v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kompyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
3daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
20daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
4daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
5daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
3daqiqa
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi, uni mohirlik bilan olib borish va nishonni birinchi o‘q bilan zararlash uchun jangchi:
o‘z qurolini to‘liq bilishi, uni saqlashni, otish uchun astoydil tayyorlashni;
otish uchun joyni ustalik bilan tanlashni, chegaralangan vaqtda, kunduzi va kechasi, har xil holatlardan otishni to‘g‘ri bajarishni;
nishongacha bo‘lgan masofani mo‘ljal qo‘yiluvchisi va mo‘ljalga olish nuqtasini to‘g‘ri aniqlashni hamda yondan esgan shamolga va nishon harakatiga to‘g‘rilik kirita olishni;
komandir komandasini diqqat bilan eshitish va aniq, tez bajarishni;
mustaqil o‘q uzishda ongli tashabbus ko‘rsatishni bilishi kerak.
Avtomatchilar o‘q otish uchun guruh komandiri ko‘rsatgan joylarni egallashadi, mustaqil harakatlanganda uni o‘zlari tanlashadi. Tanlashda vaziyat, joy xarakteri va qo‘yilgan vazifa hisobga olinadi. Otish uchun joy qulay, keng, ko‘rish maydoni va otishni hamda o‘qchining dushman kuzatuvidan panalab turishini ta’minlashi kerak. BMP (BTR) pulemyot va granatomyotlar uchun o‘t ochish pozitsiyasi guruh komandiri tomonidan tanlanadi va ko‘rsatiladi. O‘t ochish pozitsiyasining joylashuvi qo‘yilgan vazifalarning oily darajada bajarilishi, olovli manyovr imkoniyatini tug‘diradigan yaxshi ko‘rinish va otishga egaligi, tabiiy niqoblanishi, qulay kirib-chiqish va yangi yoki zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyasiga ko‘rinmasdan borish yo‘llari bo‘lishi talablariga javob berishi kerak. RPGdan otish uchun, bulardan tashqari, otish xavfsizligini ta’minlash kerak, ya’ni orqada gazlarning erkin chiqishi uchun to‘siqlar bo‘lmasligi (2 m.dan yaqin emas) hamda xavfsiz zona (30 m) chuqurligi orasida odamlar, o‘q-dorilarni joylashtirmaslik lozim. O‘t ochish pozitsiyasi (otish uchun joy)ni shunday tanlash kerakki, bunda dushman bajarayotgan ishlar yaqqol ko‘rinib tursin, o‘zi esa ko‘rinmasin.
O‘t ochish turlari Jang manyovri haqida tushuncha
Manyovr turlari Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
Motoo‘qchi (tankchi) guruhning (seksiyaning, tankning) olovi jangovar vazifani bajarishda, dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dushmanni o‘t ochib, ishonchli zararlash: nishonni o‘z vaqtida razvedka qilish, o‘t ochish vositalarini ularning jangovar imkoniyatlariga
qarab mohirona qo‘llash; o‘t ochishning aniqligi, uni qo‘llashning qo‘qqisdan va o‘ta zichlikda hamda yuqori tezlikda qo‘llanishi; jangda o‘t ochishni mohirona boshqarish orqali erishiladi.
O‘t ochish:
qurol turi bo‘yicha — o‘qotar, granatomyot, piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar, artilleriya, zenit vositalari va boshqalar;
otish usuli bo‘yicha — to‘g‘ridan to‘g‘ri, yarimto‘g‘ri va yopiq o‘t ochish pozitsiyasidan otish bilan farqlanadi.
O‘qotar qurollarning o‘t ochish turlari quyidagilar:
taktik qo‘llanishi bo‘yicha — sidirg‘asiga kesib otish (o‘t qo‘qqisdan, yaqin masofadan bir yo‘nalishda ochiladi) va yig‘ilgan tartibda (bitta nishonga motoo‘qchi guruhning yoki seksiyaning barcha turdagi o‘qotar qurollari bilan o‘q uzish);
otish yo‘nalishi bo‘yicha — frontal (nishon frontiga perpendicular ravishda), qanotdan (nishon qanotiga, uning frontiga parallel ravishda) va kesishma o‘q uzish (bitta nishonga kamida ikki yo‘nalishdan o‘q uzib olib borish);
otish qizg‘inligi bo‘yicha — bittalab o‘q uzib otish, qisqa va uzun sidirg‘alar bilan hamda barcha turdagi o‘qotar qurollardan uzluksiz o‘q uzish;
otish usuli bo‘yicha — joydan, to‘xtab (qisqa to‘xtab), yurib ketayotib, bortdan, nuqtaga qarab o‘t ochish, front bo‘yicha olovni yoyib, ichkariga olovni yoyib, maydon bo‘yicha va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |