrda B)1992-yil 23-noyabrda D)1993-yil 23-oktabrda
2. Hozirgi paytda mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tizimida nechta shaxar va tuman kengashlari faoliyat yuritmoqda ?
A)12 ta viloyat 120 ta shaxar B)12 ta viloyat 159 shaxar D)12 ta viloyat 179 ta shaxar
3.Nechanchi yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi ?
A)1992-yil 2-sentabrda B)1992-yil 3-iyulda D)1992-yil 3-iyunda
4. «Harbiy qasamyod» matni qachon tasdiqlangan ?
A)1992-yil 3-sentabrda B) 1992-yil 3-iyunda D) 1992-yil 3-iyulda
5. Qurolli Kuchlar qurilishining huquqiy bazasini yaratishning birinchi bosqichi nechanchi yillarda boshlangan ?
A) 1992-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasini qabul qilish bilan
B) 1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasini qabul qilish bilan
D) 1996-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasini qabul qilish bilan
6. Qurolli Kuchlarning mamlakatdagi huquqiy holatini mustahkamlagan, uning bosh vazifalari va tarixiy burchini belgilab bergan asosiy qonun ?
A) Konstitutsiyasi B) «Mudofaa to‘g‘risida»gi D) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi.
7. Konstitutsiyaning nechanchi bobi mudofaa va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi ?
A)XXV bobi B)XVIII bobi D) XXVI bobi
8. Konstitutsiyaning nechanchi moddasida «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi», deb belgilandi ?
A)125-moddasida B) 52-moddasida D) 102-moddasida
9. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi- qanday hujjat hisoblanadi ?
A)siyosiy hujjat B) umumdavlat ahamiyatiga molik yirik hujjat. D)huquqiy hujjat
10. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi nechta asosiy bo‘limdan iborat ?
A) 4 ta B)3 ta D) 2 ta
11. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonun nechanchi yilda qayta tahrir qilingan ?
A) 1995-yil 30-avgustda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida
B) 2000-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq XI sessiyasida
D) 2002-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq X sessiyasida
12. Harbiy xizmatning qanday turlari joriy etilgan ?
A) muddatli harbiy xizmat;safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt (shartnoma) bo‘yicha harbiy xizmat; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatnio‘tagan rezervchilar xizmati.
B) muddatli harbiy xizmat;safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt (shartnoma) bo‘yicha harbiy xizmat;
D) ) muddatli harbiy xizmat;safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
13. Muddatli harbiy xizmat kalendar hisobida oddiy askarlar va serjantlar uchun necha oy, oliy ma’lumotli shaxslar uchun necha oy qilib belgilandi ?
A)16 va 12 oy B)12 va 9 oy D)9 va 6 oy
14. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar nechi yoshga to‘lganlaridan keyin,
Qurolli Kuchlar rezervi xizmat safiga olinadi?
A)24 yosh B)26 yosh D)27 yosh
15.Kimlar harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar, deb ataladi ?
A) Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar
B) turli sabablarga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan, iste’fodagi shaxslar.
D) harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilingandan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat qanday hollarda o‘zgartirishi mumkin ?
— boshqa ishga o‘tkaziladigan bo‘lsa; — yangi turar joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa; — ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa. 17. Tinchlik davrida qanday fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:
1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqish shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa; 2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib,ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa; 3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa; 4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa; 5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa; 6) ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar. 18. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) uchun — qirq besh yosh; kichik ofitserlar uchun — qirq uch yosh; katta ofitserlar uchun — qirq besh yosh, polkovniklar (birinchi darajadagi kapitanlar) uchun — ellik yosh; general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagi ofitserlar uchun —ellik besh yosh; general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun —oltmish yosh etib belgilanadi; ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek, yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan,salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin. 19. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab, nechta darajaga bo‘linadi,ular qaysilar?
20. Harbiy xizmatni o‘tagan va rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar —_______lar, deb ataladi.
Rezervchi.