IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Harbiy doktrina hujjatida davlatimizning harbiy siyosati asosida harbiy faoliyat hamda qurilishining yo‘nalishi va tamoyillarini belgilaydi. U davlat tashkilotlari harbiy kadrlar uchun majburiy hisoblangan harbiy
nazariya va amaliyotning asosiy, rasman qabul qilingan qarashlari va qoidalarini aks ettirdi, hozirgi strategik vazifalarni, harbiy qurilish tamoyillarini va Qurolli Kuchlarni qo‘llash shartlari, Qurolli Kuchlar, xalq hamda mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatdan,Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan hamda mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidan kelib chiqqan holda 2000-yilda davlatimizda mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Mudofaa doktrinasi milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi.
Xalqaro munosabatlardagi tarkibiy o‘zgarishlar, keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, ekstremizm va terrorchilikning turli ko‘rinishlari faollanishi bilan mudofaa qobiliyati va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan mudofaa
doktrinasida suveren davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida o‘zining tashqi va mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish, yalpi tinchlikka, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratilishini ta’kidlab o‘tadi.Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi. Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni amalga oshiradi. Urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni o‘rinbosari hisoblanadi. Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.
Harbiy xavf, hozirgi zamon urushi va mintaqamizdagi geografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilishi va strategik qo‘llanilishi ishlab chiqildi. Qurolli Kuchlar strategik jihatdan qo‘llashda ularning tezkorligini oshirish maqsadida respublika hududida harbiy
okruglar tashkil etilishini belgilab berdi. Mamlakatimizda to‘rtta harbiy okrug tashkil etilgan. Bular: Toshkent harbiy okrugi, Sharqiy harbiy okrugi, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi va Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi.Harbiy okrug operatsion yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining
xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo‘shin tezkor-strategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar. Hozirgi zamon urushlariga xos xarakter va oqibatlarini inobatga olib, doktrinada bosh harbiy strategik vazifa urush va harbiy tajovuzni bartarafetish, deb belgilanadi va:
tinchlik davrida — davlatning mudofaa qobiliyatini respublika daxlsizligi ta’minlanishini kafolatlashga kifoya qiladigan darajada saqlab turishdan, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qilinishi mumkin bo‘lgan ig‘vogarliklar va tajovuzlarning oldini olishdan, Qurolli Kuchlarning hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Umumiy xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlikda bartaraf etish uchun har taraflama doimiy ravishda tayyor turishini ta’minlashdan;
urush davrida — tajovuzning kafolatli tarzda qaytarilishi, o‘z kuchlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi bilan muvofiq, protokolga asosan, boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati hamkorligida bosqinchiga qaqshatqich zarba berish, deb ko‘rsatildi. Qurolli Kuchlarning tarkibiga quruqlikdagi qo‘shinlar, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari, muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari, chegara qo‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |