Artilleriya olovi turlari o‘z ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish, jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va boshqalarni oladi. Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi. Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar yetkaziladi. Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib, o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi.
Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi hisoblanadi.
Aylanib o‘tish — ancha ichkarilama manyovr dushmanning orqa tomonidan zarba berish maqsadida o‘tkaziladi.
Chekinish — o‘z qo‘shinlarini dushman zarbidan chiqarib olish va qulay holatini egallash uchun qo‘llaniladigan manyovr. U faqat katta komandir ruxsati bilan o‘tkaziladi. Manyovr g‘oyasi bo‘yicha oddiy bo‘lishi, ya’ni tezda, yashirincha va dushman uchun qo‘qqisdan o‘tkazilishi kerak. Uni amalga oshirish uchun dushmanni olovli zararlash natijasida ochiq qanotlari, oraliqlar, joy sharoitlari, yashirincha borish yo‘llari, tutun va aerozollar, mudofaada esa, bundan tashqari, transheyalar va aloqa yo‘llari inobatga olinadi. Olovli manyovr dushmanni samaraliroq zararlash uchun qo‘llaniladi.
U guruh (seksiya)ning bitta muhim nishon bo‘yicha olovini yig‘ishda, bir nishondan boshqasiga olovni o‘z vaqtida ko‘chirish va guruh bilan bir vaqtda bir necha nishonga o‘t ochishni olib borishda ifodalanadi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) komandiri o‘q-dorilar, yoqilg‘i zaxiralarini o‘z vaqtida to‘latib olish chora-tadbirlarini, jangovar mashinalar va qurol-aslahalarga texnik xizmat ko‘rsatishni, shaxsiy tarkibni individual himoya va maxsus tozalash, oziq-ovqat va boshqa moddiy
vositalar bilan ta’minlashi hamda askar va serjantlar anjomlarining to‘laligini tekshirish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borishi kerak. Anjomlarga askar va serjantlar uchun mo‘ljallangan aslaha va boshqa buyumlar kiradi. U ko‘tarib yuriluvchi va tashiluvchi qismlarga bo‘linadi. Anjomlarning ko‘tarib yuriluvchi qismi, qoidaga ko‘ra, askarda va serjantda bo‘ladi hamda o‘ziga shaxsiy qurol, o‘q-dorilar, gazniqob (respirator), piyodalar belkuragi, po‘lat shlem, bronejilet, dala anjomlari, suvli flaga, buyumlar xaltasini o‘z ichiga oladi. Buyumlar xaltasida: qozoncha, qoshiq, krujka, quruq payok, individual aptechka, suvni zararsizlantiruvchi vositalar va shaxsiy gigiyena buyumlari joylashtiriladi. Komandirning qarori bilan olib yuriladigan anjomlarning tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi.
Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib, ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avtomobillar, tanklar)da olib yuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |