Bolaning chaqaloqlik davri - Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qomidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qomidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qomidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.
- Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qomidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to‘kis bo’lishini ta’minlaydi.
- Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday boisa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz boiib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qiUshlariga muhtoj boladi.
- Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha boigan bolalaming tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tugilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatari juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa boladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.
Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati - Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina boladi, kutubxonasi chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlamikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatdan katta odamlamiki bilan barobar bo‘lsa hani, ular juda mayda boladi (katta odamlamikiga nisbatan uch barobar kichik boladi).
- Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj boladi. Ilk yoshdagi bolalaming taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |