Qo'qon Universiteti.
Mktabgacha maxsus sirtqi ta'lim yo'nalishi talabasi Abduqayumova Shaxriniso.
Chaqaloqlik va go'daklik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatlari.
Esse.
Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qoridagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to ‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qomidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to'kis bo'lshini ta’minlaydi.Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o ‘sishi va taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday bois ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo'lib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga muhtoj bo'ladi.Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo'lgan bolalarnng tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug'ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatari juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo'ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to ‘g‘ri keladi.Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo'ladi, chunki yuqorigi va pastki jag ‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki oiganlarining holati va faoliyati ham katta odamlamikidan anchagina farq qiladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo'ladi. Ilk yoshdagi bolalaming taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur.Agar chaqaloq bola o‘ringa o ‘ng‘ay holatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo‘shimcha qiyinchilik vujudga keladi.
Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug’iladi. Go’daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo’lgan xatti-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o’zlarining asosiy bo’lish ahamiyatini yo’qotadi: to’g’ri Tashqil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natajasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo’ladigan taassurotlarga, harakatga, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga keladi. Bola tug’ilishning birinchi haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi, Yangi tug’ilgan chaqaloqning miya og’irligi kattalar miyasining ¼ qismiga to’g’ri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.Ilk go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida kttalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, o’larni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga qirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo’lgan boladan, faol, tez ilgaydigan, harakatchan yordamgachaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Ayniqsa go‘daklik davrida vujudga keladigan psixologik xususiyatlarni tadqiq etmasdan turib, ayni shu yosh davrida paydo bo‘layotgan turli ko‘rinishdagi muammolarni bartaraf etish imkonsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |